Toshkent davlat yuridik universiteti
Energetika — energiya hosil qilish, uzatish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilish sohasi; Energiya
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Energiya iste’molchisi (iste’molchi)
- Yuk tashish shartnomasi
- Yuridik xizmat
- 1.1. Oldi-sotdi shartnomasi, uning tushunchasi, belgilari va turlari
Energetika — energiya hosil qilish, uzatish, taqsimlash, sotish va iste’mol
qilish sohasi; Energiya — bir vaqtning o`zida hosil qilinishi va iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida turdagi tovar; Energiya iste’molining shartnomadagi miqdori — tegishli hisob-kitob davrida iste’molchi tomonidan iste’mol qilinadigan energiyaning energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi o`rtasidagi shartnomada belgilangan miqdori; Energiya iste’molchisi (iste’molchi) — energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; Energiya sifati — energiya parametrlarining davlat standartlari bo`yicha belgilangan talablarga muvofiqligi; Energiya ta’minoti tashkiloti — tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida energiyani taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; Yuk tashish shartnomasi bo`yicha yuk tashuvchi jo`natuvchi tomonidan o`ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo`natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to`lash majburiyatini oladi. Yuridik xizmat - haq evaziga huquqiy xizmat ko`rsatish turi. 10 29-bob. OLDI-SOTDI SHARTNOMASI 1-§. OLDI-SOTDI SHARTNOMASI TO`G’RISIDA UMUMIY QOIDALAR 1.1. Oldi-sotdi shartnomasi, uning tushunchasi, belgilari va turlari Oldi-sotdi insoniyat tomonidan eng qadim zamonlardan buyon qo`llanib kelayotgan shartnomalardan biri hisoblanadi. Jamiyatda tovar-pul munosabatlari qaror topishi bilan turli kasb-hunar kishilari oldi-sotdi shartnomasi orqali boshqa kasb-hunar kishilari mehnati mahsulotlarini sotib olib, iste’mol qilish va ayni vaqtda, o`z mehnatlari mahsulotlarini sotish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Oldi-sotdi shartnomasi bo`yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va buning uchun belgilangan pul summasini (bahosini) to`lash majburiyatini oladi (FKning 386-moddasi, 1-qismi). Oldi-sotdi shartnomasi o`z huquqiy tabiati bo`yicha mol-mulkka nisbatan mulk huquqi yoxud mulkiy huquqlarni bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tkazish bo`yicha majburiyatlar turkumiga kiradi. Ayni vaqtda ushbu shartnomani boshqa o`xshash shartnomalardan ajratib turuvchi huquqiy belgilari mavjud bo`lib, unga quyidagilar kiradi: Birinchidan, oldi-sotdi shartnomasi haq baravariga tuziladigan (pulli) shartnoma hisoblanadi. Bunda har doim sotuvchi topshiradigan mol-mulk (tovar) evaziga sotib oluvchi muayyan miqdorda pul (so`m, valyuta) bilan belgilangan haq to`laydi. Ikkinchidan, oldi-sotdi shartnomasi konsensual shartnomalar guruhiga mansub. Boshqacha aytganda, bu shartnoma bo`yicha taraflar o`rtasidagi huquq va majburiyatlar shartnomaning barcha muhim shartlari to`g’risida o`zaro kelishilgan va shartnoma tegishli shaklda rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi. Uchinchidan, shartnoma munosabatlari tarkibiga ko`ra, u ikki tomonlama shartnoma bo`lib hisoblanadi. Yuqorida Fuqarolik kodeksida mustahkamlab qo`yilgan shartnomaga berilgan ta’rifdan ham ko`rinib turibdiki, ushbu shartnomada ikki taraf - sotuvchi va sotib oluvchi qatnashadi va har ikkala taraf ma’lum huquq va majburiyatlarga ega buladi: sotuvchi ashyoni topshirish burchini va buning uchun haq olish huquqini oladi, oluvchi esa ashyo (tovar) qiymatini to`lashi lozim va sotilgan ashyoning o`ziga topshirilishini talab qilish huquqini oladi. Ayni vaqtda shuni ta’kidlab o`tish lozimki, oldi-sotdi shartnomasi bo`yicha sotilgan ashyo (tovar)ga nisbatan mulk huquq sotuvchidan sotib oluvchiga o`tadi va bu holat shartnomaning eng asosiy belgisi bo`lib hisoblanadi. Bunda tovarlar muomalasida bevosita tovar egalari, ya’ni bu tovarlarni tasarruf qilishga haqli bo`lgan shaxslar ishtirok etadilar. Bozor munosabatlari tizimida oldi-sotdi shartnomasi xo`jalik yurituvchi turli subyektlar o`rtasida munosabatlarni rasmiylashtirishning eng muhim va asosiy huquqiy vositalaridan bo`lib hisoblanadi. Ayni vaqtda, u kishilarning kundalik turmushida ham eng ko`p qo`llaniladigan shartnoma sifatida e’tirof etiladi. Oldi-sotdi shartnomasi savdo munosabatlarining xususiyatlariga va 11 shakllariga qarab, bir necha turlarga bo`linadi: ulgurji savdo; chakana savdo; kim oshdi savdosi; nasiyaga tovarlarni sotish va h.k. Shartnoma predmeti bo`yicha esa u turar-joylarning, korxonaning, ko`chmas mulkning, qimmatli qog’ozlarning oldi- sotdi shartnomalari, mahsulot yetkazib berish, kontraktastiya, energiya ta’minoti va sh.k. shartnomalarga bo`linadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling