Toshkent davlat yuridik universiteti


Mahsulot yetkazib berish shartnomasining o’ziga xos xususiyatlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Mahsulot yetkazib berish shartnomasining o’ziga xos xususiyatlari 
quyidagilardir: 
1. Shartnoma predmeti bo’lgan tovar bilan birga unga bo’lgan mulkiy huquq 
ham sotuvchi (mahsulot yetkazib beruvchi)dan sotib oluvchiga o’tadi. 
2. Shartnoma subyektlari faqat tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan 
shaxslar (yuridik shaxs tuzmasdan tadbirkorlik litsenziya asosida tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug’ullanayotgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar) bo’lishi 
mumkin. 
3. Shartnoma sotuvchi tomonidan ishlab chiqariladigan yoki sotib olinadigan 
tovarlar yuzasidan tuzilishi. 
4. Shartnomada taraflar o’rtasidagi munosabatlar odatda bir yil, undan 
6
Ushbu qoida bundan yarim asr oldin A.V.Venediktov tomonidan ilgari surilgan chunki o'sha davr qonunchiligida 
bunga etarlicha asos yaratilmaganday edi O.S. Ioffe esa aksincha mahsulot yetkazib berish shartnomasi oldi-sotdi 
shartnomasi bilan bir qatorda mulkni haq evaziga realizasiya qilishga oid majburiyatlarning bir qismi ekanligini 
ta'kidlaydi. Hozirgi qonunchiligimiz ushbu yuqorida keltirilgan ikkala holatni o'zida mujassamlagan. Buni esa
hozirda oldi-sotdi shartnomasi haq evaziga mulkni mulk qilib topshirish majburiyatining sinonimi deyilishida 
ko'rishimiz mumkin. 


32 
uzoqroq muddatga hamda taraflarning o’zaro kelishuviga ko’ra belgilangan 
muddatlar ichida davom etishi mumkin. Oldi-sotdi shartnomasidan farqli ravishda 
bu shartnomada shartnomaviy aloqalar ko’p martali va uzoq muddatli 
hisoblanadi. Chunki mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarni jo’natish ko’p 
marta amalga oshiriladi va bu jarayon oldindan belgilab olingan jadvallar asosida 
amalga oshiriladi. Oldi-sotdi shartnomasida esa sotuvchining sotib oluvchiga 
tovarni topshirishi bilan shartnomaviy aloqalar barham topadi. 
5. Shartnoma predmeti sotuvchi tomonidan faqat tadbirkorlik faoliyatida 
foydalanish uchun yoki shaxsiy, oilaviy maqsadlarda, ro’zg’orda va shunga 
o’xshash boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa 
maqsadlarda foydalanish uchun sotib oluvchiga topshirilishdigan tovarlar 
hisoblanadi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling