Toshkent davlat yuridik universiteti


Qurilishni konservastiya qilish


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Qurilishni konservastiya qilish - qurilishning taraflarga bog’liq bo`ladigan 
sabablarga to`xtatib turilishi. 
Loyiha smeta hujjatlari - qurilish va u bilan bog’liq bo`lgan ishlarni, 
ishning hajmi, mazmuni va ularga qo`yiladigan boshqa talablarni belgilaydigan 
hujjat. 
Maishiy pudrat shartnomasi - maishiy yoxud ma’lum ishlarni bajarishga 
qaratilgan pudrat shartnomasining alohida turi. 
Mexmonxona xizmatini ko`rsatuvchi ijrochi - mehmonxona xizmatlarini 
taqdim etuvchi yuridik va jismoniy shaxslar. 
Pudrat shartnomasi - ma’lum bir ishni bajarish uchun tuziladigan fuqarolik 



huquqiy shartnoma. 
Pudrat shartnomasining predmeti - moddiy ko`rinishga ega bo`lgan 
ashyoni yaratish yoki ta’mirlash yoxud ishni natijasi. 
Pudratchi - ishni bajaruvchi shaxs. 
Rieltorlik faoliyati – yuridik va jismoniy shaxslarning ko`chmas mulk 
obyektlari va ularga bo`lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog’liq 
xizmatlarni shartnoma asosida ko`rsatish bo`yicha tadbirkorlik faoliyati. Rieltorlik 
xizmatlari: ko`chmas mulk obyektlari va ularga bo`lgan huquqlarga doir bitimlarni 
tuzish chog’idagi vositachilik; ko`chmas mulk obyektlari va ularga bo`lgan 
huquqlarning savdosini tashkil etish; ko`chmas mulk obyektlarini ishonchli 
boshqarish; ko`chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari. 
Sayyohlik xizmatlari - sayyohlik faoliyati subyektlarini joylashtirish
ovqatlantirish, transport, axborot, reklama xizmatlarini ko`rsatish borasidagi
shuningdek sayyohlik ehtiyojini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlar.
Subabonent — energiya bilan ta’minlovchi tashkilot roziligi bilan 
iste’molchining tarmoqlariga bevosita ulangan va iste’molchi bilan energiya 
ta’minoti yuzasidan shartnoma tuzgan iste’molchi. 
Tibbiy xizmat - davlat yoki xususiy amaliyot bilan shug’ullanadigan 
shaxslar tomonidan ko`rsatiladigan tekin yoki haq evaziga ko`rsatiladigan 
xizmatlar tizimi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling