Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet230/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Misol uchun, qonunda hakamlik muhokamasini olib borishi lozim bo'lgan hakamlik sudyalarining soni toq bo'lishi kerakligi belgilangan. Agar ushbu qoida buzilib, hakamlik muhokamasi ikkita hakamlik sudyalari tomonidan o'tkazilgan bo'lsa, ular qabul qilgan hal qiluv qarori bekor qilinadi.
Uchinchidan, hakamlik sudyasini rad qilish to'g'risidagi qoidalarga rioya qilmaslik ham hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo'ladi. Bunga hakamlik sudida nizo sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan hakamlik sudyasi tomonidan ko'rib chiqilgan bo'lib, u hakamlik bitimi taraflariga o'zining rad qilinishi uchun asos bo'luvchi holatlar mavjudligi haqida ma'lum qilmaganligi yoki o'zini o‘zi rad qilish haqida ariza bermaganligi holati yaqqol misol bo'la oladi.
To ‘riinchidan, hakamlik muhokamasi qoidalarini belgilashga oid normalarning buzilishi ham hal qiluv qarorini bekor qilishga olib keladi.
Masalan, muvaqqat hakamlik sudi hakamlik muhokamasini hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishilgan va “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni normalariga mos bo'lgan qoidalarga muvofiq amalga oshiradi. Agar hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan kelishilgan hakamlik muhokamasi qoidalarida hakamlik sudyasi sifatida chet el fuqarosi saylanishi belgilangan bo'lsa, bu qoida mazkur Qonunning 14-moddasiga xilof hisoblanadi va u hal qiluv qarorini bekor qilishga olib keladi.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasida nizolar hal etilayotganda va hal qiluv qarorlari qabul qilinayotganda hakamlik sudi tomonidan qo ‘llaniladigan normalar belgilangan bo'lib, jumladan unga ko'ra: a) hakamlik sudi nizolarni O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida hal qiladi; b) agar hakamlik bitimi taraflarining munosabatlari qonun hujjatlari yoki hakamlik bitimi taraflarining kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan bo'lsa va bu munosabatlarga nisbatan qo'llaniladigan ish muomalasi odati mavjud bo'lmasa, hakamlik sudi shunga o'xshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini qo'llaydi (qonun o'xshashligi), mazkur hollarda qonun o'xshashligidan foydalanish imkoniyati bo'lmagan taqdirda esa hakamlik bitimi taraflarining huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarining mazmunidan (huquq o'xshashligi) hamda halollik, oqillik va adolat talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yuqoridagi normaga muvofiq hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarori O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari - O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; qonunlari; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida emas, balki chet davlat (masalan, Rossiya Federatsiyasi) qonun hujjatlari asosidan qabul qilingan bo'lsa, bu holat uni bekor bo'lishiga olib keladi.
Hakamlik muhokamasi taraflariga hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqidagi xabarnoma oldindan yuborilishi yoki topshirilishi lozim. Shuningdek, hakamlik bitimi tarafining hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylash haqidagi iltimosi ham boshqa tarafga yuboriladi yoki topshiriladi. Mazkur xabarnoma va iltimosnoma, agar hakamlik muhokamasining taraflari boshqacha shartlashmagan bo'lsalar, ularning o'zlari ko'rsatgan, hakamlik muhokamasi taraflari bo'lgan yuridik shaxsning oxirgi ma'lum bo'lgan joylashgan yeri (pochta manzili) yoki jismoniy shaxsning oxirgi ma'lum bo'lgan yashash joyi bo'yicha topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat bilan yoxud xabarnomani yetkazib berilganligi qayd etilishini nazarda tutuvchi boshqacha usul orqali yuboriladi hamda u yetkazib berilgan kunda qabul qilib olingan hisoblanadi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga (da'vogar yoki javobgarga) qarshi qabul qilingan bo'lsa, o'sha taraf (da'vogar yoki javobgar): birinchidan, hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to'g'risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini; ikkinchidan, shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini isbotlab bersa, bunday holatlar hal qiluv qarori bekor qilinishiga asos bo'ladi. Aksincha, javobgar hakamlik sudi majlisida ishtirok etgan bo'lib, hal qiluv qarori qabul qilingandan so'ng sud majlisi vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabarnomani olmaganligini ro'kach qilishi hal qiluv qarorini bekor qilinishiga asos bo'la olmaydi. “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 9 - moddasiga muvofiq hakamlik sudlari ma'muriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni (masalan, bankrotlikka oid ishlarni) hal etmaydi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling