Toshkent davlat yuridik universiteti


Tavsiya etiladigan adabiyotlar


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
1. Kamalov O.A. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi yuzasidan kelib 
chiqadigan majburiyatlar. – T.: IIV akademiyasi, 2015. – 136 b. 
2. Kamalov O.A. Mahsulot yetkazib berish bo’yicha shartnomaviy 
munosabatlarni takomillashtirish. – T.: IIV akademiyasi, 2015. – 134 b. 
4-§. TOVARLAR YETKAZIB BERISH BO`YICHA DAVLAT 
KONTRAKTI 


43 
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish bo`yicha davlat kontrakti va 
davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi tushunchasi va 
huquqiy belgilari. 
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish davlat ehtiyojlari uchun 
tovarlar yetkazib berish bo`yicha davlat kontrakti asosida, shuningdek uning 
asosida 
tuziladigan 
davlat ehtiyojlari 
uchun 
tovarlar 
yetkazib berish 
shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadigan, davlat byudjeti va 
moliyalashning byudjetdan tashqari 
manbalari hisobiga ta’minlanadigan 
O`zbekiston Respublikasining ehtiyojlari davlat ehtiyojlari deyiladi.
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish borasidagi munosabatlarga 
mahsulot yetkazib berish shartnomasining qoidalari ham tatbiq etiladi. Bundan 
tashqari davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishni tartibga soladigan 
boshqa qonun hujjatlar ham mavjud. 
Davlatning faoliyati fuqarolik huquqi bilan amalga oshiriladigan munosabat 
bilan cheklanmay, undanda kengroq munosabatlarni qamrab oladi. Davlatning 
asosiy funkstiyalaridan biri bu aholini turli tovarlarga bo`lgan ehtiyojlarini 
ta’minlash uchun barcha choralarni ko`rishidir. Ya’ni davlat bu ishlarni to`g’ri 
yo`lga qo`yish majburiyatiga ega. Hozirgi kunda buning umumiy ikki yo`li 
mavjud:
- birinchidan, barcha ishlar davlat va uning mutasaddi tashkilotlari orqali 
bajarilishi;
- ikkinchidan, tadbirkorlikka keng imkoniyat yaratib, bu ishlarni amalga 
oshirishni yuridik va jismoniy shaxslar ( yakka tadbirkorlar) ga yuklashi va ular 
faoliyatini qonunlar orqali tartibga solib, uni nazorat qilish orqali.
Hozirgi kunda tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratilayotgan bir vaqtda 
aholining turli xildagi tovarlarga bo`lgan deyarli barcha ehtiyojlarini tadbirkorlik 
subyektlari ta’minlamoqda. Ammo deyarli degan so`zning zamirida davlatning 
strategik ahamiyat kasb etadigan mahsulotlarni ya’ni turli yoqilg’i – moylash 
materiallari, oziq – ovqat mollari, dori – darmon vositalari va boshqa davlatning 
moddiy ehtiyojlarini ta’minlovchi tovarlarni, jumladan, tegishli iqtisodiy va siyosiy 
( tashqi va ichki ) faoliyatni olib borish, davlat boshqaruv apparatini moddiy va 
texnik ta’minlash hamda saqlash, davlat xavfsizligi va mudofaa ishlari uchun, 
ularning qudratini oshirish uchun, ijtimoiy-madaniy ishlar uchun xullas barcha 
davlatning asosiy ehtiyojlarini ta’minlanishi uchun davlat o`zi sarf-xarajat qiladi. 
Ya’ni oldi-sotdi munosabatlarga bilvosita va bevosita kirishadi.
Bevosita tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti tuzish orqali. 
Bilbosita davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi tuzish 
orqali. Ikkala shartnoma ham ulgurji oldi-sotdi shartnomasi turkumiga kiradi. 
Shuningdek ular xo`jalik shartnomasi hisoblanadi
9


Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling