Toshkent davlat yuridik universiteti
Oldi-sotdi shartnomasi shartlarini buzganlik uchun
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
1.7. Oldi-sotdi shartnomasi shartlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarlik holatlari Oldi-sotdi shartnomasida qatnashuvchi har ikkala taraf qonun yoki shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgardir. Sotuvchi quyidagi holatlarda xaridor oldida javobgardir: a) sotilgan tovarni topshirmasa yoki topshirishni kechiktirsa; b) sotilayotgan tovarda uchinchi shaxslarning huquqlari mavjudligi haqida xaridorni ogohlantirmasa; v) sotilayotgan tovar miqdori, assortimenti haqidagi shartlarni buzsa yoki sifatsiz tovar sotsa. Sotib oluvchi ham o`z navbatida sotuvchi oldida quyidagi hollarda javobgar bo`ladi: a) sotilgan tovar uchun haqni to`lamasa yoki to`lashni kechiktirsa; b) sotilgan tovarni o`z vaqtida qabul qilib olmasa yoxud qabul qilib olishni kechiktirsa. Taraflar yuqoridagi holatlardan biri sodir bo`lishiga yo`l qo`ygan hollarda ularga nisbatan fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralari qo`llanadi. Bunday choralar majburiyatni bajarish va zararlarni qoplash, shartnomadan bir tomonlama bosh tortish va zararlarni qoplash ko`rinishida bo`lishi mumkin. Umumiy qoida bo`yicha sotuvchi xaridorga sotilayotgan tovarning kamchiliklari haqida ogohlantirmogi lozim. 21 Sotilgan tovardagi kamchiliklar uchun sotuvchining qay hollarda javobgar bo`lishi hujjatlarda belgilab qo`yilgan. Bozor munosabatlari tizimi xaridor – iste’molchini alohida huquqiy maqomga ko`tardi. Sotilayotgan tovarlar sifati lozim darajada bo`lishi uchun sotuvchi xaridor oldida mas’uldir. O`zbekistan Respublikasining “Standartlashtirish to`g’risida”gi, “Metrologiya to`g’risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g’risida”gi ‘Iste’molchilarning huquqlarini ximoya qilish to`g’risida”gi qonunlarida bunday huquqiy asoslar o`z ifodasini topgan. Sotuvchi sotib oluvchiga sifati oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarni topshirishi shart. Bunday shartlar shartnomada ko`rsatilmaganida esa tovar sifati belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo`lishi lozim. Tovar namunasi bo`yicha yoki ta’rifi bo`yicha (reklama bo`yicha) sotilganda tovar sifati namuna yoki ta’rifga mos kelishi lozim. Agarda qonunda belgilangan tartibga muvofiq sotilayotgan tovar sifatiga nisbatan majburiy talablar nazarda tutilgan bo`lsa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan sotuvchi xaridorga ushbu majburiy talablarga javob beradigan tovarni topshirishi shart (masalan, poliz mahsulotlari laboratoriya tekshiruvidan o`tgan bo`lishi lozim), oziq-ovqat mahsulotlari albatta muvofiqlik sertifikatiga ega bo`lishi lozim. Tovarlarning sifati talab darajasida bo`lishi me’zonlari bo`lib tovarning kafolat muddati va tovarning yaroqlilik muddati hisoblanadi. Tovar sifatining kafolati uning mavjud talablariga javob berishi va oqilona muddat davomida belgilangan maqsadlar uchun yaroqli bo`lishini anglatadi. Umumiy qoida bo`yicha kafolat muddati tovar xaridorga topshirilgan paytdan o`ta boshlaydi. Agar xaridor sotuvchiga bog’liq bo`lgan holatlar tufayli (masalan, yo`riqnomani yoki texnik pasportni topshirmagani sababli) tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo`lsa, kafolat muddati o`tishi to`xtab turadi. Tovar (butlovchi buyum) almashtirilganda kafolat muddati yangidan o`ta boshlaydi (FKning 404-moddasi). Qonun hujjatlarida, shu jumladan, davlat standartlarida tovar o`z vazifasi bo`yicha foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi, deb hisoblanadigan vaqt (yaroqlilik muddati) belgilanishi mumkin. Tovarning yaroqlilik muddati tovar tayyorlangan kundan boshlab foydalanish uchun yaroqli bo`lgan davr bilan yoki tovar foydalanish uchun yaroqliligi aniqlanadigan son bilan belgilanadi. Yaroqlilik muddati tugagan tovardan foydalanish inson hayoti, sog’lig’i uchun xavf tug’diradi. Shu sababli ham bunday tovarlarni sotishga yo`l qo`yilmaydi. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada tovarning sifatini tekshirish nazarda tutilgan bo`lsa, tekshirish ularda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi, davlat standartlarida, texnik shartlarda va sh.k.da majburiy talablar belgilangan bo`lsa, tovar sifati ulardagi ko`rsatmalarga muvofiq ravishda tekshirilishi lozim. Tekshirish sotuvchi tomonidan ham xaridor tomonidan ham, shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan ham o`tkazilishi mumkin, biroq bunda tekshirish shartlari o`zgarmasligi lozim. Ko`p hollarda tovarlar sifatini tekshirish maxsus tuzilmalar - tovar-ekspertiza 22 muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish, ya’ni ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash, guvohlantirishga oid faoliyat bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar tizimi mavjud. Bozorga sotish uchun chiqarilgan tovarlar «muvofiqlik sertifikati» (tovarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat), «muvofiqlik belgisi» (muayyan tovar aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko`rsatish uchun tovarga doir hujjatga qo`yiladigan, belgilangan tartibda ro`yxatga olingan belgi)ga ega ekanliklari ularning sifati maxsus tekshiruvdan o`tganligini bildiradi. Sertifikatlashtirish shart bo`lgan to- varlar ro`yxatini O`zbekistan Respublikasi Hukumati tasdiqlaydi. Odatda bunday tovarlar odamlarning sog’lig’i, hayoti, yuridik va jismoniy shaxslarning mol- mulkiga hamda atrof-muhitga zarar etkazishi mumkin bo`lgan mahsulotlar hisoblanadi. Majburiy sertifikatlashtirilishi shart bo`lgan tovarlarni sertifikatlashtirish o`tkazmasdan turib sotish man qilinadi. Qonun ixtiyoriy sertifi- katlashtirishni ham nazarda tutadi. Har qanday tovar tegishli talablarga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxslar tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirilishi mumkin. Sertifikatlashtirish tizimi sifatsiz tovarlarni sotuvga chiqarishning oldini oluvchi muhim tashkiliy-huquqiy vositadir. Agar tovarning kamchiliklari sotuvchi tomonidan ma’lum qilinmagan bo`lsa, tegishli darajada sifatli bo`lmagan tovar topshirgan sotuvchi sotib oluvchining xohishiga ko`ra: xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo`lgan tovarga almashtirishi; xarid narxini tegishlicha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo`lgan tovarga almashtirishi; tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishi yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlarni qoplashi; xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishi; ko`rilgan zarar o`rnini qoplashi lozim (FKning 434-moddasi). Shu bilan birga, sotib oluvchi tomon shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ham egadir. Tovar uchun to`langan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtida sotuvchi undan tovardan to`liq yoki qisman foydalanganligi, tovar ko`rinishi yo`qolganligi yoki boshqa shunga o`xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo`lsa, shuncha summani chegirib qolishga haqli emas. Xaridorga sifati lozim darajada bo`lmagan tovar sotilganida uning sotuvchiga nisbatan qanday talablar qo`yishga haqli ekanligi, ya’ni yuqorida ko`rsatilgan huquqlar alternativ xarakterga ega bo`lib, xaridor ulardan o`zi uchun ma’qulini tanlaydi. Xaridor tovardagi kamchiliklar tovar unga topshirilgunga qadar paydo bo`lganligi yoki shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli vujudga kelganligini isbotlab berishi lozim. Sotuvchi tovardagi nuqson yoki kamchiliklar quyidagi holatlar sababli yuz berganligini isbotlab bera olsa, javobgarlikdan ozod bo`ladi: 23 sotib oluvchi tovardan foydalanish yoki saqlash qoidalarini buzganligi sababli; uchinchi shaxslar harakati tufayli; oldini olib bo`lmaydigan kuch ta’sirida (FKning 409-moddasi). Qonunda topshirilgan tovarning kamchiliklarini aniqlash muddatlari ham belgilab qo`yilgan. Kamchilik yoki nuqson ushbu muddatlar davomida aniqlansa, xaridor tegishli talab bilan sotuvchiga da’vo qilishga haqli bo`ladi. Bular: qonunda yoki oldi-sotdi shartnomasida belgilab qo`yilgan yoxud kafolat muddati bilan yoki tovarning yaroqlilik muddati bilan belgilanadi. Kamchiliklar oqilona muddatda, biroq tovar sotib oluvchiga topshirilgan kundan boshlab ikki yil davomida aniqlanganida ham (agar yuqoridagi muddatlar belgilanmagan bo`lsa) xaridor sotuvchiga talab qo`yishga haqli. Tovarning kamchiliklari xaridor tomonidan kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati tugaganidan keyin aniqlangan hollarda, xaridor bu kamchiliklar tovar unga topshirilgunga qadar paydo bo`lganligini yoki shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli paydo bo`lganligini isbot qilib bergan hollarda javobgarlik sotuvchi zimmasiga yuklanadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling