Tadqiqot metodlari. Mazkur mavzu yuzasidan tadqiqot olib borishda sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish, tizimli-tuzilmaviy, aniq-sotsiologik, idoraviy-normativ hujjatlar, formal-mantiqiy, statistik, ilmiy manbalarni, statistik hisobotlarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, kuzatish va ilmiy bilishning boshqa usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot maqsadi. Taftish tergov harakatini o‘tkazishning ilmiy asoslarini o‘rganish, uning o‘ziga xos jihatlarini va taftish davomida yuzaga keladigan nazariy, amaliy muammolarini aniqlash hamda ularni hal etish usullarini ishlab chiqish, qonun normalarini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
– jinoyat ishlarini yuritishda maxsus iqtisodiy bilimlardan foydalanish tushunchasi va uning ahamiyati tavsiflash;
– dalil to‘plash usuli sifatida taftish tayinlashning o‘ziga xos protsessual jihatlarini aniqlash;
– jinoyat ishilarini yuritishda taftish o‘tkazishning protsessual asoslari, shartlari va tartibini tahlil qilish;
– taftish natijasida to‘plangan dalillarni jinoyat ishlarini isbot qilishda foydalanish va ularni dalil sifatida baholash;
– xorijiy mamlakatlar jinoyat protsessual qonunchiligida mavzuga oid masalalarning ilmiy va nazariy asoslarini qiyosiy tahlil etish;
– taftish tergov harakatini o‘tkazishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida protsessual qonun normalari doirasida tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti va predmeti.
Ushbu tadqiqot obyekti jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan, to‘la amalga oshirish imkoniyatini bermaydigan obyektiv holatlarning yuzaga kelishi munosabati bilan tergov, sud ishlarini yuritish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti jinoyat ishlarni yuritish davomida taftish tergov harakatini o‘tkazish asoslari va shartlari, o‘ziga xos jihatlari, baʼzi xorijiy davlatlarda taftish tayinlash va o‘tkazishdagi ilmiy-nazariy qarashlari, qonunchilikda belgilangan tartibi hamda amaliyoti tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |