Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet280/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Farqlash mezonlari

Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat
bosqichlari

Yangi ochilgan
holatlar bo'yicha
qayta ko'rish bosqichi

1.

Davlat boji

kassatsiya va nazorat tartibida shikoyat
berilganda umumiy
asoslarda davlat boji to'lanadi

yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risida ariza
berilganda davlat boji to'lanmaydi

2.

Ko ‘rish huquqiga ega bo'lgan subyektlar

yuqori instansiya sudlari tomonidan ko'rib hal etiladi

yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risida ariza hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni chiqargan sudga beriladi va shu sud tomonidan ko'rib hal etiladi

3.

Murojaat qilish
muddati

apellatsiya shikoyati
(protest) iqtisodiy sud hal qiluv qarorini qabul qilgandan keyin - 1 oy

yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risida ariza
arizachiga ma'lum







(ayrim xollarda 10 kun), kassatsiya shikoyati
(protest) - 1 oy
(Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori yoki
apellatsiya instansiyasining qarori qonuniy kuchga
kirganidan keyin),
nazorat shikoyati
(protest) - 1 yil muddat ichida beriladi.

bo'lgan kundan
e'tiboran bir oy ichida beriladi.


Iqtisodiy sudlarda ishlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun sudga yangi dalillarni taqdim etish emas, balki ilgari ish ko‘rishda mavjud bo‘lgan ahamiyatli holatlarni aniqlanmagani va sudga ma’lum bo‘lmaganligiga e’tibor berish lozim.

  1. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish asoslari

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 327-moddasiga asosan quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda iqtisodiy sud o‘zi qabul qilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishi mumkin.
Birinchidan, sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud bo‘lgan, lekin arizachiga ma’lum bo‘lmagan va ma'lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, ish uchun muhim holatlar.
Ikkinchidan, ekspertning bila turib yolg'on xulosa berganligi, guvohning bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi, bila turib noto‘g‘ri tarjima qilinganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan bo‘lsa va mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling