Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar: 1. Pudrat shartnomasining fuqarolik huquqiy shartnomalar tizimida tutgan o`rnini izohlang. Pudrat shartnomasi huquqiy tabiatining o`ziga xos xususiyatlarini muhokama eting. 2. Maishiy pudrat shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilarini yoritib bering. Shartnoma bo`yicha buyurtmachi va pudratchi huquqlarining kafolatlarini va ular javobgarligini sud amaliyoti misollari asosida muhokama qiling. 3. Qurilish pudrati shartnomasini amaliyotda qo`llash doirasi tobora kengayib bormoqda. Shu bois uni tuzish tartibi, loyiha hujjatlari taraflarning huquq va majburiyatlarini pudratchi va buyurtmachining javobgarligini qo`llash asosida tahlil qiling. 4.Ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati shartnomasi tushunchasi. 5. Ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati shartnomasining turdosh shartnomalardan farqi. 6. Ikki durodgor Boqiyev bilan uning dachasida 1 iyunga qadar yog’och garaj qurib berishga kelishishdi. Bajariladigan ishlar haqi tomonlar tuzgan mehnat shartnomasi deb atalgan yozma hujjatda aks ettirildi. Shuningdek, bajariladigan qurilishning o`ziga xos xususiyatlariga oid hamma shartlari (garaj kattaligi, zarur 216 material, metall tom va boshqalar) kiritildi. Qurilish uchun materiallarni Bokiev 10 maygacha topib berishi kerak edi. Durodgorlar ishni o`z vaqtida bajarishga kirishdilar. 28-mayda hamma ishlar tugatilish arafasida edi, durodgorlar Bokievdan 20-may kuni ishlarni qabul qilib olish uchun kelishini so`radilar. 29-may kuni faqat darvozani o`rnatish kerak edi. 28-maydan 29-mayga o`tar kechasi chaqmoq chaqib, garaj to`laligicha yonib ketdi. 2-iyun kuni ishlarni qabul qilib olish uchun kelgan Bokiev yong’indan saqlanib qolgan fundament va o`rnatilmagan darvozalarnigina ko`rdi. O`zi bilan durodgorlar o`rtasida pudrat shartnomasi tuzilgan deb hisoblagan Bokiev bajarilgan ishlar uchun haq to`lashdan bosh tortdi, durodgorlardan o`z materiallari hisobiga yangi garaj qurib berishni talab qildi. Biroq durodgorlar Bokievning talablarini rad qilishdi. Ularning fikricha, darvozalar o`rnatilishidan boshqa hamma ishlar uchun ular haq olishlari kerakligini va ularni qanday shartnoma tuzganligi qiziqtirmasligini, ularni faqatgina olishlari lozim bo`lgan haq miqdori qiziqtirishligini aytishdi. Tomonlar da’vosiga huquqiy baho bering. Agar yong’in 1-iyundan 2-iyunga o`tar kechasi sodir bo`lganda masala qanday hal qilingan bo`lardi? 6. “Eldor” xususiy qurilish firmasi bilan “E’zoz” buyurtmachi tashkilot o`rtasida qurilish pudrati shartnomasi tuzildi. Ushbu shartnomaning 3-bandiga ko`ra go`zallik saloni binosini qurishga kelishilgan. Shartnomaning 4.2 bandida nazarda tutilgan obyektni pudratchi o`z hisobidan sug’urtalashi sharti beliglangan. Biroq pudratchi ushbu shartnomaviy majburiyatni bajarmadi. Qurilish tugallanmasdan sug’urta hodisasi yuz berdi. “E’zoz” buyurtmachi tashkilot pudratchi o`z sug’urtalashga oid majburiyatini bajarmaganligi uchun xo`jalik sudiga shikoyat bilan murojaat qildi. Mazkur vaziyatga huquqiy baho bering. Bunday holda sud qanday qaror qabul qilishi lozim. Javobingizga xo`jalik sudi qarorini ilova qiling. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling