Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Shartnomaning mazmuni. Ma’lumki, har qanday fuqarolik-huquqiy 
shartnomalarning, shu jumladan mahsulot yetkazib berish shartnomasining 
mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Sotuvchining 
majburiyatlariga sotib oluvchiga tovarlarni to’liq barcha kerakli jihozlari va 
hujjatlari bilan kelishilgan miqdorda, assortimentda va komplektda, belgilangan 
sifatdagi, o’ramdagi va turdagi shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlaridan 
xoli holda topshirishi kiradi.
FKning 440, 441 va 442-moddalari mazmunidan mahsulotni yetkazib berish 
sotuvchining zimmasida ekanligi anlashiladi. Shunday ekan bundan kelib chiqib 
agar tovarni yetkazib berilishi haqida shartnomada hech qanday shartlar 
belgilanmagan bo’lsa tovarni yetkazib berish majburiyati sotuvchi zimmasida 
bo’ladi.
Mahsulot yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq 
yetkazib berishi lozim. Jumladan, tovarlarni birdaniga hammasini yetkazib berish 
majburiyati yuklatilgan bo’lsa, ularni shartnomada belgilangan vaqtda, uning 
sifatiga, assortimentiga va boshqa tovarga nisbatan belgilangan talablarga javob 
beradiganini sotib oluvchiga yetkazib beradi.
Agar taraflar tovarlarni shartnomaning amal qilish muddati mobaynida 
turkum-turkum qilib yetkazib berishni nazarda tutgan bo’lsalar va unda alohida 
turkumlarni yetkazib berish muddatlari (yetkazib berish davrlari) belgilangan 
bo’lsa ushbu belgilangan muddatlar etazib berishi shart. Agarda bunday muddat 
belgilanmagan bo’lsa, tovarlar har oyda bir xil turkumlarda yetkazib berilishi 
lozim. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu munosabatni tartibga solishga 
qaratilgan qonun hujjatlarida hamda majburiyatning o’ziga xos mohiyati va 
mazmuni yoki ish muomalasi odatlari boshqacha tartibni nazarda tutmagan bo’lsa 
yuqoridagi muddatlarda, nazarda tutilgan bo’lsa ushbu shartlarga asosan amalga 
oshirilishi kerak. 
Shartnomada mahsulot yetkazib berish davrlarini belgilash bilan bir qatorda 
tovarlarni yetkazib berish (o’n kunlik, sutkalik, soatlik va hokazo) jadvali ham 


35 
belgilanishi mumkin. Bunday jadvallarni belgilanishi juda muhim sababi ushbu 
shartnoma tovarlar oldi-sotdisini ta’minlovchi asosiy xo’jalik shartnomasi bo’lgani 
tufayli uning qoidalari qanchalik aniqlik bilan tuzilsa, majburiyatlar aniq belgilansa 
shartnoma yuzasidan tushunmovchiliklar bo’lmasa tovarlarning savdo aylanmasi 
shunchalik tez bo’ladi natijada barcha foyda ko’radi.
Tovarlar shartnomada belgilangan muddatdan oldin yetkazib berilishiga 
faqat sotib oluvchining roziligi bilangina yo’l qo’yiladi. Bunga sabab mahsulot 
yetkazib berilganda uni saqlash, realizastiya qilish tegishli tayyorgarlikni va 
xarajatlarni talab qiladi. Tovar muddatidan ilgari yetkazib berilishi sotib oluvchiga 
turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun saqlash uchun joyi va 
imkoniyati bo’lmasligi mumkin. Shuningdek yuqorida aytganimizdek sotib oluvchi 
rozi bo’lsa, ya’ni unga tovarlarni mudddatidan oldin yetkazib berilishi hech qanday 
muammolarni yuzaga keltirmasa, balki aksincha juda xaridorgir tovar bo’lsa uni 
qabul qilishga hech ikkilanmaydi. Muddatidan oldin yetkazib berilgan va sotib 
oluvchi tomonidan qabul qilingan tovarlar keyingi davrda yetkazib berilishi lozim 
bo’lgan tovarlar miqdoriga kiritiladi. 
Shartnomada tovarlarni yetkazib berish tartibini kelishib olinishi juda 
muhim. Aksariyat hollarda bunday majburiyat mahsulot yetkazib beruvchi 
zimmasiga yuklatiladi. Tovarlarni yetkazib berish mahsulot yetkazib beruvchi 
tomonidan tovarlarni shartnoma bo’yicha sotib oluvchiga yoki shartnomada 
oluvchi sifatida ko’rsatilgan shaxsga jo’natish (topshirish) yo’li bilan amalga 
oshiriladi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni oluvchilarga jo’natish 
to’g’risida sotib oluvchining sotuvchiga ko’rsatmalar berish huquqi (jo’natish 
raznaryadkasi) nazarda tutilgan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni 
jo’natish raznaryadkasida ko’rsatilgan oluvchilarga jo’natadi (topshiradi). Jo’natish 
raznaryadkasi – mahsulot yetkazib beruvchiga yozma shaklda sotib oluvchi 
tomonidan belgilangan shaxslarga topshirish uchun yetkazib berilishi kerak 
bo’lgan tovarlarni bir yo’la yoki belgilangan grafik asosida ortib yuborish 
(jo’natish) yoki topshirish bo’yicha ko’rsatmani o’zida ifoda etadi. Bu esa o’z 
navbatida, mahsulot etazib beruvchiga ham qulayliklarni keltirib chiqaradi. 
Jumladan, mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni aniq, o’z vaqtida yetkazib berishi 
belgilansa boshqa tomondan qulayligi o’z ishini tartibli olib borishga asos bo’ladi. 
Bu esa, bir yo’la bir necha mijoz buyurtmasini vaqt va transport xarajatlarini 
kamroq qilgan holda yetkazib berilishiga olib keladi. Shuningdek, shartnoma 
shartlariga rioya qilinishi ta’minlanadi va bir qatorda tovarni yetkazib berilganlik 
uchun qo’shiladigan qiymati kamayishi hisobiga tovarlar tannarxining ham 
kamayishiga olib keladi.
Jo’natish raznaryadkasining mazmuni va muddati mahsulot yetkazib berish 
shartnomasida belgilanadi. Ayrim hollarda jo’natish raznaryadkasini yuborish 
muddati shartnomada nazarda tutilmasligi ham mumkin
7
. Bunga sabab shartnoma 
konsensual xarakterda bo’lganligi tufayli va shartnoma mazmunidan kelib chiqib 
7
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi tovarlarni turkum-turkum qilib yetkazib berish sharti bilan bir oydan kam 
muddatga tuzilgan bo'lsa tovarlarni shartnomada taraflarning kelishuviga ko'ra, agar bunday kelishuv bo'lmasa 
bunday muddatlar ish muomalasi odatlariga ko'ra belgilanishi kerak bo'ladi. 


36 
sotib oluvchi ushbu muddatni aniq belgilashga ikkilanishi mumkin. Bunday hol-
larda sotib oluvchi zimmasiga mahsulot yetkazib beruvchini mahsulot yetkazib 
berish davri boshlanishidan kamida 30 kun oldin jo’natish raznaryadkasining aniq 
muddatlarni ma’lum qilishi ya’ni yuborishi lozim bo’ladi.
Sotib oluvchining belgilangan muddatda jo’natish raznaryadkasini taqdim 
qilmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga yo mahsulot yetkazib berish 
shartnomasini bajarishdan bosh tortish, yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini 
to’lashni talab qilish huquqini beradi. Bundan tashqari mahsulot yetkazib beruvchi 
jo’natish raznaryadkasini taqdim qilmaslik tufayli etkazilgan zararni to’lashni talab 
qilishga haqli (FK 441-modda). 
Tovarlarni olib borib berish yetkazib beruvchi tomonidan ularni mahsulot 
yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan transportda va unda belgilangan 
shartlarda jo’natish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga shartnomada belgilangan 
miqdordagi tovarlarni yetkazib berishi shart. Tovar miqdorini aniqlash usullari 
oldi-sotdi shartnomasiga nisbatan o’rnatilgan umumiy qoidalar bilan deyarli bir xil. 
Ammo mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarning miqdorini aniq 
shartnomada belgilanganidek etkazilishini ta’minlash qoidalaridan chetga chiqish 
mumkin. Ya’ni mahsulotni yetkazib berilishi holatidan kelib chiqib uning miqdori 
aniqlanishi mumkin. Misol uchun qoplanmagan (50 yoki 100 kg.dan alohida 
qoplarga solinmagan ya’ni rasfasofka qilinmagan) 10 tonna stement yoki 1 
stisterna o’simlik yog’ini yetkazib berilayotganda plyus-minus 0,1% dan 5% gacha 
kam yoki ko’p yetkazib berilishi mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling