Toshkent davlat yuridik universiteti sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi


I. O‘zbekiston Respublikasining sudlarga oid qonunchiligini takomillashtirishga oid takliflar


Download 116.44 Kb.
bet11/18
Sana18.06.2023
Hajmi116.44 Kb.
#1564508
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
19.05.2023 Nabiyev Bobur bitiruv malakaviy ishi

I. O‘zbekiston Respublikasining sudlarga oid qonunchiligini takomillashtirishga oid takliflar:
1. Sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan nomzodlarga qo‘yilgan “oliy yuridik ma’lumot” talabini “tayanch oliy yuridik ma’lumot” talabiga o‘zgartirish taklif qilinadi.
2. Quyidagi shaxslarni benuqson obro‘-e’tiborga ega emas deb hisoblashni bevosita “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda belgilab qo‘yish taklif qilinadi:
a) psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxs;
b) muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxs;
c) sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs.
3. Agar shaxs ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilinsa, uning sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lish huquqidan mahrum qilmaslik maqsadga muvofiq. Buning o‘rniga aynan shu shaxs sudya etib tayinlangan yoki saylangan taqdirda, u bilan bog‘liq jinoyat ishiga aloqador sudning qonuniy hukmi chiqquncha vakolatlarini boshlamay turishi taklif qilinadi.
4. Tumanlararo, tuman, shahar sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi lavozimiga nomzodlarga qo‘yilgan “35 yoshga to‘lganlik” talabini “30 yoshga to‘lganlik” deb o‘zgartirish taklif qilinadi.
II. Sudlarga oid qonunchilik normalarini amaliyotda bevosita qo‘llash imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha takliflar:
2.1. Sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni har-xil normativ-huquqiy hujjatda belgilamasdan, ularni bitta “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda aks ettirish tavsiya qilinadi. Buning uchun “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunda mavjud quyidagi talablar “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda belgilanishi o‘rinli deb topiladi:
a) yuksak ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lish;
b) zarur malakaga ega bo‘lish;
c) siyosat va huquq sohasi mutaxassisi bo‘lish.
2.2. Nomzodlarga talab sifatida belgilangan yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga qaysi lavozimlarda mehnat faoliyatini olib borganlik muddatlari kirishini “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning o‘zida aniq belgilab berish taklif qilinadi.
2.3. Quyi bo‘g‘in sudlari sudyalik lavozimiga nomzodlar uchun yosh chegarasi belgilangach, bu yoshda yuqori bo‘g‘in sudlari sudyasi bo‘lish imkoni yo‘qligini hisobga olgan holda, yosh bilan bog‘liq talabni quyidagicha o‘zgartirish taklif qilinadi:
a) 30 yoshga to‘lgan shaxs tumanlararo, tuman, shahar sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi;
b) 40 yoshga to‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va boshqa umumyurisdiksiya sudlarining sudyasi;
c) 45 yoshga to‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Konstitutsiyaviy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin.

Download 116.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling