Toshkent davlat yuridik universiteti
Ishning natijalari va uni qabul qilmaslik huquqiy oqibatlari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Ishning natijalari va uni qabul qilmaslik huquqiy oqibatlari. Agar
maishiy pudrat shartnomasi bo`yicha ish pudratchining materialidan foydalanib bajarilsa, buyurtmachi material haqining hammasini shartnoma tuzish vaqtida to`laydi yoki uning shartnomada ko`rsatilgan qismi to`lanib, pudratchi bajargan ishni buyurtmachi qabul qilib olayotganida to`la hisob-kitob qilinadi. Maishiy pudrat shartnomasiga binoan material pudratchi tomonidan nasiyaga berilishi, shu jumladan buyurtmachi tomonidan materialning haqini bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan ham berilishi mumkin. Pudratchi tomonidan berilgan material bahosining maishiy pudrat shartnomasi tuzilganidan so`ng o`zgarishi qayta hisob-kitob qilishga sabab bo`lmaydi. Agar maishiy pudrat shartnomasi bo`yicha ish buyurtmachining materialidan foydalanib bajarilsa, shartnoma tuzilayotganda buyurtmachiga pudratchi tomonidan beriladigan pattada yoki boshqa hujjatda materialning aniq nomi, ta’rifi va taraflarning kelishuvi bo`yicha belgilanadigan bahosi ko`rsatilishi kerak. Patta yoki shunga o`xshash boshqa hujjatdagi materialning bahosi xususida buyurtmachi keyinchalik sudda nizolashishi mumkin. Masalan, maishiy pudrat shartnomasi bo`yicha pudratchi materialining bahosi va bajarilgan ishining haqi to`lov hujjatida alohida qilib ko`rsatilishi lozim. Chunki, materialning bahosi bozor narxida, kiyimning bahosi esa taraflarning kelishuviga ko`ra, preyskurant narxda belgilanishi mumkin. Maishiy pudrat shartnomasida ishning bahosi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi va u pudratchi e’lon qilgan preyskurantda ko`rsatilganidan yuqori bo`lishi mumkin emas. Pudratchi ishni butunlay topshirganidan so`ng buyurtmachi unga haq to`laydi. Taraflarning kelishuviga muvofiq buyurtmachi shartnoma tuzilayotganda ish uchun haqni to`liq yoki bo`nak berish yo`li bilan to`lashi mumkin. Buyurtmachi ish natijasini qabul qilib olayotgan yoki pudrat narsasidan foydalanayotgan paytda kamchiliklarni aniqlasa, umumiy muddat davomida, kafolat muddati bo`lganida esa, shu muddat davomida amalga oshirishi mumkin. Maishiy pudrat shartnomasi bo`yicha bajarilgan ishning buyurtmachining o`zi va boshqa shaxslar hayotiga yoki sog’lig’iga xavf tug’dirishi mumkin bo`lgan kamchiliklarini tekin bartaraf etish to`g’risidagi talab, agar qonunda belgilangan tartibda uzoqroq muddat (xizmat muddati) nazarda tutilgan bo`lmasa, buyurtmachi yoki uning qonuniy vorisi tomonidan ish natijasi qabul qilib olingan paytdan boshlab o`n yil davomida qo`yilishi mumkin. Bunday talab ushbu kamchiliklar qachon aniqlanganligidan qat’i nazar, shu jumladan ular kafolat muddati tugagandan so`ng aniqlangan bo`lsa ham, qo`yilishi mumkin. Mazkur talab pudratchi tomonidan bajarilmasa, buyurtmachi yuqorida ko`rsatilgan muddat davomida yo ish uchun to`langan haqning tegishli qismini qaytarishni yoxud o`z 200 kuchi bilan yoki uchinchi shaxslar yordamida kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog’liq xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli. Pudratchi maishiy pudrat shartnomasi bo`yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda zararni qoplash va neustoyka to`lash pudratchini majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi. Shartnomani o`zgartirish va bekor qilish pudrat to`g’risidagi umumiy qoidalar, shartnoma to`g’risidagi, majburiyatlarning umumiy qoidalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling