Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi


Download 464.55 Kb.
bet235/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza kelib tushgan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay iqtisodiy sudning sudyasi yakka tartibda ishni sud muhokamasiga tayyorlash to'g'risida ajrim chiqaradi, unda ishni sud muhokamasiga tayyorlashga doir harakatlar, ishni sud muhokamasiga tayinlash, uni o'tkazish vaqti va joyi ko'rsatiladi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to'g'risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq bo'lmagan muddatda sudya tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqilishi va ajrim qabul qilinishi kerak. Alohida hollarda ishni ko'rish muddati iqtisodiy sudning raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Iqtisodiy sudning sudyasi ishni sud muhokamasiga tayyorlayotganda hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga ko'ra hakamlik sudidan iqtisodiy sudda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqishga taalluqli bo'lgan ish materiallarini talab qilib olishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta'minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
Iqtisodiy sudning ajrimi arizada yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorida ko'rsatilgan manzilga yuboriladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslar kelmagan taqdirda ham ish iqtisodiy sud tomonidan ko'rib chiqilishi mumkin.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko'rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun IPKning 231-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va e'tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni bevosita tekshirish yo'li bilan aniqlaydi. Bunday ma'lumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, guvohlarning ko'rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Iqtisodiy sud ko'rilayotgan ishga daxldor bo'lgan dalillarnigina qabul qiladi. Ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak bo'lsa, boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling