3-§. Mahsulot yetkazib berish tushunchasi va huquqiy belgilari
Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanayotgan mahsulot yetkazib beruvchi-sotuvchi shartlashilgan muddatda
yoki muddatlarda o’zi ishlab chiqaradigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib
oluvchiga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy, oilaviy
maqsadlarda, ro’zg’orda va shunga o’xshash boshqa maqsadlarda foydalanish bilan
bog’liq bo’lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun topshirish, sotib oluvchi
esa tovarlarni qabul qilish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladi (FKning
437-moddasi).
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi tovarlar oldi-sotdisi bo’yicha
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar o’rtasida qo’llanadigan va
eng ko’p amaliyotda uchraydigan shartnomalardan biridir. Ushbu shartnoma
moddiy ne’matlarni bir shaxsdan boshqa shaxsga o’tishini ta’minlaydi. Bu esa o’z
navbatida iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishiga olib keladi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi oldi-sotdi shartnomasining alohida turi
bo’lib hisoblanadi
6
. Ushbu shartnomani ayrim hollarda tadbirkorlik yoki savdo
oldi-sotdisi deb atashadi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi huquqiy belgilari. Mahsulot
yetkazib berish shartnomasining huquqiy belgilari oldi-sotdi shartnomasining
huquqiy belgilariga o’xshash. Jumladan uning birinchi huquqiy belgisi shartnoma
ikki tomonlamaligi. Ya’ni shartnomada ishtirok etayotgan ikkala tarafda ham
huquq, ham majburiyat yuzaga keladi. Ikkinchi huquqiy belgisi shartnoma haq
baravariga tuzilib, ya’ni yetkazib berilgan mahsulot uchun mahsulot yetkazib
beruvchiga haq to’lanadi. Uchinchi huquqiy belgisi konsensual shartnomalar
turiga kirishi. Ya’ni, mahsulot yetkazib berish haqida taraflar kelishgan va ular
o’rtasidagi ushbu kelishuv qonun bilan belgilangan tartibda va shaklda
rasmiylashtirilgan paytdan shartnoma bo’yicha huquq va majburiyatlar yuzaga
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |