Toshkent davlat yuridik universiteti


 Yo`lovchi va bagaj tashish shartnomasi bo`yicha taraflarning huquq


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
2. Yo`lovchi va bagaj tashish shartnomasi bo`yicha taraflarning huquq 
va majburiyatlari 
 
Fuqarolik kodeksining 710-moddasi talabiga ko`ra, yo`lovchi va bagaj 
tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli chipta va bagaj pattasi bilan tasdiqlanadi. 
Yo`lovchiga berilgan chiptada shartnomaning asosiy shartlari: chipta bahosi, 
transportning jo`nash vaqti, chiptaning yaroqlilik muddati yoziladi. Havo transporti 
va qonunda belgilangan tarzda shaharlararo va xalqaro yo`nalishda qatnaydigan 
poezdlardan tashqari, boshqa transportlarga berilgan chiptada yo`lovchining ismi, 
familiyasi yozilmaydi. Familiyalari yozilgan chiptalarni birovga berish taqiqlanadi. 
Havo transportida yo`lovchi chiptani yo`qotgan taqdirda, boshqa chipta 
berilmaydi. 
Yo`lovchilarning huquq va majburiyatlari FKning 710, 715, 720, 721, 725-
moddalarida (xususan, yo`lovchilarning huquqlari) normalangan. 
Yo`lovchi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda: 
- o`zi bilan bepul yoki imtiyozli shartlarda bolalarni olib yurish; 
- belgilangan miqdor doirasida o`zi bilan bepul bagaj olib yurish; 
- belgilangan miqdor doirasida – bepul, miqdordan ortiqchasi uchun esa – 
tarif bo`yicha haq to`lab tashish uchun bagaj topshirish; 
- tashuvchi bilan tariflarda nazarda tutilmagan xizmatlar ko`rsatish xususida 
kelishish; 
- yo`lovchini jo`natib yuborish kechiktirilsa va bunga uzrli sabab bo`lmasa, 
tashuvchining aybi bilan yo`lovchi bagajiga shikast etkazilsa yoki u yo`qolsa, 
shartnomadan voz kechish, zararni undirib olish huquqiga ega. 
Shuningdek, Temir yo`l ustavi, “Temir yo`l transporti to`g’risida”gi qonunda 
yo`lovchilarning quyidagi huquqlari belgilangan: 
- istagan poezdga, xohlagan joyidan, ya’ni xohlagan vagondan joy berishni 
talab qilish;
- besh yoshdan katta bo`lmagan bir bolani tekin olib yurish; 
- 36 kg.gacha, shahar atrofida yuradigan poezdlarda esa 50 kg.gacha yukni 


226 
tekin olib yurish; 
- chiptaning muddatini o`zgartirib olib, yo`lda biron joyda 10 sutkagacha 
qolish; 
- yukni bagaj qilib jo`natish; 
- tasodifan kasal bo`lib qolgan taqdirda butun davolanish davomida 
chiptaning yaroqlilik muddati uzaytirilishini talab qilish. 
“Shahar yo`lovchilar transporti to`g’risida”gi qonunning 24-moddasiga 
asosan yo`lovchilar shahar transportidan foydalanishda quyidagi huquqlarga ega: 
- shahar yo`lovchi transportining har qanday turidan foydalanish; 
- bekatlar va to`xtab o`tish manzillaridan foydalanish; 
- o`zlari bilan birgalikda 7 yoshgacha bo`lgan bolalarni bepul olib yurish; 
- o`lchamlari belgilangan kattalikdan oshmaydigan, vazni 20 kg.gacha 
bo`lgan qo`l yukini bepul olib yurish; 
- belgilangan tariflar bo`yicha haq to`lab, bagaj olib yurish; 
- hayoti va sog’lig’ini shaxsiy sug’urta qilish haqida ixtiyoriy ravishda 
shartnoma tuzish; 
- bekatlar va oxirgi dispetcherlik manzillari dispetcherlaridan shahar 
yo`lovchi transportining ishi to`g’risida axborot olish. 
“Shahar yo`lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish 
to`g’risida”gi qonunga asosan quyidagi shaxslar shahar yo`lovchi transportida 
bepul yurish huquqiga egalar: 
- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo`lmish harbiy 
xizmatchilar; 
- 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va 1-guruh nogironiga hamrohlik 
qiluvchi shaxs; 
- 1941-1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va 
benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar; 
- Afg’oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi 
jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalmilalchi jangchilar jumlasidan 
bo`lmish fuqarolar; 
- haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan harbiy xizmatchilar, 
starshinalar, praporshchiklar, katta praporshchiklar, michmanlar va katta 
michmanlar; 
- Chernobil AESi halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni 
boshdan kechirgan shaxslar; 
- ko`zi ojiz nogironlar va ko`zi ojiz nogironlarga hamrohlik qiluvchi 
shaxslar. 
Shuningdek, yo`lovchilar tashish xizmatlarining iste’molchilari hamdir. 
Binobarin, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g’risida”gi qonunda 
ko`rsatilgan huquqlarga ham egadirlar. 
Ayni paytda qonun hujjatlarida yo`lovchilarga bir qator majburiyatlar ham 
yuklangan. Jumladan, yo`lovchilar FKda belgilanganidek: 
- belgilangan yo`l haqini, bagaji bo`lsa, bagaj tashish haqini tashuvchiga 
to`lashi; 
- transport ustavlari va kodekslarida belgilangan qoidalarga rioya etishi; 


227 
- tashuvchining talabi bilan transportda bepul yurish uchun huquq beradigan 
chipta yoki boshqa hujjatni taqdim etishi; 
- tashuvchining talabi bilan bagaj kvitanstiyasini taqdim etishi; 
- poezd, samolyotlardagi va boshqa transportlardagi ashyolardan to`g’ri 
foydalanishi lozim. 
Shuningdek, qonun hujjatlarida yo`lovchilarga transport turiga qarab 
qo`shimcha majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin. Xususan, shahar transportida 
yo`lovchilarning majburiyati quyidagilardan iborat: 
- yo`lovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etish; 
- yo`l haqi va bagaj tashish haqini o`z vaqtida to`lash, chiptani manzilga 
etgunga qadar saqlash va uni nazorat qiluvchi shaxslarning talabiga binoan 
ko`rsatish; 
- transportda imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ko`rsatish; 
- shahar yo`lovchilar transportidan foydalanganda tozalik va tartibga rioya 
etish, tashuvchining asbob-uskunalari va mol-mulkini ehtiyot qilish; 
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarish. 
Qonunchilik, shuningdek, yo`lovchilarning javobgarligini ham belgilaydi. 
Masalan, yo`lovchining aybi bilan tashuvchining mulkiga ziyon etkazilsa, 
yo`lovchi zararni to`lashga majbur. Shuningdek, yo`lovchi transportga chiptasiz 
chiqsa, u jarima to`lashga majbur qilinadi. 
Yo`lovchi va bagaj tashish shartnomasining ikkinchi tarafi – tashuvchi 
(transport tashkiloti) hisoblanadi. Amaldagi qonun hujjatlarida tashuvchining ham 
bir qator huquq va majburiyatlari o`z ifodasini topgan. Umumiy holda 
tashuvchining huquqlari quyidagilardan iborat: 
- ko`rsatgan tashish xizmati uchun haq olish yoki kira haqini hamda bagaj 
tashish uchun haq to`laganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish; 
- kira haqi to`lamagan yo`lovchilarga FK, transport ustavlari va 
kodekslarida, agar tashish shartnomasida ko`zda tutilgan bo`lsa, shartnomada 
belgilangan tartibda jarima solish; 
- yo`lovchining transportda belgilangan tartib-intizomga rioya etishini talab 
qilish; 
- transportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqiga ega bo`lgan shaxslardan 
ularning huquqlarini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni talab qilish; 
- transportda bepul, imtiyozli yoki boshqacha tarzda yurish huquqini 
beradigan hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish; 
- transportda bepul, imtiyozli yoki boshqacha tarzda yurish huquqini 
beradigan hujjatlar soxtalashtirilganligi aniqlanganda, bu hujjat egalarini 
javobgarlikka tortish. 
Ayni paytda tashuvchi zimmasida qator majburiyatlar ham mavjud. Ya’ni: 
- yo`lovchini, yo`lovchi bagaj topshirgan bo`lsa, bagajni ham belgilangan 
manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish 
(FK, 710-modda); 
- qonunchiliqda belgilangan shaxslarni bepul va imtiyozli tarzda olib yurish; 
- yo`lovchi, bagaj yoki yukni belgilangan manzilga belgilangan transport 
ustavlari, kodekslari yoki shartnomada nazarda tutilgan tartibda belgilangan 


228 
muddatda, bunday muddat bo`lmagan taqdirda, oqilona muddatda eltib qo`yish 
(FK, 717-m.); 
- transport vositalarini jo`natish kechikkanligi sababli yo`lovchi ularda 
jo`nashdan bosh tortgan taqdirda basharti bunday hol yuz berishida tashuvchi 
o`zining aybsizligini isbotlay olmasa, yo`lovchiga kira haqini va u qilgan boshqa 
xarajatlarni qaytarish (FK, 720-m.); 
- transportda yo`lovchi va bagaj tashishni tashkil etishda uning xavfsizligini 
ta’minlash; 
- zarur hollarda yo`lovchining talabi bilan chiptaning muddatini uzaytirish; 
- tashuvchining aybi bilan yo`lovchi yoki uning bagajiga shikast etsa yoki u 
zarar ko`rsa, zararni to`lash;
- qoidalar bilan nazarda tutilgan tartibda yo`lovchilarga madaniy-maishiy 
xizmat ko`rsatish. 
Ayrim transport turlariga tegishli bo`lgan qonunlarda shu transportlarning 
turlariga qarab tashuvchilarga muayyan huquq va majburiyatlar ham yuklatilgan. 
Xususan, “Shahar yo`lovchilar transporti to`g’risida”gi qonunda tashuvchining 
quyidagi majburiyatlari normalangan: 
- shaharda yo`lovchilarni tashish ishlarini bajarish uchun litsenziyaga ega 
bo`lish; 
- yo`lovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etish; 
- yo`lovchilarning hayoti va sog’lig’i, xavfsizligini ta’minlash; 
- mehnatni muhofaza qilish, yong’indan saqlash xavfsizligini, ishlab 
chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablarini bajarish; 
- harakat xavfsizligini, shahar yo`lovchilar transportidan texnik foydalanish 
va uni ishlatish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash; 
- fuqarolarning ayrim toifalarini imtiyozli tashish kabi. 
Tashuvchilarning belgilangan yo`nalishdan o`zboshimchalik bilan chetga 
chiqish, harakat jadvalini buzish hamda yo`lovchilarga qonun hujjatlarida nazarda 
tutilmagan talabni qo`yishi man etiladi (“Shahar yo`lovchilar transporti 
to`g’risida”gi qonunning 23-moddasi). 
Yo`lovchi va bagaj tashish FKning 714-moddasidan kelib chiqqan tartibda 
umumiy foydalanishdagi transportda amalga oshirilishi mumkin. Umumiy 
foydalanishdagi transportda tashish ommaviy shartnoma hisoblanib, unga asosan 
bunday turdagi tashishga FKning 358-moddasi talablari qo`llanadi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling