Toshkent davlat yuridik universiteti


Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat 
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining elementlari. 
Shartnomada sotuvchi (ijrochi) sifatida mahsulot yetkazib beruvchi namoyon 
bo`ladi. 
Mahsulot 
yetkazib 
beruvchi 
– tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanayotgan tovar ishlab chiqaruvchi yoxud tovarlarni sotib olib uni sotib 
oluvchiga sotuvchi (yakka tadbirkor yoki yuridik shaxs). 
Sotib oluvchi sifatida tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontraktida 
faqat davlat (davlat buyurtmachisi) qatnashsa, davlat ehtiyojlari uchun tovarlar 
yetkazib berish shartnomasida davlat ehtiyojlarini qondirishga dalatning bergan 
vakolati doirasida xizmat qiluvchi yuridik shaxs
10
qatnashadi.
Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari 
uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining predmeti – davlat ehtiyojlarini 
taminlanishi uchun zarur bo`lgan barcha ashyolar bo`la oladi. Davlat ehtiyojlari 
doirasi juda keng bo`lib, boshqa fuqarolik huquqining subyektlari sotib olishi 
10
Bu o'rinda yuridik shahsning qanday mulkchilik shaklida tashkil topganini ahamiyati yoq. Ya'ni u ommaviy mulk 
shaklidagi davlat yuridik shahsimi yoki hususiy mulk shaklidagi hususiy yuridik shahsmi yoinki aralash mulk 
asosida tashkil topganmi farqi yoq.


45 
mumkin bo`lmagan, ya’ni fuqarolik muomalasidan chiqarilgan va muomalada 
bo`lishi taqiqlangan ashyolarni ham sotib olishi mumkinli bois uni chegarasini 
o`rnatish juda qiyin. Aksariyat holllarda turiga xos alomatlari bilan belgilanadi. 
Ammo qonun xususiy alomatlarga ega bo`lgan ashyolarni shartnoma predmeti 
bo`lishiga to`sqinlik qilmaydi. Ko`pincha shartnoma tuzish vaqtida mahsulot 
yetkazib beruvchi ushbu tovarga ega bo`lmaydi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling