Toshkent davlat yuridik universiteti
Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish tartibi
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish tartibi. Oldi-sotdi
shartnomalarini bekor bo’lishining umumiy asoslari FKning 455-moddasida mahsulot yetkazib berish shartnomasi xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlashtirildi. 41 Shunday qilib shartnomani bajarishdan bir tomonlama (to’liq yoki qisman) bosh tortishga taraflarning biri shartnomani jiddiy buzgan taqdirda yo’l qo’yiladi. Mahsulot yetkazib beruvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin: -tegishli darajada sifatli bo’lmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib bo’lmaydigan kamchiliklarga ega bo’lgan tovarlarni yetkazib berish; -tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish. Sotib oluvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin: -tovarlar haqini to’lash muddatlarini bir necha bor buzish; -tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik. Taraflarning kelishuvida mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish yoki uni bir tomonlama o’zgartirishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki o’zgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan yoki taraflar kelishuvida belgilanmagan bo’lsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan to’la yoki qisman bir taraflama bosh tortish to’g’risida bildirish xati olgan paytdan boshlab o’zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi. Shartnomani bekor qilish vaqtida zararni hisoblash hisoblash masalasi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar sotuvchi tomonidan majburiyat buzilganligi oqibatida shartnoma bekor qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotib oluvchi shartnomada nazarda tutilgan tovar o’rniga boshqa shaxsdan birmuncha yuqori, ammo oqilona bahoda tovar sotib olsa, sotib oluvchi sotuvchidan shartnomada belgilangan baho bilan uning o’rniga tuzilgan bitimdagi baho o’rtasidagi farqdan iborat zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Agar sotib oluvchi tomonidan majburiyat buzilganligi oqibatida shartnoma bekor qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotuvchi tovarni boshqa shaxsga shartnomada nazarda tutilganidan birmuncha pastroq, biroq oqilona bahoda sotgan bo’lsa, sotuvchi sotib oluvchidan shartnomada belgilangan baho bilan uning o’rniga tuzilgan bitimdagi baho o’rtasidagi farqdan iborat zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. Agar yuqoridagi asoslar bo’yicha shartnoma bekor qilinganidan keyin uning o’rniga boshqa bitim tuzilmagan va tovarning joriy bahosi mavjud bo’lsa, taraf shartnomada belgilangan baho bilan shartnoma bekor qilingan paytdagi joriy baho o’rtasidagi farqdan iborat zararni qoplash to’g’risida talab qo’yishi mumkin bo’ladi. Tovar topshirilishi lozim bo’lgan joyda odatda o’xshash sharoitlarda bir xil tovar uchun undiriladigan baho joriy baho deb e’tirof etiladi. Agar bu joyda joriy baho mavjud bo’lmasa, tovarni tashish xarajatlaridagi farqni hisobga olgan holda boshqa joydagi uning o’rnini bosa oladigan oqilona joriy bahodan foydalanadi. Bunday talablarni qondirish o’z majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tarafni boshqa tarafga etkazgan o’zga zararni qoplashdan ozod qilmaydi. (FKning 456-moddasi). Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling