Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali


Download 251.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana24.12.2022
Hajmi251.57 Kb.
#1063505
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat huquqi (O`zb)

Beshinchidan, esa sud shuni ham yoddan chiqarmasligi kerakki, xodimni 
ishga tiklashda unga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati ish beruvchiga 
yuklatilishini. Sud ish beruvchiga har qanday mehnat huquqining buzilishi 
oqibatida xodimga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash majburiyatini yuklashi 
kerak. Ma’naviy zarar miqdori ish beruvchining xatti-harakatlariga baho bergan 
holda aniqlanib, u xodimning oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas. 
4
 
https://lex.uz/docs/-142859#-143684



“Sud, xodimga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash masalasini hal etishda 
qaysi holatlarda va ish beruvchining qaysi harakatlari (harakatsizligi) oqibatida 
unga zarar yetkazilganligi, ish beruvchi aybining darajasi, mehnat shartnomasini 
bekor qilish yoki boshqa ishga o‘tkazishda qonun ochiq-oydin buzilgan-
buzilmaganligini aniqlashi, xodimning qanday ma’naviy va jismoniy azoblar 
chekkanini belgilashi, bu zararlarni u qancha summada yoki boshqacha moddiy 
shaklda qoplashini baholamog‘i va muayyan nizoni hal qilish uchun muhim 
bo‘lgan boshqa holatlarni oydinlashtirmog‘i lozim. Ma’naviy va jismoniy azoblar 
darajasi yetkazilgan ma’naviy ziyonning haqiqiy holati jabrlanuvchining shaxsiy 
xususiyatlari, yetkazilgan azoblarning og‘irligini tasdiqlovchi aniq holatlarga qarab 
sud tomonidan aniqlanadi”
5
. Ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan 
ma’naviy zarar miqdori xodimni qanoatlantirilgan moddiy zarar, shuningdek 
majburan bo‘sh yurgan vaqti uchun beriladigan haq miqdoriga bog‘liq holda 
qoplanishi mumkin emas. 
Xulosa qilib shuni aytamizki, fuqaro D.Akramovaning bergan arizasi “Ishga 
tiklash haqidagi talab” bo‘yicha bo‘lganligi bois davlat boji to‘lashdan ozod 
qilinganligini, mehnat shartnomasini bekor qilishni asosliligini isbotlovchi 
dalillarni taqdim etish esa, qonun bilan javobgarga yuklatilganligi sababli ishga 
tiklash haqidagi da’vo arizalarini FPK 189-moddasi birinchi qismining 6-bandi va 
195-moddasi birinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha 
qaytarishga yo‘l qo‘yilmasligini. Va xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining 
o‘zgarishiga 
olib 
kelgan 
ishlar 
hajmining 
qisqartirish 
bilan 
bog‘liq 
munosabatlarning ayrim tomonlarini qamrab oluvchi ko‘plab mustaqil huquqiy 
hujjatlarning mavjudligi, ushbu muammolarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini 
yanada takomillashtirish zarurligini. Chunki, xodimlar sonini va xodimlarini 
qisqartirish bo‘yicha ishdan bo‘shatish tartib-qoidalari mehnat munosabatlarining 
ishlashi uchun ijobiy va salbiy oqibatlarga olib kelishini yuqoridagi vaziyatda ham 
kuzatdik. Bir tomondan, ushbu asoslar bo‘yicha ishchilarni bo‘shatish ishlab 
chiqarishni optimallashtirish va mehnat resurslarini qayta taqsimlash vositasi 
bo‘lishi mumkin, ikkinchi tomondan, norozi ishchilarga bosim o‘tkazish dastagi 
5
 
https://lex.uz/docs/-1444779
 


bo‘lishi mumkin. Ustiga ustak vaziyat qatnashchisi yuqoridagi holat kabi 
homilador ayol bo‘lishi bu albatta, kishini o‘ylantiradi. Chunki biz tatbiq 
qilayotagn ushbu tartib-qoidalarda ishchilarni huquqiy himoya qilish qonun va 
amaliyotning muhim vazifasidir. Fikrimizning so‘ngida V.Gyugoning “Kimki ayol 
huquqini himoya qilsa, bola huquqqini himoya qilgan bo‘ladi, boshqacharoq 
aytganda – kelajak huquqini himoya qiladi”
6
degan so‘zlari bilan yakunlashni joiz 
topdik. 
6
 
https://statuslar.uz/huquq-va-burch-haqida-statuslar-qonun-haqida-hikmatli-so-zlar/




Download 251.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling