Toshkent davlat yuridik universiteti


Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat 
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining huquqiy belgilari. 
9
Ushbu shartnoma ho'jalik shartnomasi hisoblanganligi tufayli bu munosabatlar O'zbekiston Respublikasining 
“Ho'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g;risida”gi qonuni bilan tartibga 
solinadi.


44 
Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun 
tovarlar yetkazib berish shartnomasi huquqiy belgilari oldi-sotdi shartnomasining 
umumiy qoidalarida belgilangan huquqiy belgilar bilan bir xil. Jumladan,
Birinchi huquqiy belgisi shartnoma ikki tomonlamaligi. Ya’ni shartnomada 
ishtirok etayotgan ikkala tarafda ham huquq, ham majburiyat yuzaga keladi.
Ikkinchi huquqiy belgisi shartnoma haq baravariga tuziladi.
Uchinchi huquqiy belgisi konsensual shartnomalar turiga kiradi. Ya’ni, 
taraflar o`zaro kelishgan va ular o`rtasidagi ushbu kelishuv qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda va shaklda rasmiylashtirilgan paytdan boshlab taraflarda 
huquq va majburiyatlar yuzaga keladi. 
Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat 
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining o`ziga xos 
hususiyatlari. 
1. Shartnoma predmeti bo`lgan tovar bilan birga unga bo`lgan mulkiy huquq 
ham sotuvchidan sotib oluvchi (davlat) ga o`tadi. 
2. Shartnomada sotuvchi sifatida faqat tadbirkor (yuridik va jismoniy shaxs) 
qatnashsa, sotib oluvchi sifatida esa tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat 
kontraktida davlat buyurtmachisi (O`zbekiston Respublikasi) va davlat ehtiyojlari 
uchun tovarlar yetkazib berish shartnomalari faqat davlat (shuningdek, maxsus 
vakolatli davlat tashkilot va muassalari) ishtirok etadi. 
3. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi mahsulot 
yetkazib berish shartnomasining bir turi bo`lib hisoblanadi. Sotuvchi ishlab 
chiqaradigan yoki sotib oladigan tovarlarni yetkazib berishi yuzasidan shartnoma 
tuzadi. 
4. Shartnoma asosan uzoq muddatga tuziladi.
5. Shartnoma ko`p hollarda tendir ya’ni tanlov asosida tuziladi. Bunda davlat 
organi davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish yuzasidan tanlov e’lon 
qiladi va tanlovda g’olib chiqqan shaxs bilan davlat kontrakti tuziladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling