Toshkent davlat yuridik universiteti


Shartnomaning shakli va tuzish tartibi


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Shartnomaning shakli va tuzish tartibi. Mahsulot yetkazib berish 
shartnomasini shakli va tuzish tartibiga doir masala FKda uning o’ziga xos 
xususiyatini inobatga olgan holda atroflicha ochib berilgan.
Aksariyat hollarda ushbu shartnoma yozma shaklda tuziladi. Ammo 
shartnomalar shakliga nisbatan o’rnatilgan umumiy qoidalardan kelib chiqib, 
mahsulot yetkazib berish shartnomasi og’zaki shaklda tuzilishi ham mumkin. 
Uning faqat yozma shaklda tuzilishi shart deb belgilanishi noto’g’ri bo’ladi. Misol 
uchun 
shartnoma 
agarda 
eng 
kam 
oylik 
ish 
haqining
10 baravaridan kam summaga tuzilsa hamda shartnoma taraflari yuridik shaxs 
tuzmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar bo’lsa 
ular o’rtasidagi shartnoma og’zaki shaklda tuzilishi mumkin. Bunda hech qanday 
qonunbuzarlikka yo’l qo’yilmagan bo’ladi. Amaliyotda bunga o’xshash holatlarni 
kuzatish mumkin. Ulgurji savdo bozorlarida savdo qilayotgan sotuvchi-
tadbirkorlar sotib oluvchi-tadbirkorlarga aholiga do’konlari orqali sotishlari uchun 
tovarlari sotganda og’zaki shaklda shartnoma tuzilishini ko’p uchratganmiz. 
Ammo xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tartibga solish maqsadida 
FKda 439-moddasi o’rnatilgan bo’lib, uning talablari ushbu shartnomani yozma 


34 
shaklda tuzilish tartibini belgilaydi. Bu talablar taraflar shartnomani yozma shaklda 
tuzish uchun kelishganda va shartnoma shartlariga nisbatan o’rtaligida 
kelishmovchiliklar yuzaga kelganda amal qiladi. Jumladan, oferent yuborgan 
shartnoma loyihasining aksteptini emas, balki qarshi ofertani olganda 30 kunlik 
muddatda shartnoma shartlarini kelishish choralarini ko’rishi (imkoniyat bo’lsa, 
boshqa taraf bilan birgalikda) yoki shartnoma tuzishni rad etishini boshqa tarafga 
yozma ravishda bildirishi lozim bo’ladi. Albatta bunday 30 kunlik muddat oferent 
ilk bor yuborgan shartnoma loyihasini olgan aksteptantga ham beriladi.
Ya’ni, mahsulot yetkazib berish shartnomasi shartlari bo’yicha 
kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan, biroq shartnoma shartlarini kelishish 
choralarini ko’rmagan va shartnoma tuzishni rad etishni 30 kunlik muddatda 
boshqa tarafga ma’lum qilmagan taraf shartnoma shartlarini kelishib olishdan bosh 
tortish oqibatida etkazilgan zararni qoplashga majbur bo’ladi. Sulpa in 
contrahendo (so’zma so’z tarjima qilganda “shartnoma tuzish jarayonidagi ayb”) 
deb nomlangan bu holat shartnomadan tashqari zarar yetkazishdan kelib 
chiqadigan majburiyatlar (delekt)ga misol bo’la oladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling