Toshkent davlat yuridik universiteti sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi


III. Sudyalik lavozimiga nomzodlarni tayinlash va saylashda ularning axloqiy jihatlarini o‘rganish masalalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar


Download 116.44 Kb.
bet12/18
Sana18.06.2023
Hajmi116.44 Kb.
#1564508
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
19.05.2023 Nabiyev Bobur bitiruv malakaviy ishi

III. Sudyalik lavozimiga nomzodlarni tayinlash va saylashda ularning axloqiy jihatlarini o‘rganish masalalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar:
3.1. Ilk bor sudyalik lavozimini egallaydigan nomzodlarga 3 oylik “sinov muddati” talabini ham belgilash taklif qilinadi. Bunda shaxsni ilk bor sudyalik lavozimiga 5 yil muddatga tayinlashdan avval sinov muddati davomida shaxsning ham huquqiy bilimini, ham axloqiy jihatlarini o‘rganish maqsad qilinadi.
3.2. Sudyalar oliy maktabi magistraturasiga kirish uchun talabgorlardan amaliyotda mavjud – ish joyidan tavsifnoma taqdim qilish tartibini bekor qilish o‘rinli deb topilgan holda, bu holatni quyidagi norma bilan almashtirish taklif qilinadi: “Sudyalar oliy maktabi magistraturasiga kirish uchun talabgorning axloqiy fazilatlarini bilish uchun uning ish joyi, o‘qishni tamomlagan muassasadan, yashash manzilidagi mahalladan va boshqa uning faoliyati bilan bog‘liq markazlardan uning axloqiy fazilatlari va sudyalik lavozimi uchun muhim bo‘lgan boshqa jihatlari haqida tavsifnomalar Sudyalar oliy maktabining tegishli mas’ul xodimlari tomonidan to‘planadi”.
3.3. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 611, 1931, 1932 kabi moddalari korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar hisoblanib, bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, jazo muddati tugagandan 1 yil o‘tmagan bo‘lsa sudyalik lavozimiga nomzod bo‘la olmasligi taklif qilinadi.
3.4. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 74-moddasi 1-qismida belgilangan salbiy sabablar bilan sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishiga olib keladigan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, quyidagi sudyalikka nomzod bo‘la olmaydigan asosni kiritish taklif qilinadi: “vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishiga olib kelgan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan sobiq sudya, jazo chorasi qo‘llanilgandan 1 yil o‘tmagan bo‘lsa”.
IV. Sudyalik lavozimiga tayinlanadigan, saylanadigan nomzodlarning ilmiy salohiyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar:
4.1. Sudyalar oliy maktabining magistratura bosqichini tamomlamagan yuqori bo‘g‘in sudlari sudyalik lavozimi uchun nomzodlarga “Sudyalar oliy maktabining malaka oshirish kursida o‘qiganlik va kurs yakuni bo‘yicha sertifikat olganlik” talabini ham belgilab qo‘yish taklif qilinadi.

Download 116.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling