Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet224/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Masalan, hakamlik sudining hal qiluv qarori 2018 yil 6 mayda qabul qilingan va taraflarga 14-may kuni pochta orqali yuborilgan hamda hakamlik muhokamasi tarafi uni 20-mayda olgan. Bu holda hakamlik muhokamasi tarafi ushbu hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga 2018-yil 20-iyunga qadar murojaat qilishi mumkin. Biroq ushbu muddat protsessual muddat hisoblanadi va u IPKda belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan tiklanishi ham mumkin.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasiga muvofiq hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik muhokamasi o'tkazilgan joy ko'rsatilishi shartligi belgilangan. Mazkur Qonunning 26-moddasida hakamlik muhokamasi o'tkaziladigan joy doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudida uning qoidalariga muvofiq hamda muvaqqat hakamlik sudida esa hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuvi bilan yoki bunday kelishuv bo'lmagan taqdirda, nizo holatlaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudining o‘zi tomonidan belgilanishi ko'rsatilgan.
Masalan, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi Reglamentining 9-moddasida hakamlik muhokamasi o'tkaziladigan joy Hakamlik sudining binosi hisoblanishi belgilangan. Shu bilan bir qatorda hakamlik sudining tarkibi taraflar xohishiga ko'ra muhokamani O'zbekiston Respublikasining boshqa hududida o'tkazishi ham mumkinligi ko'zda tutilgan. Mazkur Hakamlik sudining binosi Toshkent shahrida joylashgan va, odatda, hal qiluv qarori Toshkent shahrida chiqariladi hamda ushbu hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga berilishi lozim. Agar hakamlik muhokamasi Andijon shahrida o'tkazilib, hal qiluv qarori u yerda qabul qilingan bo'lsa ham hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga emas, balki Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga berilishi shart. Chunki IPKning 37- moddasiga ko'ra hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza hakamlik sudi joylashgan yerdagi iqtisodiy sudga beriladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risida ariza berilganligi nizo bo'yicha ish yuritish iqtisodiy sudi tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi bo'yicha ish yuritish to'xtatib turilishiga asos bo'ladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling