Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat protsessual huquqi kafedrasi tosheva munisxon voxid qizi


XULOSA................................................................................................................57


Download 95.72 Kb.
bet2/15
Sana18.06.2023
Hajmi95.72 Kb.
#1557378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
18.05.2023 bmi

XULOSA................................................................................................................57
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.........................................59


KIRISH
Bugungi kudan mamlakatimizda tergov faoliyatida olib borilayotgan islohotlarning tub zamirini inson qadri, uning nohaq ayblanishini oldini olish, tergov organlarida ishlarning qonuniy va adolatli hal etilishi, aybdor shaxslar sodir etgan qilmishi uchun qonun oldida javob berishi hamda jazo muqarrarligi kabi masalalar tashkil etadi. Yangi O‘zbekiston sharoitida jinoyatlarni tergov qilish faoliyatini tubdan takomillashtirish, sohada faoliyat ollib borayotgan kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, jinoyatlarni tergov qilishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish va jinoyatchilikkka qarshi kurashning samaradorligini oshirish maqsadida 28.11.2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 257-sonli Farmoni qabul qilinishi tergov faoliyatida juda katta o‘zgarishlar amalga oshirilishiga sabab bo‘ldi.
Jamiyatda qaror topayotgan yangidan yangi munosabatlar natijasida oldin ma’lum bo‘lmagan jinoyat turlarining vujudga kelishi hamda ularni tergov qilish, aybdor shaxslar doirasini aniqlash, jinoyat natijasida qo‘lga kiritilgan daromadlarni legallashtirishni oldini olish kabi masalalarni hal etishda mavjud metodlarni takomilashtirish, yangi metodlarini amaliyotga joriy etish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu sababli ham tergov faoliyatida milliy va xorijiy qonunchilikni chuqur tahlil qila oladigan, maxsus bilimlardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan kadrlarga talab kundan kun ortib bormoqda. Bu talabning ortib borishiga iqtisodiyot sohasida sodir etilayotgan jinoyatlarning salmog‘i bir qadar oshganligi ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ya’ni bank, moliya, sug‘urta, lizing sohalaridagi qonunbuzarlik holatlariga barham berish, jinoyatlarni sodir etishdagi umumiy mexanizmlarni aniqlash, mavjud jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonlari maxsus iqtisodiy bilimlar talab etishi, bu sohada jinoyatlarni tergov qilishda ilmiy va amaliy adabiyotlarning kamligi tufayli ham yuqorida aytib o‘tilgan qator muammolar yuzaga kelmoqda. Xususan, bugunga qadar iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish taktikasi va nazariyasiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarning kamligi, qonunchilikda mazkur sohadagi jinoyatlarni tergov qilishda dalil to‘plash usuli sifatida faqat taftish nazarda tutilganligi, taftishning aniq, tushunarli yuridik ta’rifi mavjud emasligi, faktik nazoratning boshqa shakllaridan foydalanish orqali to‘plangan hujjatlarni dalil sifatida topish masalasi qonunchilikda belgilab o‘tilmaganligi, tergov organlarida faoliyat olib boruvchi xodimlarda jinoyatlarni tergov qilish davomidan maxsus iqtisodiy bilimlardan foydalanish ko‘nikmasining shakllanmaganligi bugungi kunda iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilishda bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda va jinoyatlarni tez va to‘la ochishga to‘sqinlik qilmoqda.

Download 95.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling