49
beruvchining bunday bosh tortishi tufayli sotib oluvchiga etkazilgan zarar davlat
buyurtmachisi tomonidan qoplanadi (464-modda).
Tovarlar yetkazib berish to`g’risidagi davlat kontrakti va davlat
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini bekor qilish tartibi.
Sotib oluvchi biriktirish haqidagi bildirish xatida ko`rsatilgan
tovarlardan
hamda ularni yetkazib berish shartnomasini tuzishdan to`liq yoki qisman bosh
tortish huquqiga ega. Bunday holda mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) bu haqda
darhol davlat buyurtmachisiga ma’lum qilishi lozim va davlat buyurtmachisidan
boshqa sotib oluvchini o`ziga biriktirish to`g’risida bildirish
xati berishni talab
qilish huquqiga ega.
Davlat buyurtmachisi mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ning bildirish
xatini olgan kundan boshlab kechi bilan 30 kun ichida yo mahsulot yetkazib
beruvchi (ijrochi)ga boshqa sotib oluvchini biriktirish to`g’risida
bildirish xati
beradi, yoki mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ga tovarlarni kim olishi
ko`rsatilgan jo`natish raznaryadkasini yuboradi, yoxud
tovarlarni qabul qilish va
haqini to`lashga roziligini xabar qiladi.
Davlat buyurtmachisi ushbu majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, mahsulot
yetkazib beruvchi (ijrochi) yo davlat buyurtmachisidan tovarlarni qabul qilish va
haqini to`lashni
talab qilish, yoki tovarlarni o`z ixtiyori bilan realizastiya qilib,
tovarlarni realizastiya qilish bilan bog’liq oqilona xarajatlarni davlat buyurtma-
chisiga yuklash huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: