Toshkent davlat yuridik universiteti
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida javobgarlik
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida javobgarlik. Mahsulot yetkazib
berish shartnomasi xo’jalik shartnomasi ekanligi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan tuzilishi uning asosini tavakkalchilik tashkil etishini e’tirof etish kerak. Shu bois taraflar tomonidan shartnoma shartlarini buzilganda asosan etkazilgan zararni qoplash va neustoyka 8 shaklida amalga oshiriladi. 8 Shartnoma shartlarini buzganlik uchun javobgarlikga oid masalalarga bir necha bor yuqorida ham to'xtalib o'tildi. FKni qabul qilinishi bilan qonuniy neustoykalarni qo'llanishi ancha qisqardi. Uning o'rnini shartnomaviy neustoyka egalladi. Mahsulot yyetkazib berish shartnomasida asosan shartnomaviy neustoykani ikkala shakli qo'llanilishini 38 Mahsulot yetkazib beruvchining fuqarolik-huquqiy javobgarligi quyidagi asoslarga ko’ra vujudga keladi: – tovarlarni kechiktirganlik, ya’ni mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan tovarni sotib oluvchiga shartnomada nazarda tutilgan muddat o’tgandan so’ng, topshirishi (FKning 454-moddasi); – tovarlarni to’liq yetkazib bermaganlik, ya’ni mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan sotib oluvchiga belgilangan muddatda tovarni shartnomada nazarda tutilganidan kam miqdorda topshirish (FKning 443-moddasi); – tegishli darajada sifatli bo’lmagan tovarlarni yetkazib berganlik (FKning 451-moddasi); – tegishli darajada sifatli bo’lmagan tovarlarni yetkazib berganlik (FKning 451-moddasi); – but bo’lmagan tovarlar yetkazib berganlik (FKning 452-moddasi). Mahsulot yetkazib berish shartnomasi bo’yicha sotib oluvchining javobgarligi esa quyidagi hollarda yuzaga keladi: birinchidan, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan asoslarsiz mahsulot yetkazib beruvchidan tovarni qabul qilib olmaganlik yoki tovarni rad etganlik (FKning 447-moddasi to’rtinchi qismi); ikkinchidan, tovarlarni shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat belgilanmagan bo’lsa, tovarlarning tayyorligi to’g’risida mahsulot yetkazib beruvchining bildirish xatini olganidan so’ng oqilona muddatda tanlab olmaslik (FKning 448-moddasi ikkinchi qismi); uchinchidan, shartnomada nazarda tutilgan tovarlar haqini to’lashdan asossiz bosh tortganlik yoki belgilangan muddatda to’lamaslik (FKning 449-moddasi uchinchi qismi); to’rtinchidan, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, tovar keltirilgan ko’p marta ishlatiladigan idish va o’rash materiallarini mahsulot yetkazib beruvchiga belgilangan tartib va muddatlarda qaytarmaslik (FKning 450- moddasi birinchi qismi); beshinchidan, shartnomani jiddiy ravishda buzganlik, shu jumladan tovarlar haqini to’lash muddatlarini bir necha bor buzish, tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik (FKning 455-moddasi uchinchi qismi). Mahsulot yetkazib berish shartnomasi shartlarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilash nafaqat O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi balki, ushbu shartnoma xo’jalik shartnomalar guruhiga kirganligi sababli “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi 29.08.1998 y. N 670-I Qonuni bilan ham tartibga solinadi. Mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki qonun hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnomani bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy- huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 25–32-moddalarida quyidagi javobgarlik choralari qo’llanilishi belgilangan. 1. Mahsulotlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq ko'rishimiz mumkin. Tovar yetkazib berishni yoki haqini to'lashni kechiktirgandan penya shaklida va tovar sifati, butligi va o'rami yuzasidan belgilangan shartlarni buzilganda jarima shaklida qo'llaniladi. 39 yetkazib berilmagan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to’liq yetkazib bermaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. (“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 25-moddasi.) 2. Agar yetkazib berilgan mahsulotlar sifati, assortimenti va navi bo’yicha standartlar, texnik shartlar, namunalarga (etalonlarga) qonun hujjatlarida yoki xo’jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi mahsulotni qabul qilish hamda ularning haqini to’lashni rad etib, mahsulot yetkazib beruvchidan sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo’lmagan mahsulotlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar mahsulotlar haqi to’lab qo’yilgan bo’lsa, to’langan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo’lmagan mahsulotlar yetkazib berganlik uchun jarima mahsulot yetkazib beruvchidan aksteptsiz tartibda undirib olinadi. Jarimani undirish to’g’risidagi to’lov talabnomasi bank muassasasiga mahsulotlarning sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi to’g’risidagi dalolatnoma tuzilgandan keyin o’n kun ichida taqdim etiladi. Jarimani undirish to’g’risidagi to’lov talabnomasi belgilangan o’n kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 26-moddasi.) 3. But bo’lmagan mahsulotlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi: -tovarlarni butlab berishni talab qilishga haqli. Mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchining talabini olgan paytdan boshlab, agar taraflarning kelishuvida o’zga muddat belgilangan bo’lmasa, o’n besh kunlik muddat ichida tovarlarni butlab berishi shart; -bundan buyon tovarlar butlab berilguncha qadar ularning haqini to’lashdan bosh tortishga, agar tovarlarning haqi to’lab qo’yilgan bo’lsa, belgilangan tartibda to’langan summalar qaytarilishini talab qilishga haqli; -etishmayotgan qismlar qiymatini qo’shgan holda, mahsudot yetkazib beruvchidan but bo’lmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirishga haqli. Tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda tovarlarni butlab bermasa, sotib oluvchi but bo’lmagan tovarlarni qaytarib berishga hamda but bo’lmagan tovarlarni but tovarlarga almashtirishni talab qilishga haqlidir (“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 27-moddasi). 4. Marka belgisi qo’yilmagan yoki lozim darajada markirovka qilinmagan tovarlarni, shuningdek idishsiz yoki o’ralmagan tovarlarni yoxud tegishli idishga joylanmagan yoki lozim darajada o’ralmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga bunday tovarlar qiymatining 5 foizi 40 miqdorida jarima to’laydi. Tovarlar qabul qilingandan keyin yana jo’natilishi yoki saqlanishi kerak bo’lgan hollarda sotib oluvchi jarima undirishdan tashqari, o’z kuchi bilan, lekin mahsulot yetkazib beruvchi hisobidan tovarlarni o’rashga va idishlarga joylashga, yoxud bir shahardagi mahsulot yetkazib beruvchidan tovarlarni o’rab berish yoki idishlarga joylab berishni talab qilishga haqlidir (“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 28-moddasi). 5. Mahsulot yetkazib beruvchi talabiga binoan qo’yilgan Akkreditiv u amal qiladigan muddat ichida foydalanilmasa, mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga akkreditivning foydalanilmagan summasining 5 foizi miqdorida jarima to’laydi. (“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 29-moddasi). 6. Jo’natilgan tovarlarga oid to’lov yoki tovar-transport hujjatlarining nusxasini belgilangan muddatda yubormaganlik yoki tovarlar jo’natilganligi to’g’risidagi boshqa axborotni taqdim etmaganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchiga axborot taqdim etilmagan har bir holat uchun yetkazib berilayotgan tovar qiymatining 1 foizi miqdorida jarima to’laydi (“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 30-moddasi). 7. Tovarlarni olib ketmaslik, shuningdek mahsulot yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda tovarlarni olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun sotib oluvchi mahsulot yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (o’z muddatida olinmagan) tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar bo’yicha esa - 10 foiz miqdorida jarima to’laydi. Tovarlar tanlab olinmagan (olish asossiz rad etilgan) hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar mavjudligining kafolatlarini taqdim etgan holda, tanlab olinmagan (o’z muddatida olinmagan) tovarlar qiymati to’lanishi talab qilishga haqlidir (“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 31-moddasi). 8. To’lov talabnomasi aksteptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman rad etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar haqini to’lashdan bosh tortganlik (bank muassasasiga to’lov topshiriqnomasini taqdim etmaganlik, chek bermaganlik, akkreditivni taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi mahsulot yetkazib beruvchiga o’zi to’lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima to’laydi. Yetkazib berilgan tovarlar haqini o’z vaqtida to’lamaganlik uchun sotib oluvchi mahsulot yetkazib beruvchiga o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to’lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to’lov summasining 50 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorida penya to’laydi (“Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi Qonunning 32-moddasi). Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling