Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyurtmachi
- Ishning bahosi
- Ko`chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi
- Qurilish pudrati shartnomasi
GLOSSARIY
Ayirboshlash shartnomasiga ko`ra shartnomada qatnashuvchi har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yo`li bilan mulk qilib topshiradi. Axborot xizmatlari - muayyan subyektlar tomonidan foydalanuvchilarni axborot bilan ta’minlash xizmatini ko`rsatish turi. Bosh pudratchi - ishning barcha qismlarini shaxsan bajarishni o`z zimmasiga olgan shaxs. Buyurtmachi - pudrat shartnomasi shartlariga asosan ish bo`yicha topshiriq beruvchi shaxs. Yordamchi pudratchi - pudratchi majburiyatlarining bir qismini bajarishni zimmasiga olgan shaxs. Yo`lovchi tashish shartnomasi bo`yicha tashuvchi yo`lovchini, yo`lovchi bagaj topshirgan bo`lsa – bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Bunda yo`lovchi belgilangan yo`l haqini, bagaj topshirgan bo`lsa, bagaj tashish haqini ham to`lash majburiyatini oladi (FK, 710-modda). Ishning bahosi - pudratchining chiqimlari va unga to`lanadigan haq miqdori. Ishning sifati - shartnoma shartlariga, shartlar bo`lmaganida yoki to`liq bo`lmaganida esa, odatda tegishli turdagi ishlarga qo`yiladigan talablar yig’indisi. Ko`chmas mulk – yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko`p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog’langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o`zgartirish mumkin bo`lmaydigan obyektlar. Ko`chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi – sotuvchi va sotib oluvchi o`rtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabat bo`lib, unga ko`ra yer uchastkasi, bino, inshoot, kvartira yoki boshqa ko`chmas mulk sotib oluvchiga mulk qilib topshiriladi, sotib oluvchi buning uchun sotuvchiga tegishli haqni to`laydi. Qurilish pudrati shartnomasi - korxonani, binoni (jumladan, uy-joy binosini) inshoatni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida shuningdek montaj, sozlash ishga tushurish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog’liq bo`lgan boshqa ishlarni bajarish bo`yicha tuziladigan fuqarolik huquqiy shartnoma. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling