Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari.
Hakamlik sudi hal kiluv qarorini bekor qilish asoslarini shartli ravishda ikki turga bo'lish mumkin. Bunday asoslardan biri hakamlik sudi hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi tartib-taomili buzilganligi hisoblanadi. IPKning 68-moddasida belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi zimmasiga o‘z talab va e'tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni tegishli dalillarni taqdim qilish orqali isbotlash majburiyati yuklatilgan.
Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishga hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko ‘ra haqiqiy emasligi isbotlanganda yo‘l qo'yilishi mumkin. Bu yerda “qonunda nazarda tutilgan asoslar” deganda “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 12 va 13-moddalarida nazarda tutilgan quyidagi holatlar e'tiborga olinishi lozim:
hakamlik bitimini yozma shakliga rioya qilinmaganligi;
hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o'rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo'lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik sudida ko'rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida buzilganligi;
agar nizo doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga topshiriladigan bo'lsa, mazkur hakamlik sudining nomi ko'rsatilmaganligi.
Hakamlik bitimi - taraflarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish uchun topshirish haqidagi kelishuvi bo'lib, unda hakamlik bitimi taraflari o'rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo'lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik sudida ko'rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoidalar belgilanishi mumkin.
Hakamlik sudi nizoni ko'rib chiqishda bunga alohida e'tibor qaratishi lozim. Aks holda hakamlik sudining hal qiluv qarori: a) hakamlik bitimida nazarda tutilmagan; b) uning shartlariga to'g'ri kelmaydigan nizo bo'yicha chiqarilgan; d) unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo'yicha xulosaga kelingan taqdirda bekor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |