Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni


Download 464.55 Kb.
bet225/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza yozma shaklda tuzilishi to'g'risidagi imperativ norma IPKda belgilanganligi mazkur arizani tuzish hamda iqtisodiy sudga topshirish sanasi va joyini aniq qayd qilish imkoniyatini beradi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Bunday shaxslar jumlasiga hakamlik muhokamasi tarafi bo'lgan yuridik shaxs rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor, shuningdek ular vakolat bergan vakillar - advokat, yuristkonsult va boshqa shaxslarni kiritish mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizada: 1)ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri; 3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; 4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; 5) mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risida ariza bilan murojaat etgan taraf hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana; 6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar bo'yicha nizolashilayotganligi ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Arizada yuqorida qayd qilingan ma'lumotlardan tashqari hakamlik muhokamasi taraflari va hakamlik sudining telefon va faks raqamlari, elektron manzil hamda boshqa qo'shimcha ma'lumotlar ham ko'rsatilishi mumkin, bu, o‘z navbatida, arizani qonunda belgilangan tartib va muddatlarda tezkorlik bilan ko'rib chiqish imkoniyatini beradi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizaga uni asoslash uchun zurur bo'lgan dalillar ilova qilinishi lozim.
Bunday dalillar qatoriga, avvalo, hakamlik sudining hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko'chirma nusxasi kiradi. U yozma shaklda tuzilib, hakamlik sudi tarkibiga kirgan hakamlik sudyalari tomonidan imzolangan bo'lishi shart. Ammo iqtisodiy sudga hal qiluv qarorining hakamlik sudyalari imzolagan asl nusxasi emas, balki tegishli tartibda tasdiqlangan ko'chirma nusxasi taqdim qilinadi. Bunda doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi imzosiga hakamlik sudining muhrini qo'yish orqali tasdiqlanadi.
Doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorini tasdiqlashdan farqli ravishda IPKda muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko'chirma nusxasidagi hakamlik sudyasining (sudyalarining) imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo'lishi lozimligi belgilangan.
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq hakamlik bitimi yozma shaklda tuziladi hamda u shartnomaning tarkibiy qismi bo'lgan shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin. Hakamlik bitimi, agar u hakamlik bitimi taraflari tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan bo'lsa yoki bunday bitimni qayd etishni ta'minlovchi elektron yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda xatlar yoki xabarlar almashish yo'li bilan tuzilgan bo'lsa, yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Iqtisodiy sudga taqdim qilinayotgan arizaga hakamlik bitimini “tegishli tarzda” tasdiqlangan ko'chirma nusxasi ilova qilinishi belgilangan. Hakamlik bitimi nusxasi ariza berayotgan hakamlik muhokamasi tarafi rahbari yoki vakolatli vakili yoxud hakamlik sudining vakolatli xodimi imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi mumkin. Odatda, hakamlik bitimining birinchi varag'iga “nusxa” belgisi qo'yiladi. Tasdiqlovchi yozuv: to'g'ri yoki asliga to'g'ri, lavozimining nomi, tasdiqlovchi shaxsning imzosi, uning ismi va otasi ismining bosh harflari va familiyasi, nusxa tasdiqlangan sana shakli bo'yicha to'ldiriladi hamda muhr bosiladi.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling