Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Predmeti. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasining predmeti bo`lib 
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish 
hisoblanadi. Shartnoma predmeti sifatida odatda qurilish loyihalarini va mazkur 
qurilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish asosiy ahamiyat kasb etadi.
Qurish loyihalari batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi asosida, 
belgilangan qizil chiziqlar chegaralarida yoki er uchastkalari chegaralarida ishlab 
chiqiladi. 
Qurish loyihalari: 
- qurishni tartibga solish chiziqlarini; 
- binolar va inshootlarning joylashuvi, necha qavatliligi, turi hamda boshqa 
tavsiflarini; 
- qurishning arxitektura echimini; 
- muhandislik uskunalari, aloqa va obodonlashtirish tizimlarini, shuningdek 
mazkur tazimlarni aholi punktlarining er uchastkalari, mavzelari, dahalari va 
rejalashtirilgan tuzilmasining boshqa qismlari doirasidan tashqarida bo`lgan 
muhandislik uskunalari, aloqa hamda obodonlashtirish tizimlari inshootlari va 
kommunikastiyalariga ulash shartlarini; 
- transport vositalari va piyodalar harakati qanday tashkil etilishini; 
- umum foydalanishdagi hududlarni belgilaydi. 
Tumanlarning, shaharlarning davlat hokimiyati organlari qurish loyihalariga 
mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid 
bo`lmagan qo`shimcha talablar, shu jumladan madaniy meros obyektlarining 
muhofaza zonalarida loyihalashtirish va qurilish ishlarini olib borishga, hududlarni 
ko`kalamzorlashtirishga, kichik shakldagi arxitektura obyektlarini, reklama, 


207 
peshlavhalar va boshqa axborotni joylashtarishga doir talablar kiritishga haqli 
(Shaharsozlik kodeksining 38-moddasi). 
Loyiha-smeta hujjatlari hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, 
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning qurilishi, rekonstrukstiyasi hamda 
kapital ta’mirlanishi, shuningdek obodonlashtirish ishlari qiymatini belgilaydi. 
Loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik normalari va 
qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, qonun hujjatlariga muvofiq O`zbekiston 
Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasining tegishli tarkibiy 
bo`linmalari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, yong’inga qarshi nazorat 
xizmatlari, tabiatni muhofaza qilish organlari va boshqa xizmatlar bilan kelishib 
olinadi. 
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va 
ulardan foydalanish tartibini belgilash, ularga o`zgartishlar va qo`shimchalar 
kiritish buyurtmachining tashabbusi bilan va uning hisobidan belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 
Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari obyektlar qurilishi 
uchun ruxsatnoma berishga asos bo`ladi. 
Pudratchi o`z faoliyatining yakuni sifatida buyurtmachiga tegishli texnik 
hujjatlarni yoki hisobotlarni buyutmachiga topshirish shart. Shartnoma har bir 
holatda o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lganligi uchun uning predmeti ham unga 
mutanosib ravishda o`zgarib turadi. 
Loyiha hujjatlari tegishli obyektni texnik jihatidan asoslangan chizmalar, 
smexalar, rangli tasvirlar, ularga berilgan tushuntirishlardan iborat, ya’ni loyiha 
hujjatlari qurilish hajmini, uning mazmuni va olib boriladigan ishlar mohiyatini 
aniqlovchi hujjat bo`lib xizmat qiladi. Loyihalash bir tomonidan ijodiy ish bo`lsa 
ham uni amalga oshiruvchidan, asosan, tajriba, mahorat va maxsus malaka talab 
qiladi. 
Smeta hujjatlari tegishli obyekt loyihasi asosida tuziladi. Smeta hujjatlarini 
tuzishda ham malakaga ega bo`lgan mutaxassislar fan va amaliyotga ma’lum 
bo`lgan usullar asosida tegishli loyihadagi qurilish uchun qanday materiallar 
ishlatilishi lozimligini va u qanday summaga bitkazilishini hisoblab boradilar. 
Buyurtmachi qurilish loyihasini qabul qilishda smeta qiymatiga albatta e’tibor 
beradi. Shuning uchun buyurtmachi smeta qiymatini arzonlashtirishga yoki iloji 
boricha kamaytirishga harakat qiladi. 
Qidiruv ishlari loyiha smeta hujjatlaridan oldin ham yoki undan keyin ham 
amalga oshirilishi mumkin. Qidiruv ishlari tegishli obyekt uchun ajratilgan erni 
to`liq o`rganish yoki bu obyekt uchun eng qulay bo`lgan joyni iqtisodiy asoslab 
berish, belgilangan hududning tabiy sharoiti, relefi, qurilish materiallaridan 
foydalanish imkoni, suv manbalari, transport kommunikakastiyasi, elektr 
energiyasi ta’minoti haqida ilmiy amaliy asoslangan ma’lumotlarni jamlash va 
hulosalar tuzilib, buyurtmachiga topshirish bilan yakunlanadi. Loyiha-smeta 
hujjatlaridan oldin o`tkazilgan qidiruv ishlari pudrati tegishli obyektni ko`rishga 
asos soladi. Dastlabki ma’lumot bo`lgan qidiruv ishlari yakuni asosida loyiha va 
smeta tuziladi. Tayyor loyihalarni qurish uchun joy tanlashga zaruriyat 
tug’ilganida qidiruv ishlari amalga oshirilishi mumkin. Bunda smeta qiymati 


208 
umumiy asosda qayta ko`rib chiqilishi lozim. Masalan: kopleks tadbirkorlik 
litsenziyasi bo`yicha listenziatga berilgan litsenziya asosida mavjud bo`lgan ishlab 
chiqarish kopleksini boshqa joyda, boshqa hududda bo`lgan ham qurilgan hollarda 
bunga zarurat vujudga kelishi mumkin. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling