Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat protsessual huquqi kafedrasi tosheva munisxon voxid qizi


III BOB. JINOYAT PROTSESSIDA TAFTISH TERGOV HARAKATINI O‘TKAZISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI


Download 95.72 Kb.
bet10/15
Sana18.06.2023
Hajmi95.72 Kb.
#1557378
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
18.05.2023 bmi

III BOB. JINOYAT PROTSESSIDA TAFTISH TERGOV HARAKATINI O‘TKAZISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
3.1-§. Ayrim rivojlangan xorijiy mamlakatlar jinoyat protsessual qonunchiligida taftish tayinlash va uni amalga oshirishga oid qiyosiy-huquqiy tahlili
Taftish tayinlash va uni amalga oshirish to‘g‘risida juda ko‘p olimlar o‘zlarining ilmiy, amaliy izlanishlarini olib borishgan. Jumladan shunday olimlardan biri germaniyalik Stefan Xeysnerdir. X.Stefan o‘zining taftish yuzasidan bir qator tahlillar, kuzatuvlari natijasida taftish o‘tkazishda muhim bo‘lgan umumiy qoidalari ishlab chiqqan. Unga ko‘ra:
a) taftish davomida maʼlum bo‘lgan holatlar boshqa shaxslarga yetkazilishining oldini olish axborot xavfsizligini taʼminlash;
b) tergov jarayonlarida xodimlarni turli “tashqi bosimlardan” himoya qilish, yaʼni manfaatdor shaxslar tomonidan tahdid qilish, yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur qilish kabi;
d) ish uchun ahamiyatli hujjatlarni manfaatdor shaxslar tomonidan yo‘q qilish harakatlarining oldini olish choralarini ko‘rish;
Olimning ayni shu tavsiyasi bugungi kunda dolzarb bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi. Chunki hayotimizga tobora teknika-texnologiyalar, raqamli dasturlar, masofaviy xizmatlarning kirib kelishi jadallashmoqda. Bu xizmatlardan foydalanish esa maxsus dasturlarda u yoki bu shaklda o‘zining raqamli izini qoldiradi, hattoki, o‘chirib yuborilgan bo‘lsada. Shu sababli ham taftish davomida korxona, tashkilotda foydalanilgan qurilmalarni (kompyuter, planshet, noutbook, fleshka, disklar bo‘lishi mumkin) tekshirish ish uchun muhim ahamiyatli hujjatlarning aslini topilishiga olib kelishi mumkin.
Jinoyatchilikning yangidan yangi turlari “kashf etilishi” da ham, jinoyatchilikka qarsh kurashishda ham yetakchi bo‘lgan davlatlardan biri bo‘lgan AQSH da taftish o‘ziga xos shaklda rivojlangan.
AQShda iqtisodiy jinoyatlarni ochish uchun, jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi davlat idoralari tomonidan sud buxgalteriyasi sohasida mutaxassislarni vaqtinchalik yollash amaliyoti keng tarqalgan . Shu sababli ham mazkur davlatda, iqtisodiyot, xususan, sud buxgalteriyasi yo‘nalishidagi mutaxassis-kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lib, ulardan biznes, soliq, boshqaruv sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishi bilan birgalikda, yirik firma, kompaniya, korxonalarda ichki boshqaruv qanday olib borilishi, ularning ichki tizimi haqida, shuningdek, jinoyatchi shaxs qaysi usulda jinoyat sodir etganligi, jinoyat izlarini qanday yashirishganligini bilish uchun psixologiya sohasida ham bilimlarga ega bo‘lishi talab etiladi. Amerikada iqtisodiyot sohadagi mutaxassislarga qo‘yilgan bu talab jinoyatlarni tez va to‘la ochishga xizmat qiladi va taftish tergov harakatining samaradorli o‘tkazilishini taʼminlaydi. Taftish tayinlangandan so‘ng taftish o‘tkazadigan tashkilot taftishni tayinlagan organlar bilan tekshiruv natijasiga ko‘ra maʼlum bo‘lgan jarimadan necha foizi uning hisobiga o‘tishini oldindan belgilab oladi. Bu esa taftishni o‘tkazuvchi tashkilotning taftishni xolis o‘tkazishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Xususan, bu tajribadan AQSH Adliya vazirligi tomonidan “SIEMENS” kompaniyasiga nisbatan tekshiruv davomida qo‘llanilgan. Taftishning Amerikada belgilangan tartibiga ko‘ra, ko‘proq foyda olish maqsadida taftishni o‘tkazadigan tashkilotlar qonunbuzarlik holatlarini to‘liq aniqlashga harakat qilishi ijobiy jihati hisoblansa, zararning miqdorini iloji boricha ko‘paytirishga, taftish natijasida ko‘proq foyda olishga harakat qilishi mumkinligi salbiy oqibitlarga, taftishning adolatli va xolis o‘tkazilishiga olib kelishi mumkin.
Amerikada belgilangan taftishning mazkur tartibi bizdagi mustaqil auditorlik tekshiruvini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga o‘xshash bo‘lib, auditorlik xizmati tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi va davlat organlaridan mustaqil tarzda faoliyat ko‘rsatadi.
Jahonning turli mamlakatlarda taftish turli yuridik atamalar bilan nomlansada, taftish o‘tkazishning mohiyati, maqsadi, jinoyatlarni isbot qilish usuli sifatida davlat moliyaviy nazoratining bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Niderlandiya va Fransiya davlatlarida soliq xizmatining optimizatsiya qilinishi, yaʼni barcha korxonalarning yoppasiga tekshirishi amaliyotidan voz kechilganligi sababli qonun buzilishi holatlari ko‘p uchragan yoki shu ehtimol mavjud bo‘lan korxonalargina tekshirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Buning natijasi soliq xizmati tomondan har yili biznesning atigi 3 foizdan 5 foizgacha bo‘lgan qismi tekshirilishiga olib keladi.
Yevropa davlatlarida taftish o‘tkazishga sabab bo‘lgan omillarni aniqlashga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Sababi qonunlar asosan uni qo‘llovchilar subeyktlar uchun tushunarli tilda bo‘lganligi uchun huquqshunos bo‘lmagan shaxslarning baʼzi talablarni tushuna olmasligi, natijada kamchilikka yo‘l qo‘yishlari, bir xatoni takrorlashlari mumkinligi nazarda tutiladi. Shu sababli ham huquqni qo‘llash amaliyotida nafaqat soha vakillari uchun, balki tekshilayotgan subyektlar uchun ham tushunarli bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.
Buyuk Britaniyada 1984-yilda qabul qilingan “Politsiya va jinoiy odil sudlov haqida” va 2003-yilda qabul qilingan “Jinoyat ishlari bo‘yicha tergovda dalillar haqida” qonunda dalil sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan hujjatlar va biznes hujjatlari dalillarning alohida manbai sifatida qayd qilingan. Jumladan, savdo, biznes yoki boshqa kasb faoliyati jarayonida, xolat yuzasidan maxsus bilimlarga ega bo‘lgan shaxs tomonidan tuzilgan biznes hujjatlarida ko‘rsatilgan holat dalil sifatida qabul qilinishi mumkinligi qayd qilingan.
Qonun chiqaruvchining maqsadidan farqli ravishda huquqni qo‘llovchi idoralar tomonidan o‘z vakolatlarini mumkin qadar kengroq talqin qilish, o‘z vakolatlari muhim deb hisoblash, taʼsir qilish va qo‘shimcha resurslar talab qilish imkoniyatlarini oshirish tendensiyasi kuchayib boradi.
Shuningdek, eʼtiborli jihati shundaki, xorijiy davlatlarda ayniqsa AQShda xo‘jalik yurituvchi subyektning qonuniy yoki noqonuniy faoliyat yuritayotganligini diagnostika qilishning turli-tuman samarali vositalari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu esa ochiq maʼlumotlar orqali subyekt haqida yetarli maʼlumotlar to‘plash va taftish o‘tkazmasdan ishni qonuniy hal qilish imkonini beradi. Masalan, AQSH Federal qidiruv byurosi tomonidan 1998-yil iyun oyida chop etilgan №62 sonli “Moliyaviy tergov bo‘yicha qo‘llanma” da moliyaviy jinoyatlarni isbotlashning taftishdan tashqari juda ko‘p usullari qayd etilgan . Mamlakatimizda taftish o‘tkazmasdan, tadbirkorlik subyektining qonuniy yoki noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotganligini aniqlashga qaratilgan iqtisodiy diagnostika, kriminalistik taktika sohasida jiddiy tadqiqotlar o‘tkazilmayotganligini jiddiy muammolardan biridir. Sababi ko‘pgina tergovchilar taftishni iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha dalillar to‘plashning asosiy va samarali vositasi deb biladi. Taftish natijasida tadbirkorlik subyektiga qanday zarar yetkazilishini tasavvur ham qilmaydi. Iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha taftish o‘tkazmasdan isbotlashning boshqa vositalari shu jumladan, maʼlumotlarni talab qilib olish, mutaxassis xulosasini olish kabi protsessual vositalari doirasini kengaytirish zarur. Sababi ko‘pgina holatlarda tergovchi tomonidan tayinlangan taftish jarayonida jinoyat ishi predmetiga taalluqli masalalar qisman ko‘rilib, jinoyat ishiga aloqador bo‘lmagan masalalar tekshirilishi amaliyotdan maʼlum. Qonunchiligimizda qisman taftish ko‘zda tutilmagan.
MDXga aʼzo ko‘pgina davlatlarning Jinoyat Kodeksida ham taftishning dalillar to‘plash vositasi ekanligi qayd qilingan.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasi JKning 144-moddasida jinoyat haqida xabarni tekshirishda surishtiruvchi, tergovchi, tergov organi rahbari hujjatli tekshiruv, taftish tayinlanishini talab qilish huquqiga egaligi, shuningdek, hujjatli tekshiruv, taftish tayinlash zarurati tug‘ilganda, jinoyat haqida xabarni ko‘rib chiqish muddati 30 sutkaga qadar uzaytirilishi mumkinligi belgilangan.
Qozog‘iston Respublikasi JPK 125-moddasi 2-xatboshisida vakolatli organ va mansabdor shaxslar taftish va tekshiruv o‘tkazishni talab qilish orqali dalillar to‘plash mumkinligi belgilangan.
Shu bilan birga, Qozog‘iston Respublikasi JPK 123-moddasida tergovga qadar tekshiruv davomida o‘tkazilgan inventarizatsiya va taftish dalolatnomasi hujjat hisoblanishi va Kodeksda belgilangan tartibda taqdim qilingan yoki talab qilib olingan taqdirda dalil sifatida foydalanish mumkinligi qayd qilingan.
Moldova JPK 57-moddasida jinoiy taʼqibni amalga oshiruvchi ofitser, hujjatli taftish, inventarizatsiya, idoraviy ekspertiza o‘tkazish haqida ko‘rsatma berish huquqiga ega ekanligi belgilangan.
Armaniston Respublikasi JPK 55-moddasida tergovchi taftish, inventarizatsiya va boshqa tekshiruvlar o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan .
Tojikiston Respublikasi JPK 86-moddasida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, vakolatli organ va mansabdor shaxslardan taftish va tekshiruvlar o‘tkazishni talab qilish huquqiga egaligi belgilangan .
Eʼtiborli jihati shundaki, mazkur Kodekslarda tergovchining nafaqat taftish, balki boshqa tekshiruv va inventarizatsiya tayinlash huquqi ko‘rsatilgan. Sababi inventarizatsiya jinoyat ishi qo‘zg‘atish bosqichida qonun buzilishi holatlarini aniqlash va hujjatlashtirishning samarali vositasidir. Xorijiy tajribaning aynan shu jihatini milliy qonunchilikka tatbiq qilish budjet mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan samarasiz foydalanish holatlarining oldini olishda samarali vosita bo‘ladi.
Qozog‘iston Respublikasi JPK 242-moddasida ishda taftish, tekshiruv, dalolatnomasi, idoraviy tekshiruv xulosasi, shuningdek mutaxassislar tomonidan protsessual harakatlar natijasida tuzilgan rasmiy hujjatlar mavjudligi aynan shu savollar bo‘yicha sud ekspertizasi tayinlashni istisno etmasligi belgilangan. Aynan shu norma Qirg‘iz Respublikasi JPKning 199-moddasi, Tojikiston Respublikasi JPKning 208-moddasida mavjud.
Qozog‘iston Respublikasi JPKning 96-moddasi 1-xatboshisi 3-bandida ekspert muqaddam natijalari jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan taftish yoki boshqa tekshiruv harakatini o‘tkazgan bo‘lsa, jinoyat ishi bo‘yicha qatnashishi mumkin emasligi belgilangan. Qirg‘iz Respublikasi JPKda xam aynan mazkur norma belgilangan.
Turkmaniston Respublikasi JPKda taftish tayinlash dalillar to‘plash vositasi sifatida qayd qilinmagan, shu jumladan tergovchining taftish tayinlash vakolati belgilanmagan. JPKning 131-moddasi 2-qismi 1-bandida tergovga qadar tekshiruv materiallari shu jumladan, inventarizatsiya va taftish dalolatnomasi, maʼlumotnomalar hujjatlar hisoblanishi va ulardan dalil sifatida foydalanish mumkinligi qayd qilingan.
AQSH Namunaviy Jinoyat Kodeksi 223.8-moddasida o‘zganing mulkini o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni isbotlashda taftishdan foydalanish mumkinligi qayd qilingan.
RF JPKning 74-moddasida mutaxassis xulosasi va ko‘rsatuvlari dalillarning alohida turi sifatida qayd etilganligi eʼtiborga molik.
RF JPKning 80-moddasi 3-qismiga muvofiq, mutaxassis xulosasi, taraflar tomonidan mutaxassis oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan yozma ravishda berilgan fikr ekanligini qayd qilingan. Shuningdek, mazkur moddaning 4-qismida mutaxassis ko‘rsatuvlari maxsus bilimlarni talab qiladigan holatlar yuzasidan so‘roq davomida berilgan maʼlumot, shuningdek mazkur Kodeks 53, 168, 271-moddalari talablariga muvofiq, o‘zining fikrini tushuntirish ekanligi belgilangan.
Tojikiston Respublikasi JPKning 72-moddasida xam mutaxassis xulosasi va ko‘rsatuvlari dalillarning alohida turi sifatida qayd etilgan.
Ozarbayjon Respublikasi JPKning 96-moddasida, mutaxassis bu – jinoyat protsessida shaxsiy manfaatdorligi bo‘lmagan, jinoyat protsessini amalga oshiruvchi organ tomonidan, o‘zining roziligi bilan tergov yoki protsessual harakatlarni o‘tkazishda, fan, texnika, sanʼat yoki kasb-xunar sohasida maxsus bilimlaridan foydalanish yo‘li yordam berish uchun tayinlangan shaxs ekanligi belgilangan.
Shuningdek, 85-moddaning 4.3-qismida tergovchi davlat organlaridan mutaxassis ajratishni talab qilish huquqiga egaligi belgilangan. Aynan mazkur norma Armaniston JPK 55-moddasida xam o‘z aksini topgan.
Belarus Respublikasi JPK 62-moddasi 3-qismida xam mutaxassis jinoyat protsessini yuritayotgan organga uning maxsus malakasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilish, o‘zining professional tajribasi va materiallar va jinoyat ishida qatnashayotgan shaxslar bilan munosabati haqida maʼlumotlarni taqdim qilish majburiyati belgilangan.
Belarus Respublikasi JPK 200-modasida mutaxassisning jalb qilish tartibi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra jinoiy taʼqibni amalga oshiruvchi organ tergov yoki boshqa protsessual harakatni amalga oshirish uchun, ishning pirovard natijasidan manfaatdor bo‘lmagan mutaxassisni chaqirishi mumkinligi, tergovchining mutaxassis chaqirish haqida talabi, mutaxassis ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot rahbari uchun majburiyligi belgilangan. Mazkur moddaning 2-qismida, jinoiy taʼqibni amalga oshiruvchi organ, tergov yoki boshqa protsessual harakatni o‘tkazishdan oldin, mutaxassisning shaxsi va vakolatiga ishonch hosil qilishi, uning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi bilan munosabatini aniqlashi, mutaxassisga huquq va majburiyatlarini tushuntirishi, javobgarlik haqida ogohlantirishi va bu bayonnomada qayd qilinib, mutaxassisning imzosi bilan tasdiqlanishi belgilangan.
Qirg‘iz Respublikasi JPKning 174-moddasi, Tojikiston Ryespublikasi JPKning 179-moddasi, Moldova Respublikasi JPKning 87-moddasida ham mutaxassisni jalb qilish masalasini xuddi shu tarzda tartibga solgan.
Mutaxassis xulosasining daliliy ahamiyati, uni jalb qilish protsessual jihatdan tartibga solinganligini ijobiy tajriba sifatida baholash va milliy qonunchilikda qo‘llash mumkin.
Estoniya Respublikasi JPKning 1111-moddasiga muvofiq, tergovchi tergov harakatida qatnashish uchun ishning pirovard natijasidan manfaatdor bo‘lmagan mutaxassis jalb qilishi mumkin. Tergovchining mutaxassis chaqirish haqida talabnomasi, mutaxassis ishlaydigan korxona, tashkilot va muassasa uchun majburiydir. Mutaxassis ishtirok etayotgan tergov harakatidan oldin, tergovchi mutaxassisning shaxsi va vakolatini tekshirishi, uning ayblanuvchi va jabrlanuvchi bilan munosabatini aniqlashi zarur. Tergovchi mutaxassisga uning huquq va majburiyatlari tushuntiradi va bu tegishli tergov harakati bayonnomasida qayd qilinib, mutaxassisning imzosi bilan tasdiqlanadi. Mazkur moddaning 5-qismiga muvofiq, mutaxassis JKning 173-moddasiga asosan o‘z majburiyatlarini bajarishni rad qilish uchun javobgarlik haqida ogohlantirilib, bu haqda tilxat olinadi. Turkmaniston Respublikasi JPKning 97-moddasi 2-qismida mutaxassisni chaqirish haqida talabnoma, mutaxassis ishlaydigan korxona, tashkilot va muassasa uchun majburiyligi belgilangan. Shuningdek mazkur moddaning 3-qismida jinoyat protsessi mutaxassis jalb qilish jarayoni to‘liq tartibga solingan.
Xorijiy mamlakatlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan moliyaviy nazorat qilish hamda taftish tayinlash, uni o‘tkazish tartibini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy sohadagi jinoyatlarni isbot qilish va sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarga qarshi kurashish usulidan bir hisoblangan taftish o‘zining baʼzi jihatlariga ko‘ra davlatlar qonunchiligida turli ko‘rinishda tartibga solingan. Biroq, taftish o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad umumiy bo‘lib, faktik nazorat shakllarining bir ko‘rinishi sanaladi.
MDH davlatlarining aksariyatida iqtisodiy sohadagi jinoyatlarni hal etish vakolati politsiya organlariga tegishli ekanligi, shu sababli ham IIB tizimida taftish va boshqa iqtisodiy tekshiruvlarni o‘tkazish uchun alohida boshqarma va uning bo‘linmalari mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Qolaversa, IIB tizimidagi ekspert-kriminalistika markazlarida sud-buxgalteriya ekspertizalarining alohida bo‘linma tarzida tashkillashtirilganligi tergov organlarida o‘zaro hamkorlik olib borish imkoniyatini oshirib, ishlarning tezkorlik bilan bajarilishini, samaradorlikning oshirishi taʼminlaydi. Iqtisodiy tekshiruvlarni soliq idoralari yoki moliyaviy masalalar bilan shug‘ullanuvchi boshqa organlar emas, aynan IIB tizimida tashkil qilingan shunday markazlar tomonidan o‘tkazilishi jinoyat ishlarining tez va to‘la ochilishiga yordam beradi. Shu sababli ham milliy qonunchiligimizda shu tajribaning qo‘llanilishi ijobiy samara beradi deb o‘ylaymiz.



Download 95.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling