Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet231/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Xususan, ma'muriy, oila va mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarga, jumladan davlat organlari va fuqarolar o'zini o‘zi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq bo'lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi; undirish so'zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish to'g'risidagi; davlat ro'yxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda davlat ro'yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat; agar qonunda so'zsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi nazarda tutilmagan bo'lsa nazorat qiluvchi organlar tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish to'g'risidagi; nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda so'zsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablag'larini budjetdan qaytarish to'g'risidagi nizolar; huquqiy ta'sir chorasini qo'llash; yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi va boshqa shu kabi arizalar kiradi.
Hakamlik sudi tomonidan ko'rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo'lmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan holda ko'rib chiqilgan bo'lsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to'g'risidagi hal qiluv qarorini qabul qilgan bo'lsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi kerak.
Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ish bo‘yicha ajrimi.
Iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqaradi. Ammo, ushbu ajrim IPKning 22-bobi “Sud ajrimi va qarori” qoidalariga muvofiq emas, balki IPKning 21-bobida “Sudning hal qiluv qarori” nazarda tutilgan qoidalarga binoan chiqariladi. Bunga sabab hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza iqtisodiy sud tomonidan mazmunan hal qilinadi.
Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham bo'lishi kerak:

  1. hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori to'g'risidagi va mazkur qaror qabul qilingan joy to'g'risidagi ma'lumotlar;

  2. nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi to'g'risidagi ma'lumotlar;

  3. hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

  4. hakamlik sudining hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilish yoxud arizachining talabini to'liq yoki qisman qanoatlantirishni rad etish uchun ko'rsatma.

Ushbu ma'lumotlar IPKning 179-moddasida belgilangan talablarga qo'shimcha hisoblanadi.
IPKning 21-bobi qoidalaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha iqtisodiy sud tomonidan chiqariladigan ajrim: a) kirish; b) bayon; d) asoslantiruvchi; e) xulosa qismlaridan iborat bo'lishi lozim.
Ajrimning kirish qismida uni qabul qilgan iqtisodiy sudning nomi, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, ish raqami, ajrim qabul qilingan sana va joy, nizo predmeti, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ularning vakillari, majlisda hozir bo'lgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari, shuningdek hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori to'g'risidagi va mazkur qaror qabul qilingan joy to'g'risidagi ma'lumotlar, nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi to'g'risidagi ma'lumotlar, hakamlik muhokamasi taraflarinin g nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) ko'rsatiladi.
Ajrimning bayon qismida hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza va uning yuzasidan bildirilgan mulohazaning boshqa tushuntirishlarning, ishda ishtirok etuvchi shaxs arizalarining qisqacha bayoni ifodalanishi lozim.
Ajrimning asoslantiruvchi qismida ishning iqtisodiy sud tomonidan aniqlangan holatlari, iqtisodiy sudning bu holatlar to'g'risidagi xulosalariga asos bo'lgan dalillar va iqtisodiy sud u yoki bu dalillarni rad qilishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qo'llamasligiga sabab bo'lgan vaj, sud ajrimini chiqarishda tayangan qonun hujjatlari ko'rsatilishi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilish yoxud arizachining talabini to'liq yoki qisman qanoatlantirishni rad etish uchun ko'rsatma ifodalanishi lozim.
Ajrimning xulosa qismida arizachining talabini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to'g'risidagi xulosalar hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'rtasida sud xarajatlarining qanday taqsimlanishi ko'rsatiladi.
IPK 227-moddasining uchinchi va to'rtinchi qismlarida “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 48 -moddasida belgilangan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish oqibatlari keltirilgan.
Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilinishi hakamlik muhokamasi taraflarining muqobil tarzda hakamlik sudiga yoki iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqini cheklamaydi. Agar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo'qolmagan bo'lsa, ular o'rtasida tuzilgan oldingi hakamlik bitimiga muvofiq ular hakamlik sudiga yangidan da'vo ariza bilan murojaat etishlari mumkin.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling