Toshkent davlat yuridik universiteti


 Oldi-sotdi shartnomasida taraflar


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
1.4. Oldi-sotdi shartnomasida taraflar 
Oldi-sotdi shartnomasida taraflar sotuvchi va xaridor hisoblanadi. Bunda 
taraflar sifatida fuqarolar va yuridik shaxslar qatnashishi mumkin. Ayni vaqtda 
muayyan hollarda shartnomada taraf sifatida davlat ham ishtirok etishi mumkin. 
Oldi-sotdi 
shartnomasi 
yuqorida 
ko`rsatilgan 
subyektlar 
o`rtasida, 
shuningdek, o`zaro tuzilishi mumkin. Shartnomada taraf sifatida fuqaro 
qatnashganda u muomala layoqatiga ega bo`lishi shart. Binobarin, voyaga yetgan, 
ya’ni 18 yoshga to`lgan va qonunda belgilangan tartibda muomala layoqati 
cheklanmagan har qanday shaxs shartnomada taraf sifatida ishtirok eta oladi. Ayni 
vaqtda, qonun muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz 
fuqarolarning ham oldi-sotdi shartnomasida taraf sifatida qatnashish holatlarini 
nazarda tutadi. Masalan, olti yoshdan o`n to`rt yoshgacha bo`lgan kichik yoshdagi 
bolalar mayda maishiy bitimlar tuzishga, masalan, kichik summada tovarlar sotish 
yoki sotib olishga (muzqaymoq, chanqovbosdi ichimliklar, qalam, daftar, havo 
sharlari va sh.k) haqli (FKning 29-moddasi 2-qismi 1-bandi). O`n to`rt yoshdan 
o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan voyaga yetmaganlar o`z ish haqi, stipendiyasi va 
boshqa daromadlari hisobiga tovarlar sotib olish yoxud ularni sotishga haqli 
(FKning 27-moddasi 2-qismi 1-bandi). 
FKning 22-moddasi, 2-qismi va 28-moddada belgilangan tartibda to`la 
muomala layoqatiga ega bo`lgan voyaga yetmaganlar ham oldi-sotdi 
shartnomasida summasidan qati nazar, to`la huquqli taraf sifatida qatnasha oladilar. 
Spirtli ichimliklar yoxud narkotik moddalar suiiste’mol qilganligi sababli muomala 
layoqati cheklangan shaxslar ham mustaqil ravishda mayda maishiy bitimlar tuza 
oladilar (FKning 31-moddasi). Bunday shaxslar, shuningdek, o`n to`rt yoshdan o`n 
sakkiz yoshgacha bo`lgan voyaga yetmaganlar yirik summadagi oldi-sotdi 
shartnomalarini faqat homiysi, ota-onalari yoki farzandlikka oluvchilar roziligi 
bilangina tuza oladilar. 
Har xil tashkiliy tuzilmalar oldi-sotdi shartnomasida taraf bo`lishlari uchun 
quyidagi ikki talabga javob berishlari shart: birinchidan, bunday tuzilmalar yuridik 


14 
shaxs maqomiga ega bo`lishlari va ikkinchidan, ular tuzayotgan oldi-sotdi 
shartnomasi ularning ta’sis hujjatlariga zid bo`lmasligi lozim. 
Odatda shartnomada sotuvchi sifatida qatnashayotgan shaxsga sotilayotgan 
ashyo mulk huquqi asosida tegishli bo`ladi, biroq ayrim hollarda sotuvchi 
sotilayotgan tovarning mulkdori bo`lmasligi ham mumkin. U holda sotuvchining 
tovarni sotishga bo`lgan huquqi qonun yoki shartnoma asosida vujudga kelgan 
bo`lishi lozim (masalan, davlat korxonasi tomonidan unga xo`jalik yuritish huquqi 
asosida biriktirib qo`yilgan tovarni sotishi yoxud vositachilik (komission) 
do`konlarida tovarlarni sotish). 
Qonunda bir necha subyektga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan 
ashyolarni sotishning alohida tartibi belgilangan. Mulkdorlardan biri o`z ulushini 
boshqa shaxsga sotgan vaqtda qolgan sheriklari sotilayotgan ulushni u sotiladigan 
narxda va boshqa teng shartlarda imtiyozli sotib olish huquqiga ega, kim oshdi 
savdosi orqali sotish hollari bundan mustasno (FKning 224-moddasi). Er-xotinga 
birgalikdagi umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan, nikoh davomida 
orttirilgan mol-mulk ham har ikkalasining roziligi asosida sotiladi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling