Toshkent davlat yuridik universiteti


 §. Ilmiy tekshirish, tajriba konstruktorlik va


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
5 §. Ilmiy tekshirish, tajriba konstruktorlik va 
texnologiya ishlari pudrati 
Fuqarolik-huquqiy 
shartnomalar 
tizimida 
ilmiy-tekshirish
tajriba-
konstrutorlik va texnologiya ishlari pudrati (ITTKTP) shartnomasi alohida 
ahamiyatga ega. Mazkur shartnoma FKning 37-bobi 5-paragrafida huquqiy 
jihatdan tartibga solingan bo`lsada, ITTKTP shartnomasining predmeti, uning 
xususiyatlari, shartnoma tuzish, bajarish va shartnomani bajarish natijalarining 
huquqiy maqomini belgilash nuqtai-nazaridan ushbu shartnomaning FKda 
joylashishi, uning nomlanishi va huquqiy tartibga solinishi bo`yicha huquqiy 
adabiyotlarda turli fikrlar mavjud. Ba’zi mutaxassislar mazkur shartnomani pudrat 
shartnomalariga mansubligini ta’kidlab, FKning 37-bobi 5-paragrafida ushbu 


212 
shartnoma joylashtirilishini maqsadga muvofiq, - deb hisoblashsa
26
, boshqa 
mutaxassislar ITTKTP shartnomasini FKda o`rnini belgilash va pudrat 
shartnomasining bir turi sifatida belgilashni muvaffaqiyatli chiqmaganligini 
ta’kidlashadi. Ularning fikricha, pudrat ishlaridan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy 
farqi shundan iboratki, agarda pudrat shartnomasining predmeti har doim muayyan 
natija bo`lsa, ilmiy-tadqiqot ishlarida ko`p hollarda faoliyat o`zi hisoblanadi, 
pudrat shartnomasida natijaga nisbatan mulk huquqi buyurtmachiga o`tsa, ilmiy 
tadqiqot ishlari natijalari aksariyat hollarda intellektual mulk-huquqiy rejimiga 
bo`ysunadi. Shu bilan birga FKning 37-bobi 1-paragrafidagi pudrat to`g’risidagi 
umumiy qoidalarni ITTKTP shartnomalariga ham qo`llash maqsadga muvofiq 
emas
27

Albatta mazkur vaziyatda ikkinchi fikrga qo`shilgan holda, ITTKTP 
shartnomasining Rossiya Federastiya GKdagi kabi alohida bobda ifodalanishi 
maqsadga muvofiq bo`lishini ta’kidlash lozim. 
FKning 693-moddasiga muvofiq, ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnomasi 
bo`yicha pudratchi (ijrochi) buyurtmachi bergan vazifada ko`rsatilgan ilmiy 
tekshirishlarni amalga oshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat 
shartnomasi bo`yicha esa - yangi buyum namunasini, unga tegishli konstruktorlik 
hujjatlarini, yangi texnologiyani ishlab chiqish yoki namuna nusxasini tayyorlash 
majburiyatini oladi. Bunda buyurtmachi pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy 
topshiriq berish, ishni qabul qilib olish va uning haqini to`lash majburiyatini oladi. 
Pudratchi bilan tuzilgan shartnoma tadqiqot olib borish, namunalar ishlab 
chiqish va tayyorlashning butun jarayonini ham, ularning ayrim bosqichlarini 
(elementlarini) ham qamrab olishi mumkin. 
Mazkur shartnomada bir vaqtning o`zida bir-biridan farq qiluvchi, lekin 
muayyan umumiylikka ega bo`lgan bir necha faoliyat turi va u asosida amalga 
oshirilishi kerak bo`lgan ishlar ko`rsatib o`tilgan. Ya’ni: 
- ilmiy-tekshirish ishlari; 
- tajriba-konstrutorlik ishlari; 
- texnologiya ishlari. 
Fuqarolik qonunchilikda faoliyat mazkur turlarining tushunchasi berilmagan. 
Biroq, ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, texnologiya, ilmiy-tadiqoqot 
faoliyatiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 
ilmiy (ilmiy-tadqiqot) faoliyat – yangi bilimlar yaratishga va ularni tatbiq 
etishga yo`naltirilgan faoliyat bo`lib, ular jumlasiga: 
- fundamental ilmiy tadqiqotlar – inson, jamiyat va atrof tabiiy muhitning 
tuzilishi, amal qilish va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari to`g’risidagi yangi 
bilimlarni yaratishga qaratilgan eksperimental va nazariy faoliyat; 
- amaliy ilmiy tadqiqotlar – amaliy maqsadlarga erishish va aniq amaliy 
vazifalarni yechimini topish bo`yicha eng maqbul, yangi bilimlarni qo`llashga 
qaratilgan faoliyat. 
26
Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик ҳуқуқи (II-қисм) (мазкур боб муаллифи – Б.Ибратов). –Т.: 
Адолат.1999.-335 б. 
27
Оқюлов О. Интеллектуал мулк ҳуқуқий мақомининг назарий ва амалий муаммолари. -Т.: ТДЮИ. 2004. 
277 б. 


213 
Ilmiy-texnikaviy faoliyat – texnologik, injenerlik, iqtisodiy, ijtimoiy, 
insonparvarlik va boshqa muammolarning yechimini topish, fan, texnika va ishlab 
chiqarishni yagona tizim sifatida amal qilishini ta’minlash bo`yicha yangi 
bilimlarni yaratish va qo`llashga qaratilgan faoliyat. 
ITTKTP shartnomasi o`zning huquqiy tabiatiga ko`ra, ikki tomonlama, 
konsensual va haq baravariga tuziladigan shartnoma hisoblanadi.
ITTKTP shartnomasini tartibga solishda intellektual mulk huquqi qoidalari 
qo`llaniladi. Zero, mazkur shartnoma asosida pudratchi amalga oshirayotgan ishlar 
ilmiy-ijodiy faoliyat hisoblanadi, yaratilgan natijalar esa aksiriyat hollarda 
intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiradi. FKning 702-moddasiga muvofiq, 
ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari 
shartnomalari asosidagi munosabatlar FK bilan bir qatorda, ilmiy-tekshirish, 
tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari to`g’risidagi qonun 
hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 
Ushbu shartnomada pudratchi sifatida odatda ilmiy-tekshirish institutlari, 
universetit va institutlar, tajriba-konstruktorlik, ixtirochilik byurolari, ilmiy 
xodimlar, muayyan bilim va malakaga ega bo`lgan fuqarolar ishtirok etishlari 
mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot ishlari asosan O`zbekiston 
Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi ilmiy-tekshirish institutlari tomonidan 
amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga Fanlar akademiyasi, uning tasarrufidagi 
tashkilotlar va muassasalar amaldagi qonunchilik asosida aksiyadorlik jamiyatlari 
va boshqa xo`jalik jamiyatlari va shirkatlarning muassislari bo`lish huquqiga 
egadirlar (O`zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi Ustavining 66-bandi). 
Qonun hujjatlarida mazkur shartnoma subyektlari doirasi bevosita 
cheklanmagan. Biroq, muayyan turdagi ilmiy-tekshirish ishlarini olib borish uchun 
tegishli litsenziyaga ega bo`lish talab etiladi. Masalan, “Amalga oshirilishi uchun 
litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining” Ro`yxatiga muvofiq, 
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo`linadigan sohalardagi 
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish 
manbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizmat ko`rsatish, ular uchun 
texnologik asbob-uskunalar, radiastiyadan himoyalanish vositalarini yasash va 
tayyorlash uchun tegishli lestinziyaga ega bo`lish talab etiladi.
Shu bilan birga ba’zi holatlarda amalga oshirilishi ko`zda tutilayotgan ilmiy-
tekshirish ishlari uchun tegishli litsenziyaga ega bo`lishi yoki vakolatli davlat 
organlarining topshirig’i asosida amalga oshirilishi ko`zda tutiladi. Masalan, 
Rossiya Federatsiyasining 1996 yil 5 iyuldagi “Gen injeneriyasi sohasidagi 
faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi to`g’risida” gi qonuniga muvofiq, 
gen injeneriyasi sohasida ilmiy-tekshirish va ilmiy-tadqiqot ishlari olbi borish 
uchun litsenziya olish talab qilinadi. 
ITTKTP shartnomasining predmetini ilmiy tekshirishlarni amalga oshirish, 
yangi buyum namunasini, unga tegishli konstruktorlik hujjatlarini, yangi 
texnologiyani ishlab chiqish yoki namuna nusxasini tayyorlash ishlari tashkil etadi.
Pudratchi ilmiy tekshirishlarni shaxsan o`zi olib borishi shart. Agar ilmiy-
tekshirish ishlari pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, 
u buyurtmachining roziligi bilan shartnomani bajarishga uchinchi shaxslarni jalb 


214 
qilishga haqli. 
Pudratchi tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajargan vaqtida, 
agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, uni bajarishga 
uchinchi shaxslarni yordamchi pudratchi sifatida jalb qilishga haqli. Bunday 
hollarda pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi. 
Agar ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya 
ishlari pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, taraflar 
shartnoma narsasiga, uni bajarish jarayoni va olingan natijalarga doir 
ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashlari shart. Maxfiy deb hisoblanadigan 
ma’lumotlar hajmi shartnomada belgilab qo`yiladi. Pudratchi buyurtmachining 
yozma roziligi bilan mazkur shartnomalar bo`yicha bajarilgan ishlarning 
natijalarini patentlashga haqli. 
Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat 
shartnomalaridagi taraflar ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga 
loyiq natijalardan shartnomada nazarda tutilgan doirada va shartlarda foydalanish 
huquqiga ega. 
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, buyurtmachi 
o`ziga pudratchi tomonidan berilgan ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy 
muhofazaga loyiq natijalardan foydalanish huquqiga ega, pudratchi esa, o`zi olgan 
natijalardan o`z ehtiyojlari uchun foydalanishga haqli. 
Pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy topshiriq berish, ishni qabul qilib olish va 
uning haqini to`lash bilan birga, ITTKTP shartnomasiga muvofiq buyurtmachining 
majburiyatlari yana quyidagilardan iborat bo`ladi: 
- pudratchiga texnikaviy topshiriq berishi va u bilan ishlar dasturini (texnika-
iqtisodiy parametrlarni) yoki mavzusini kelishib olishi; 
- pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur axborotni topshirishi; 
- bajarilgan ishlarni qabul qilib olishi va ularning haqini to`lashi shart. 
Mazkur shartnomada pudratchining majburiyatlari sifatida quyidagilar 
nazarda tutilishi mumkin: 
- buyurtmachi bilan kelishilgan dastur (texnika-iqtisodiy parametrlar)ga yoki 
mavzuga muvofiq ishlarni bajarishi va natijasini shartnomada nazarda tutilgan 
muddatda buyurtmachiga topshirishi; 
- intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish bilan bog’liq talablarga rioya 
etishi; 
- bajarilgan ishlarda o`zining aybi bilan yo`l qo`yilgan, buyurtmachining 
texnikaviy topshirig’ida yoki shartnomada nazarda tutilgan texnika-iqtisodiy 
parametrlardan chekinishga olib kelishi mumkin bo`lgan kamchiliklarni o`z kuchi 
bilan va o`z hisobidan bartaraf etishi; 
- kutilayotgan natijalarni olish mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish 
maqsadga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, bu haqda buyurtmachini darhol 
xabardor qilishi; 
- bunday shartnomalar asosida topshirilgan natijalarga uchinchi shaxslarda 
alohida huquqlar yo`qligi haqida buyurtmachiga kafolat berishi shart. 
Agar ilmiy-tekshirish yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari 
shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, pudratchi: 


215 
- ishlarni bajarish jarayonida qo`lga kiritilgan ilmiy-texnikaviy natijalarni 
buyurtmachining roziligisiz e’lon qilmasligi; 
- ishlarni bajarish jarayonida qo`lga kiritilgan huquqiy muhofazaga loyiq 
natijalarni himoya qilish choralarini ko`rishi va bu haqda buyurtmachini xabardor 
qilishi; 
- buyurtmachiga bajarilgan ishlarda qo`llanilgan huquqiy muhofazaga loyiq 
ilmiy-texnikaviy natijalardan foydalanish haqidagi maxsus litsenziyani berishi 
shart. 
Agar ilmiy-tekshirish ishlari jarayonida pudratchiga bog’liq bo`lmagan 
holatlar oqibatida natijaga erishish mumkin emasligi ma’lum bo`lsa, buyurtmachi 
shartnomada nazarda tutilgan natijalarga erishib bo`lmasligi aniqlaguncha amalga 
oshirilgan ishlar qiymatini to`lashi shart, ammo bu qiymat shartnomada 
ko`rsatilgan ishlar bahosining tegishli qismidan ortiq bo`lmasligi lozim. 
Agar tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajarish jarayonida 
pudratchi aybdor bo`lmagani holda ishni davom ettirish mumkin emasligi yoki 
maqsadga muvofiq emasligi ma’lum bo`lsa, buyurtmachi pudratchining 
xarajatlarini to`lashi shart. 
Pudratchi ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya 
ishlari shartnomasini umuman va tegishli darajada bajarmaganligi uchun, agar 
shartnomaning buzilishida o`zining aybi yo`qligini isbot qilmasa, buyurtmachi 
oldida javobgar bo`ladi. 
Agar 
shartnomada 
o`zgacha 
tartib 
nazarda 
tutilmagan 
bo`lsa, 
buyurtmachining ishlar qiymati doirasida ko`rgan real zararini pudratchi qoplashi 
shart. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling