Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet222/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

2-kazus
Arizachi Chilonzor tuman DSI Toshkent shahar xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, qarzdor “GOLDEN VERUM” mas’uliyati cheklangan jamiyatini bankrot deb topishni so‘ragan.
Toshkent shahar xo‘jalik sudining 2013-yil 21-fevraldagi ajrimi bilan arizachining arizasi qaytarilgan.
Arizachi Chilonzor tuman DSI tomonidan birinchi instansiya sudining mazkur ajrimiga apellatsiya shikoyati keltirilib, unda birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan ajrimni bekor qilish so‘ralgan.
Soliq kodeksining 62-moddasiga asosan soliq qarzini majburiy undirish choralariga quyidagilar kiradi:
soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish;
undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan summalarga qaratish;
undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish.
Soliq to‘lovchi soliq qarzini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan barcha choralar ko‘rilganidan keyin uzmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi uni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
Biroq ijro hujjatlari “Sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlarini ijroqilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga ko‘ra, ko‘rsatilgan undiruv amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday ijro hujjatlari undiruvchiga qaytarilganligini tasdiqlovchi sud ijrochisining qarori ilova qilinmagan.
Shunga ko‘ra birinchi instansiya sudi tomonidan undiruv choralari ko‘rilmagan deb hisoblangan.
Ushbu toifadagi ishlarni ko‘rishda majburiy undiruv choralarining ko‘rilganligi zaruriy shart hisoblanadimi?
Davlat budjeti oldidagi qarzdorlikning mavjudligi qarzdorni bankrot deb topish uchun asos bo‘la olmaydimi?
XVI BOB.
HAKAMLIKSUDININGHALQILUVQARORIBILANBOG‘LIQISHLA
RNIYURITISH


  1. Iqtisodiy sud tomonidan ko'riladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog'liq ishlar.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarning maqsadi inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning eng muhim kafolati sifatida sud hokimiyatining nufuzini mustahkamlash, sudlarning chinakam mustaqilligini ta'minlash, ularning insonparvar, demokratik, huquqiy, davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi rolini oshirishdir.

Mamlakatimizda tadbirkorlik, tijorat va xususiy sektorga nisbatan munosabatlarni tubdan o'zgartirish, ularning huquqlarini poymol qilinishiga yo‘l qo'ymaslik, qonuniy manfaatlari himoyasini ta'minlashga qaratilgan huquqiy himoya qilish tizimi shakllantirildi va uning tashkiliy mexanizmi yaratildi.
Huquqni qo'llash amaliyotida, ijtimoiy hayotda turli subyektlarning manfaatlari to'qnashuvi, ular o'rtasida bahs-munozaralar va nizolar kelib chiqishi tabiiy. Nizolarni hal etish tizimi ularni sud orqali va muqobil usullar bilan hal qilishni o‘z ichiga oladi. So'nggi yillarda nizolarni muqobil usullar orqali hal etishga katta e'tibor berilmoqda. Jumladan nizolarni hakamlik sudlarida ko'rib chiqish amaliyoti yo'lga qo'yildi.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni 2006 yil 16 oktyabrda qabul qilingan va 2007 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan bo'lib, u O'zbekistonda nizolarni muqobil hal etish usullaridan biri sifatida hakamlik sudini tashkil qilish va faoliyatining huquqiy asosini qonun darajasida mustahkamladi. 2018 yil 9 iyulda yangi tahrirda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq palataning tarkibiy tuzilmasida hakamlik sudlari nazarda tutilgan va Qonunning 26-moddasida hakamlik sudlarining tashkil qilishdan ko'zlangan maqsad yoritilgan.
Hakamlik sudi (doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari o'rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarini hal etuvchi nodavlat organdir.
Hakamlik sudlari ma'muriy, oila va mehnat-huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hakamlik sudlarini tashkil etishi hamda hakamlik bitimi taraflari bo'lishi mumkin emas. Hakamlik sudlari yuridik shaxs bo'lmaydi.
Yuqorida qayd qilingan hamda O'zbekiston Respublikasida hakamlik sudlarining tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan Qonun 59 ta moddani o‘z ichiga olgan 9 bobdan iborat bo'lib, unda hakamlik sudlari faoliyatining asosiy prinsiplari, ularni tashkil etish va hisobini yuritish tartibi, mazkur sudlar tomonidan hal etiladigan nizolar, hakamlik bitimi shakli va mazmuni, hakamlik sudyasiga qo'yiladigan talablar, hakamlik sudining tarkibini shakllantirish, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog'liq xarajatlar, hakamlik muhokamasi, hakamlik sudining hujjatlariga oid normalar belgilangan.
Shuningdek, mazkur Qonunning 7-bobida hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan vakolatli sudda (iqtisodiy sud yoki fuqarolik ishlari bo'yicha sudda) nizolashish, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari hamda uning oqibatlariga oid normalar ifodalangan. Shunga muvofiq 2018-yil 1-apreldan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (IPK) 28- va 29-boblar kiritilgan, shuningdek 8-bobida hakamlik sudida ko'rib chiqilayotgan ish bo'yicha da'voni ta'minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga ko'ra iqtisodiy sud tomonidan ko'rib chiqilishining xususiyatlari belgilangan.
Ularda hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi to'g'risidagi arizalarning shakli va mazmuni, ularni ko'rib chiqish tartibi, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari hamda iqtisodiy sudining mazkur toifadagi ishlar bo'yicha ajrimlariga oid protsessual normalar belgilangan.
Xulosa qilib aytganda, Hakamlik muhokamasi bilan bog'liq bo'lgan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) da'voni ta'minlash yuzasidan choralar ko'rish to'g'risidagi arizalar bo'yicha ishlar; 2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalar bo'yicha ishlar; 3) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish to'g'risidagi arizalar bo'yicha ishlar.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling