Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Tutashtirilgan tarmoq - energiyadan xavfsiz foydalanishni ta’minlashga 
qaratilgan energiya uzatishni amalga oshirish uchun mo`ljallangan texnik 
qurilmalar tizimi;
Xayr-ehson hadyaning bir ko`rinishi bo`lib, bunda qilinadigan hadya 
umumfoydali maqsadlarga xizmat qilishi bilan xarakterlidir. 
Xizmat ko`rsatish xavfsizligi - ijrochi tomonidan uni ko`rsatish tartib 
taomiliga rioya etish va kelgusida vujudga kelishi mumkin bo`lgan salbiy oqibatlar 
va xavf xatarning oldini olish bilan bog’liq yaxlit chora – tadbirlar majmui. 
Xizmatlar - moddiy tusga ega bo`lmagan ammo foydali xususiyatga ega 
bo`lgan faoliyatning barcha turlari.
Xizmatlar sifati - xizmatlar iste’molchisining belgilangan yoxud taxmin 
qilinayotgan ehtiyojini qondirish layoqatini aniqlashga qaratilgan xususiyatlarining 
majmui. 
Xizmatni shaxsan ko`rsatish - basharti haq evaziga xizmat ko`rsatish 
shartnomasida boshqa ko`rsatmalar bo`lmasa ijrochi tomonidan xizmatni shaxsan 
o`zi ko`rsatishidir. Xizmat xaqi buyurtmachi tomonidan ijrochiga to`lanadigan 
xizmatlar bahosi. 
Hadya shartnomasiga ko`ra bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya 
oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud 
unga o`ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabini) beradi yo berish 
majburiyatini oladi yoxud uni o`zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy 
majburiyatdan ozod qiladi yoyinki ozod qilish majburiyatini oladi. 
Hadyaning mohiyati shundaki, bunda mulk tekin topshiriladi, ya’ni hadya 
qiluvchining tasarrufida bo`lgan ashyo hadya oluvchiga mol-mulk qilib o`tkaziladi. 
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi - ashyoviy shaklda bo`lmagan 



xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga 
oshirish) bo`yicha tuziladigan fuqarolik huquqiy shartnoma. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling