Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

tartibi. Agar davlat kontraktida shartnoma loyihasini tayyorlashning boshqacha 
tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa yoki shartnoma loyihasi sotib oluvchi tomonidan 
taqdim qilingan bo`lmasa, mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) biriktirish 
to`g’risidagi bildirish xatida ko`rsatilgan sotib oluvchiga davlat buyurtmachisidan 
bildirish xati olingan vaqtdan boshlab, 30 kundan kechiktirmay davlat ehtiyojlari 
uchun tovar yetkazib berish shartnomasining loyihasini yo`llashi lozim.
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining loyihasini 
olgan taraf kechi bilan 30 muddatda uni imzolaydi va shartnomaning bir nusxasini 
ikkinchi tarafga qaytaradi, shartnoma shartlari bo`yicha kelishmovchiliklar 
bo`lganda esa xuddi shu muddatda kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va uni 
imzolangan shartnoma bilan birgalikda boshqa tarafga yuboradi.
Davlat 
ehtiyojlari 
uchun 
tovarlar 
yetkazib 
berish 
shartnomasini 
kelishmovchiliklar 
bayonnomasi 
bilan 
olgan 
taraf 
30 
kun 
ichida 
kelishmovchiliklarni ko`rib chiqishi, shartnoma shartlarini boshqa taraf bilan 
muvofiqlashtirish choralarini ko`rishi va unga shartnomani kelishilgan tahrirda 
qabul qilishi yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishi haqida xabar berishi 
lozim. Manfaatdor taraf hal qilinmagan kelishmovchiliklarni 30 kunlik muddatda 
sud muhokamasiga topshirishi mumkin. 
Agar mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) davlat ehtiyojlari uchun tovarlar 
yetkazib berish shartnomasini tuzishdan bosh tortsa, sotib oluvchi mahsulot 
yetkazib beruvchi (ijrochi)ni sotib oluvchi ishlab chiqqan shartnoma loyihasi 
shartlarida shartnoma tuzishga majbur qilish haqidagi talab bilan sudga murojaat 
qilish huquqiga ega (462-modda)
Yuqoridagi solishtiruvdan ko`rinib turibdiki qonunshunos muddatlarni 
belgilashda juda qulay va to`g’ri echimga kelgan. Ya’ni shartnomani tuzish, e’tiroz 
bildirish, bekor qilish va zararlarni undirishga oid talablarni qo`yish uchun 30 
kunlik muddatlarni belgilagan. Umuman olganda tovarlar yetkazib berish 
to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish 
shartnomasini tuzish tartibining bir biridan farqi yo`q. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling