Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


XVII BOB. HUQUQIY TA’SIR CHORALARINI QO‘LLASH TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI YURITISH


Download 464.55 Kb.
bet239/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

XVII BOB. HUQUQIY TA’SIR CHORALARINI QO‘LLASH
TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI YURITISH


  1. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi
    ishlarni yuritish


Tadbirkorlik-mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiruvchi qudratli harakatdir. U asrlar davomida millatimiz xarakteriga xos xususiyat bo'lib kelgan. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng ishbilarmonlik, xususiy mulkchilik va biznesga keng yo‘l ochildi. Ularga huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy ko'mak berishning mustaHkam mexanizmi joriy etildi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, kichik biznes rivojlanishiga g‘ov bo‘layotgan to‘siqlarni bartaraf etish, nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, boshqacha aytganda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni liberallashtirishga qaratilgan islohotlar tufayli qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar yildan yilga ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish kabi sohalar kengayishiga, respublikamiz bozorlarida tovarlar va xizmatlar salmog‘ining o‘sib borishiga sabab bo‘ldi.
O'zbekiston RespublikasiPrezidenti tomonidan qabul qilingan tadbirkorlik subyektlarini huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq 2005-yil 14-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 3619-sonli Farmon fikrimiz dalilidir.
Mazkur Farmonga ko‘ra 2005-yilning 1-iyulidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan faoliyatni tugatish, banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yish, moliyaviy sanksiyalarni qo'llash, huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o'tkazish, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug'ullanish litsenziyalari (ruxsatnomalari)ni o‘n ish kunidan ko'proq muddatga to'xtatib qo'yish yoki amal qilishini tugatish va bekor qilish kabi huquqiy ta’sir choralarini faqat sud orqali qo‘llash tartibi joriy etildi. Natijada tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish jarayoni tartibga keltirildi, nazorat qiluvchi organlar rahbarlari va mansabdor shaxslarining mas’uliyati kuchaytirildi.
Bunday tartibni joriy etishning avvalgi tartibdan qanday farqi bor? Muqaddam nazorat qiluvchi organlar xo'jalik yurituvchi subyektlarda tekshirish o‘tkazib, ularning o‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy javobgarlik choralarini qo‘llar edi.
Bunda, birinchidan, nazorat qiluvchi organlar tekshirish hujjatlarini o'rganish asosida tekshiriluvchi xo'jalik yurituvchi subyekt vakillarini chaqirtirmasdan, ularning e’tirozlarini tinglamasdan, masalaga bir yoqlamalik bilan yondashgan holda ularning javobgarlik masalalarini hal etar edi.
Ikkinchidan esa nazorat qiluvchi organlar o‘zlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishni “samarasiz” bo'lishini istamas, shu sababli qanday bo'lmasin tekshiriluvchini “aybdor” qilishga harakat qilar, ya'ni idoraviy manfaatlardan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektini albatta jazolashga harakat qilar edi. Bunday holda tadbirkorlik subyekti jazm qilgan hollardagina nazorat qiluvchi organ qarori ustidan uning yuqori turuvchi organiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin edi.
Prezident farmonining qabul qilinishi respublikada tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tub o'zgarishlar yuz berishiga zamin yaratdi, turli davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan etarli asoslarsiz, ba'zan adolatsiz ta'sir choralarini qo'llashning oldini oldi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashning sudlar vakolatiga berilishi, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Sababi muqaddam mavjud bo‘lgan tartibdan tubdan farqli o‘laroq, endilikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga huquqiy ta’sir choralarini qo‘llashda sudlar ishni har ikki taraf (tekshiruvchi va tekshiriluvchi)ning bevosita ishtirokida, ularning fikr mulohazalarini tinglab, ish bo‘yicha guvohlar ko‘rgazmalari va mutaxassislarning xulosalarini eshitib, to‘plangan dalillarni tahlil etib, qonuniy va asosli to'xtamga keladilar.
Ishlarni hal etishda sudlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonun va sud oldida tengligi, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi, ishlarni ko'rishning oshkoraligi, bevositaligi, xolislik tamoyillariga asoslanadi. Ishni ko'ruvchi sudya esa mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi. Tadbirkor sudga o‘zining himoyachisi - advokatini, guvohlarini olib kelishi, dalillarini taqdim etishi mumkin. Sudning qabul qilgan hal qiluv qarori bilan kelishmagan taqdirda esa tegishli ravishda apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari berishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlariga huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko'rib chiqish Prezident farmoniga ko'ra 2005-yilning
1-iyulidan boshlab xo‘jalik sudlarida boshlangan bo‘lsa, umumiy yurisdiksiya sudlarida ham tadbirkorlik subyektlari va ularning mansabdor shaxslari jinoiy faoliyatlaridan kelib chiqadigan huquqbuzarliklari uchun qo'zg'atilgan jinoyat ishlaridan kelib chiqib ishlar ko'rila boshladi. Ammo sudlarda mazkur nizolarni ko‘rish bilan bog‘liq amaliyot va tajriba shakllanmagan edi. Ishlarning sudlovga tegishliligi masalasi hal etilmagan, arizalarni qabul qilish va qaytarish, qabul
qilishni rad etish, arizani ish yuritishga qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun tayinlash muddatlarida tushunmovchiliklar va fikrlarning xilma-xilligi mavjud edi. Shu sababli ham O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining 2006-yil 22-
dekabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish va ularning moliyaviy javobgarligini erkinlashtirishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini qo'llash bilan bog'liq masalalar to‘g‘risida” 12/149-sonli (bugungi kunda o‘z kuchini yo‘qotgan) va “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog‘liq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qo'llashning ayrim masalalari haqida”gi 2012-yil 14-sentyabrdagi 12/239-sonli qarorlari bilan tushuntirishlar berildi.
O'zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra XPKga qator o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan 55-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi “Tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini (bundan buyon matnda huquqiy ta'sir choralari deb yuritiladi) qo'llash to'g'risidagi ishlar ko'rib chiqilayotganda huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi” degan jumla bilan to'ldirildi. Shuningdek kodeksga alohida “Huquqiy ta'sir choralarini qo'llash to'g'risidagi ishlarni yuritish” deb nomlangan 15511-15518-moddalardan iborat 203 bobi kiritildi. Mazkur bob yangi Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi 215-222-moddalarida o‘z aksini topdi.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling