Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali
Download 251.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Mehnat huquqi (O`zb)
ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shartligidir. Ushbu vaziyatda bu haqida
to‘xtalib o‘tilmagani ham, keyinchalik xodimda norozilik fikri tug‘ilib, sudga murojaat qilishiga olib kelmagan bo‘lardi. Agar xodim ogohlantirishga qo‘l qo‘ymagan taqdirda ham ish beruvchi hech bo‘lmaganda shu holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirib qo‘yishi lozim edi. Balki, ish beruvchi homilador ayolni ishdan bo‘shatayotganligi uchun ham bunday rasmiy ogohlantirish qilmay xodimni ishdan bo‘shatgandir (noqonuniy ishini qonuniylashtirishni xohlamagandir). Keyingi e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan holat bu - nima uchun, barcha xodimlarga ikki oy oldin ogohlantirish xati tarqatilganu, ammo, belgilangan muddat kelganda barcha xodimlar emas, balki korxona bo‘linmalari hamshiralari ishdan bo‘shatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (konktrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi 12-sonli Plenum qarorining 23- bandiga ko‘ra, “Mehnat shartnomasi xodimlar soni (shtati), ishning xususiyati o‘zgarishi yoki korxonaning tugatilishi (MK 100-moddasi 2-qismining 1-bandi) munosabati bilan bekor qilingan shaxslarning ishga tiklash haqidagi da’volarini hal qilishda sudlar: haqiqatda xodimlar soni (shtati), ishning xususiyati o‘zgargan- o‘zgarmaganligini, korxonaning faoliyati tugatilgan-tugatilmaganligini; ish beruvchi tomonidan xodimlarni ishdan bo‘shatish tartibini tartibga soluvchi mehnat qonunlari normalariga rioya etilgan-etilmaganligini aniqlashlari lozim” 1 . Ya’ni bunda mart oyida shtatlar qisqarishi munosabati bilan barcha xodimlarga ikki oy oldin ogohlantirish xati tarqatish to‘g‘risidagi buyruqni yoki boshqa chiqarilgan lokal hujjatni va nima sababdan 2 oy o‘tgandan keyin faqat korxona bo‘linmalari hamshiralari ishdan bo‘shatilganligi va bu xodimlarni bo‘shatish uchun asos nima ekanligini ko‘rsatuvchi hujjatlarni taqdim etishini so‘rash kerak bo‘ladi. Biz bu bilan hamma xodimlarni ishdan bo‘shatish kerak degan fikrdan umuman yiroqdamiz, balki, bu qisqartirishlar haqiqatdan ham qonuniy, reja asosida ketayotganligi faktini bilmoqchimiz xalos. Sababi davlat korxonasimi yoki xususiy korxona bo‘lishidan qat’i nazar xodimlar manfaatiga putur yetmasligi kerak. Ularni balki, ishdan bo‘shatmasdan ham bo‘sh ish o‘rinlarini qisqartirish orqali ham bu qisqartirishni amalga oshirishni tekshirib ko‘rish uchun yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlardagi ma’lunotlarni ham o‘rganish maqsadaga muvoffiq bo‘lgan bo‘lardi. Shuni ham ta’kidlash joizki, xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishining qonuniyligini buyruqda ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha tekshirishi lozim. D.Akramova ishga tiklash bo‘yicha ariza bilan sudga murojaat qilishi bu ununing konstitutsiyaviy hquqi hisoblanadi. Chunki, Konstitutsiyamizning 44- moddasida va O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445- sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunida ham, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangandir. Biz yoritishimiz kerak bo‘lgan holat esa bu kazusimizning xulosasi uchun xizmat qiladigan asoslantiruvchi qismimizning mohiyatini tashkil qiluvchi sudning chiqaradigan hal qiluv qarori hisoblanadi. Demak, ushbu hal qiluv qarorini chiqarishda sud qaysi holatlarni inobatdan chetda qoldirmasligi kerak. Download 251.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling