Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha xabarnomalar va chaqiruvlar


Download 464.55 Kb.
bet243/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha
xabarnomalar va chaqiruvlar


Iqtisodiy sudda ishlarni ko‘rib chiqishga tayyorgarlikning muhim bosqichlaridan biri bu sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risidagi xabarni taraflarga yetkazish hisoblanadi. Sud majlisi haqidagi xabarni o‘z vaqtida taraflarga etkazish orqali sud taraflarga o‘z vakillarini sud majlisida ishtirokini ta’minlash, nizolashilayotgan masala yuzasidan o‘z vaqtida fikr-mulohazalarini bildirish, nizoga tegishli dalil va isbotlarni taqdim qilish, ularning nizo yuzasidan tortishishlariga erishishni va ish bo‘yicha qonuniy, asosli hal qiluv qarorini qabul qilinishini ta’minlaydi.
Iqtisodiy sudning sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risidagi xabari Iqtisodiy protsessual kodeksining 127-moddasiga ko'ra sud tomodan chiqarilgan ishni ko‘rishga tayinlash haqidagi ajrim orqali xabardor qilinadi. Ajrimda ish ko‘rib chiqishga tayinlanganligi va sud majlisi o‘tkaziladigan vaqt ko‘rsatiladi. Ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vaqti va joyi to‘g‘risidagi xabar ham umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ammo bu turkumdagi nizolarni ko‘rib chiqish muddatlari qonunda (IPKda) qisqa muddatlarda belgilanganligi munosabati bilan, sud sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risidagi xabarni IPKning 220-moddasiga binoanarizachi-nazorat qiluvchi organlarning zimmasiga yuklashi haqli. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, agar sud ularning kelishini majburiy deb topmagan bo'lsa, ishni ko'rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Ishni sud majlisiga ko‘rib chiqish uchun tayinlanadigan vaqtda sud tomonidan ishga daxldor shaxslar aniqlanib, ular sud majlisi ishtirokchilari sifatida ajrim bilan, ayrim hollarda esa chaqiruv qog'ozlari, telegramma, faks, teletayp va boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va chaqiriladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ajrimda sud majlisiga chaqirilayotgan protsess ishtirokchlari u qaysi ish bo'yicha kim sifatida (javobgar, uchinchi shaxs, ekspert, guvoh, tarjimon) chaqirilayotganligi yoki xabardor qilinayotganligi, qaysi manzilga, qaysi vaqtda yetib kelishi lozimligi, zarur hollarda ularning huquq va majburiyatlari, kelmaslik oqibatlari, taqdim etishi lozim bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatilishi mumkin.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling