Toshkent davlat yuridik universiteti
§ Qurilish pudrati shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3§ Qurilish pudrati shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari
Pudrat tizimida qurilish pudrati shartnomasi muhim o`rin tutadi. Fuqarolik kodeksining 666-moddasiga ko`ra, qurilish pudrati shartnomasi bo`yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig’i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to`lash majburiyatini oladi. Qurilish pudrati shartnomasi konsensual, haq baravariga va ikki tomonlama shartnoma turkumiga kiradi. Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni, inshootni bir obyektni qurish yoki qayta qurish, shuningdek, montaj, sozlash, ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog’liq bo`lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuzilishi mumkin. Qurilish pudrati shartnomasining bir qator turlari mavjud. Xususan, yakka tartibda uy-joy qurish uchun tuziladigan qurilish pudrati shartnomasi; davlat ehtiyojlari uchun qurilish pudrati shartnomasi va boshqalar. Taraflar. Shartnomada taraflar sifatida buyurtmachi va pudratchi ishtirok etadi. Buyurtmachi sifatida har qanday jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Shartnomada pudratchi sifatida maxsus litsenziya olgan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar qatnashadi. Qurilish pudrati shartnomasi odatda yozma shaklda tuziladi. Taraflar shartnomani o`zaro kelishib olishganidan so`nguni imzolaydilar. Belgilangan shakl rioya etib tuzilgan shartnoma uning taraflari uchun majburiy bo`lib hisoblanadi. Masalan, qurilish pudrati shartnomasi bo`yicha taraflar mazkur shartnomaning namunaviy shartlari yoki taraflar o`zlari erkin belgilagan shartlar asosida bunday shartnomani tuzishlari mumkin. O`zaro imzo qo`yib tasdiqlangan shartnoma uning taraflari uchun tegishli huquqiy oqibatni keltirib chiqaradi. Buyurtmachi bilan bosh pudratchi qurilishning barcha hajmi yuzasidan umumiy pudrat shartnomasi tuzadilar. FKning 631-moddasiga ko`ra, bosh pudratchi shartnomada ko`rsatilgan barcha qurilish ishlarini bajarish uchun javobgarlikni o`z zimmasiga oladi. Agar qurilish ishlarini bajarish bir yildan oshiq muddatni o`z ichiga oladigan bo`lsa, buyurtmachi va pudratchi umumiy pudrat shartnomasi bilan bir qatorda, yillik pudrat shartnomasini ham tuzadi. Yillik pudrat shartnomasida ma’lum xo`jalik yilida bajariladigan qurilish ishlarining bajarilish shartlari ko`rsatilgan bo`ladi. Zarurat tug’ilganda maxsus qurilish-montaj ishlari bosh pudratchi bilan yordamchi pudratchi (pudratchidan ishni pudratga oluvchi) 201 bo`lgan ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari o`rtasida tuziladigan yordamchi pudratchi qurilish tashkilotlari o`rtasida tuziladigan bevosita shartnomaga muvofiq, mazkur ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlarining ko`chi biln bajarilishi kelishilgan bo`lishi mumkin. Masalan, pudratchi bino qurilishini o`z hisobidan sug’urtalash uchun tijorat tashkiloti hisoblangan va qurilish ishlarini sug’urtasini amalga oshirishga litsenziyasi bo`lgan yuridik shaxslar bilan sug’urta shartnomasi (loyiha smeta hujjatlarini)ni tuzishlari mumkin. Pudrat obyektining tasodifan nobud bo`lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi pudratchi zimmasidagi bo`lganligi sababli qurilish obyektini sug’urtalash pudratchining manfaatlariga ham to`liq mos keladi. FKning 667-moddasiga muvofiq, topshirilmagan pudrat obyektining nobud bo`lishi yoki shikastlanishi xavfi pudratchi zimmasida bo`ladi. Shuningdek, pudrat obyektida bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun ham pudratchi javobgar bo`ladi. Shuning uchun qurilishi pudrati shartnomasida taraflar boshqacha tartib va shartlar qo`ygan bo`lmasalar shartnomada nazarda tutilgan obyektni yoki ishlar majmuini pudratchi o`z hisobidan sug’urtalashi shart. Sug’urtalash majburiyati yuklatilgan taraf qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan tartibda ikkinchi tarafga shartnoma shartlariga muvofiq sug’urta shartnomasi tuzganini tasdiqlovchi dalillarni, shu jumladan sug’urta qiluvchi, sug’urta summasi miqdori va sug’urtalangan tavakkalchiliklar to`g’risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak. Sug’urtalash tegishli tarafni sug’urta hodisasi yuz berishining oldini olish chora- tadbirlarini ko`rish majburiyatidan ozod qilmaydi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling