Toshkent davlat yuridik universiteti


§ Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi tushunchasi, turlari


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
1§ Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi tushunchasi, turlari, 
taraflarning huquq va majburiyatlari 
Haq evaziga xizmat ko`rsatish FKdagi yangi huquqiy normalardan bo`lib 
hisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 703-moddasiga ko`ra, haq evaziga xizmat 
ko`rsatish shartnomasi bo`yicha ijrochi buyurtmachining topshirig’i bilan ashyoviy 
shaklda bo`lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan 
faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to`lash 
majburiyatini oladi. 
Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi haq evaziga, konsensual yoki 
real va ikki tomonlama shartnomalar guruhiga kiradi. Ayrim turdagi xizmat 
ko`rsatish shartnomalari (aloqa xizmati, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati) 
ommaviy shartnomalar sirasiga kiradi. 
Predmeti. Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasining predmeti 
ashyoviy shaklda bo`lmagan xizmatdan iboratdir. Xususan, muayyan harakatlarni 
qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq bo`lgan, shaxslarning 
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, muayyan bir ixtisoslikka va malakaga ega 
bo`lgan subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir. 
Fuqarolik kodeksining 704-moddasiga muvofiq haq evaziga xizmat 
ko`rsatish shartnomasida boshqa ko`rsatmalar bo`lmasa, ijrochi shartnomada 
nazarda tutilgan xizmat (xizmatlar)ni shaxsan o`zi ko`rsatishi shart. Masalan, 
qurilish pudrati shartnomasi predmeti sifatida uy-joy binosini qurish nazarda 
tutilgan bo`lsa, pudratchi ushbu shartnomaning predmetiga umuman daxldor 
bo`lmagan korxona binosini qurilishidagi kamchiliklarni bartaraf etishni talab 
qilishga haqli emas. Ya’ni, bunday holda qonun va shartnoma shartlariga muvofiq 


218 
bunday talablarni bajarishdan bosh tortishga haqli. Bu holat taraflar o`zaro tuzilgan 
shartnoma shartlariga qat’iy amal qilishini zaruriyat qilib qo`yadi. Bu esa o`z 
navbatida, taraflarning qurilish shartnomasi bo`yicha shartnoma intizomiga rioya 
qilishlikning muhim omili bo`lib hisoblanadi. Buyurtmachi o`ziga ko`rsatilgan 
xizmatlar haqini haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasida ko`rsatilgan 
muddatlarda va tartibda to`lashi shart. 
Ijrochi o`zi aybdor bo`lmagani holda xizmatni bajara olmagan taqdirda, 
buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to`lashi shart, bunda ijrochining xizmat 
(xizmatlar) ko`rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi 
mumkin bo`lgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtmachining aybi bilan xizmatni 
bajarish mumkin bo`lmay qolgan taqdirda, agar qonun hujjatlarida yoki 
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, xizmatlar bahosi butunlay 
to`lanishi kerak (FKning 705-moddasi). 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling