Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Nazorat uchun savollar: 
1. Bugungi kunda chakana oldi-sotdi shartnomasini nafaqat FK bilan balki 
bir qator qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Amaldagi qonunchilik bilan 
chakana oldi-sotdi munosobatlarining tartibga solinishi (bozor va yarmarka 
qoidalari)ni tavsiflang.
2. Chakana oldi-sotdi shartnomasida tovarni sotishning bir qator usullari 
qo`llaniladi. Mazkur usullarni tavsiflangan va ular o`rtasida o`xshash va farqli 
jihatlarni yoriting. 
3. Fuqaro Qosimov “El-Quvvat” do`konidan Koreyada ishlab chiqarilgan 
“LG” muzlatgichini sotib oldi. Muzlatgichga do`kon tomonidan bir yil kafolat 
berildi. Oradan to`qqiz oy o`tgach muzlatgich buzilib qoldi. Fuqaro Qosimov 
muzlatgichni kafolat ustaxonasiga kafolat taloniga asosan bepul tuzatish uchun 
topshirdi. Ustaxonada kerakli ehtiyot qismlar yo`qligi sababli, muzlatgichni olti oy 
muddat davomida tuzatishdi. Fuqaro Qosimov o`z muzlatgichini olib ketishga 
kelganda ustaxonada muzlatgichga berilgan kafolat muddati o`tganligini aytib, 
undan remont (tuzatish) uchun haq to`lashni so`rashdi.
Ushbu vaziyatda ustaxona xodimlari harakatlari to`g’rimi? Javobni 
asoslang. Fuqaro Qosimov majburiyatni o`z vaqtida bajarish uchun qanday 
ta’minlash usulini qo`llashi mumkin? 
4. Iste’molchi–sotib oluvchi 2 oy oldin sotib olingan changyutgichni 
almashtirib berilishini talab qildi. Uning aytishicha changyutgich changni yomon 
yutmoqda va uni sozlab bo`lmadi. Ushbu xolatni kafolat muddatida xizmat 
ko`rsatadigan 
ustaxonaning 
ma’lumotnomasi tasdiqladi. Sotuvchi sotib 
oluvchining talablariga qo`shilmay changyutgichni tuzatib berish va tuzatishga 
nisbatan kafolat berishni taklif qildi. Va changyutgichni to`liq ta’mirlash uchun 
ustaxona kafil bo`lishini talab qildi.
Bunday vaziyatda ustaxona kafil bo`la oladimi? Javobni asoslang.
 


31 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling