Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali


Download 251.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi251.57 Kb.
#1063505
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat huquqi (O`zb)

1-Kazus 
Mamlakatimizda barcha sohalar qatori, mehnat munosabatlari tizimi ham
tubdan isloh qilinmoqdadir, sohada keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Albatta bu islohotlar ko‘plab Xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar tomonidan ham 
keng e’tirof etilmoqda. Xususan, 2022 yil 28 sentabr kuni AQSh mehnat vazirligi 
tomonidan e’lon qilingan navbatdagi “Bolalar mehnatining eng yomon 
ko‘rinishlari” (TDA Report) to‘g‘risidagi hisobotda O‘zbekiston eng yuqori – 
“muhim o‘zgarishlarni amalga oshirgan davlatlar” qatoriga kiritildi. Bu 
rivojnalanayotgan yangi O‘zbekiston uchun albatta, sezilarli natijadir. E’tiborli 
jihati shundaki, dunyoda 131 davlatdan faqat 9 ta davlat, shu jumladan 
O‘zbekiston shunday toifaga kiritilgan. Bu esa davlatimiz rahbarining siyosiy 
irodasi tufayli inson huquqlari va ularning kafolatlarini taʼminlash, shuningdek, 
majburiy va bolalar mehnatiga barham berish borasida aniq natijalarga erishish 
yo‘lidagi xizmatlarining samarasidir.
Shuningdek, 2019-2022 yillarda respublika miqyosida 32 ta meʼyoriy-
huquqiy hujjat qabul qilindi, Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro migratsiya 
tashkilotining qator konvensiya va protokollari ratifikatsiyadan o‘tdi, birgina 2021 
yilning o‘zida bu yo‘nalishda 16 ta meʼyoriy-huquqiy hujjat qabul qilingani ham 
ta’kidlash joizdir.
Mamalakatimizda olib borilayotgan barcha islohatlar faqat inson va uning 
qadri uchundir. Chunki, bosh qomusimiz hisoblanmush Konstitutsiyamizning 37-
moddasida ham “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat 
sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish 
huquqiga egadir. 
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda 
ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi” fuqarolarning 
iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari kafolatlab qo‘yilgandir.
Gyote aytganidek, “Qonun qudratli, biroq ehtiyoj undandan kuchliroq”dir. 
Hozirgi kunda qonun talablarini buzuchilar ham, ularni chetlab aylanib o‘tishni 
xohlovchilar ham oramizda topiladi, albatta. Xususan, yuqoridagi kazusda ham shu 
holatni ko‘rishimiz mumkindir. Vaziyatga O‘zbekiston Respublikasi mehnat 


qonunchiligi normalari asosida huquqiy baho berib, asoslantiruvchi qismiga 
o‘tishimizdan avval, kirish qismida kazus haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsak. 
Ya’ni, holat bo‘yicha “HAYAT OST” xususiy klinikasida joriy yilning mart oyida 
shtatlar qisqarishi munosabati bilan barcha xodimlarga ikki oy oldin ogohlantirish 
xati tarqatilgan va haftaning ular xohlagan kunida ish qidirish uchun imkoniyat 
berilgan. Amaldagi Mehnat kodeksining 97-moddasi 2-qismida “taraflardan 
birining tashabbusi” bilan mehnat shartnomasi bekor bo‘lishi mumkin ekanligi 
aytilgan. Ayni yuqoridagi holatda ham taraflardan biri hisoblanmush ish beruvchi 
“HAYAT OST” xususiy klinikasi tomonidan mehnat shartnomasi bekor 
qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 100-moddasida 
nomuayyan yoki muddatli mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra 
bekor qilish asoslari sanab ko‘rsatilgan bo‘lib, asoslar qatoriga quyidagilar kiradi: 
1. Texnologiyadagi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi 
o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishigi olib kelgan 
ishlar hajmining qisqarganligi yohud korxonaning tugatilganligi; 
2. Xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra 
bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi; 
3. Xodim tomonidan o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganlik. 
Avval mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodimning intizomiy yoki moddiy 
javobgarlikka tortilgan yohud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va 
boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir-choralari qo‘llanilgan kundan 
e’tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo‘ya 
harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi; 
4. Xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi; 
5. O‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul 
qilinishi munosabati bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi 
cheklanishi sababli o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi
6. Korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada 
bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga 
oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi 
sababli bekor qilinganligi; 


7. Xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonunchilikka muvofiq yoshga 
doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda. 
Bizning kazusimizda ham mehnat shartnomasi MKning 100-moddasi 2-
qismi 1-bandi bilan bekor qilinmoqda. Va MKning 102-moddasida belgilangan 
ogohlantirishning muddatlari va tartibiga rioya etilmoqda. Ammo, yana bir masala 
bu - ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni yozma 

Download 251.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling