Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Nazorat uchun savollar 
1. 
Fuqarolik huquqida shartnomaning bahosi qanday shart hisoblanishi 
borasida turli xildagi qoidalar belgilangan. Shu nuqtai nazardan oldi-sotdi 
shartnomasining bahosi mazkur shartnoma uchun qanday shart hisoblanishi va 
uning amalda qanday qo`llanilishini ifodalang. 
2. 
Oldi-sotdi shartnomasida tovarning sifati va miqdori, butligi, idish va 
o`rami muhim shartlardan hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikda tovarning sifati va 
miqdori, butligi, idish va o`rami borasida umumiy normalar belgilangan. Biroq 
huquqni qo`llash amaliyotida va tadbirkorlik ish muomalasida bu bora bir qator 
o`ziga xos holatlar uchraydi. Ushbu holatlarni izohlab bering. 
3. 
Yo`lchiyev magazindan televizor sotib oldi. Oradan 20-kun o`tgach, 
televizor buzildi, ishdan chiqdi, nosoz ahvolga keldi. Sotib oluvchi magazinda shu 
turdagi televizorning borligiga asoslanib, buzilgan televizorni yangisiga 
almashtirib berishni talab qildi, shuningdek televizorni ustaxonada kafolat asosida 
tuzatib berishlariga qarshi ekanligini bildirdi.
Kafolat muddatlari bilan sotiladigan tovarlarni almashtirish tartibi qanday? 
Ushbu holatda magazin televizorni almashtirib berishi shartmi? 
4. Univermag Tolipovga uning uyiga yetkazib berish sharti bilan pianinoni 
sotdi. Yetkazib berish paytida avtomobil qattiq yomg’ir tagida qolganligi sababli 
pianino ho`l bo`ldi va yaroqsiz holatga keldi. Sotib oluvchi unga yetkazib berilgan 
pianinoni qabul qilishdan bosh tortdi va to`lagan pulini qaytarishni yoki boshqa 
soz pianinoni yetkazib berishni talab qildi. O`z arizasida fuqaro Tolipov univermag 
ma’muriyatidan quyidagicha javob oldi: Tolipov magazindan pianinoni o`zi tanlab 
va unga pul to`lab olgan, u pianinoni mulkdori bo`lgan, shuning uchun ham 
tasodifiy sabab tufayli musiqa asbobining yaroqsiz holga kelish oqibatlari oldini 
uning o`zi olishi kerak edi. Tolipov o`z da’vo arizasida univermagdan pianino 


24 
uchun to`langan pulni yoki pianinoni o`rniga sotuvga yangi rusumli muzlatkichni 
undirib berishni so`raydi. O`z navbatida univermag suddan Tolipovga sotib olgan 
pianinosini qabul qilib olish majburiyatini yuklatishni talab qiladi.
Ashyoni yetkazib berish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bo`yicha 
sotib oluvchiga mulk huquqi qachondan boshlab vujudga keladi? Tolipov yetkazib 
berilgan pianinoni qabul qilishdan bosh tortishga va pulini qaytarishni yoki pianino 
o`rniga muzlatkichni almashtirishni talab qilishga haqlimi? 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling