Toshkent davlat yuridik universiteti
Yuk tashish shartnomasi turlari. Shartnoma taraflarining –
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
3. Yuk tashish shartnomasi turlari. Shartnoma taraflarining – jo`natuvchi (oluvchi) va yuk tashuvchining huquq va majburiyatlari Yuqorida aytib o`tganimizdek, yuk tashish shartnomasi yozma shartnomadir. Bu shartnoma ham yo`lovchi va bagaj tashish shartnomasi singari yozma shaklda tuzilishi FK, transportga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Agar tegishli qonunchilikda shartnoma tuzish tartibi haqida hech narsa deyilmagan bo`lsa, u taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi. Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi FKning 711-moddasiga asosan tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukxati, 229 konosament yoki yukka doir boshqa hujjatlar)ni tuzish va uni yuk jo`natuvchiga topshirish yo`li bilan tasdiqlanadi. Mamlakat ichida yuk tashishni rasmiylashtiradigan hujjat, odatda, yukxati bo`ladi. Yukxatida yuk jo`natuvchi, yukni oluvchi, yuk tarifi, yukning jo`natiladigan, olinadigan manzili va boshqa ma’lumotlar ko`rsatiladi. Yuk tashish shartnomasi yukni tashuvchiga transport hujjatlari bilan birga topshirilgan paytdayoq tuzilgan hisoblanadi. Yukning tashish uchun qabul qilinganligi to`g’risida maxsus hujjat, temir yo`llar va daryo transportida – kvitanstiya, dengiz transportida – konosamentning, havo transportida – yukxatining nusxasi beriladi. Mazkur hujjatlar yukni boshqa manzilga jo`natish huquqini, yuk yo`qotilgan, zararlangan taqdirda esa yuk tashuvchiga nisbatan da’vo qo`zg’atish huquqini beradi. Yuk tashish shartnomasining taraflari sifatida quyidagi shaxslar qatnashadi: yuk jo`natuvchi, yuk tashuvchi, yuk oluvchi. Mijozlar (yuk jo`natuvchilar va yuk oluvchilar) quyidagi huquqlarga ega: - tashuvchi to`g’risida zarur bo`lgan axborotni olish; - tashuvchini erkin tanlash va tashish uchun shartnoma tuzish; - qoidalarda yoki tashish shartnomasida belgilangan tarzda tashuvchi tomonidan o`z vaqtida va sifatli xizmat ko`rsatilishidan bahramand bo`lish; - tashish tufayli etkazilgan ziyonni va ma’naviy zararni qonun hujjatlariga muvofiq qoplattirish; - tashish shartnomasida ko`rsatib o`tilgan shartlar tashuvchi tomonidan buzilgan taqdirda xizmat ko`rsatishdan voz kechish; - o`z huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish kabi. Yuk jo`natuvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat: - yukni belgilangan talabnomaga binoan o`z vaqtida transport tashkilotiga yetkazib berish; - mahsulotlarni idishga (taraga) yaxshi joylashtirish, qadoqlash; - mahsulotlarning tabiiy xususiyatlari va turlarini transport hujjatlarida ko`rsatish; - lozim hollarda o`z vositalari va ishchi kuchlari bilan yukni transportga joylashtirish; - mahsulotlarning tabiiy xususiyatlarini hisobga olib, ogohlantirish belgilarini ko`rinarli qilib yozish; - kira haqini o`z vaqtida to`lash kabi. Yuk tashuvchi quyidagi huquqlarga ega: - jo`natilayotgan yuk o`z sertifikatiga muvofiq ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni olish; - fuqarolar hayotiga, yo`l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, ekologiya va sanitariya normalari buzilishiga yoki boshqa g’ayriqonuniy harakatlarga sabab bo`luvchi holatlarda tashishdan voz kechish; - to`lov, tovar-transport hujjatlarini o`z vaqtida talab qilib olish kabi. Yuk tashuvchining majburiyatlari quyidagilardir: 230 - yuk yuboruvchining talabnomasida ko`rsatilgan vaqtda yuk tashish vositalarini berish; - ushbu vositalarni berishdan oldin uning tozaligini ko`rib chiqish, lozim bo`lgan hollarda yuvib, tozalab berish; - yukni qabul qilib olgandan so`ng uni zararsizlantirmasdan saqlash; - transport vositasiga ortgandan keyin ham tegishli ehtiyot choralarini ko`rish; - ayrim mahsulotlarning tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda saqlash; - yukni tayinlangan manzilga olib borish bilan uni oluvchiga xabar qilish kabi. Yuk oluvchining majburiyatlari quyidagilarda ko`rinadi: - yuk kelganligi to`g’risida xabar olishi bilanoq o`ziga tegishli yuklarni darhol olib ketish choralarini ko`rish; - bordi-yu, olib ketishning iloji bo`lmasa, yukni ehtiyot qilib saqlash choralarini ko`rish kabi. Yuk tashish shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari yuk tashilayotgan transportning turiga qarab ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. Chunonchi, temir yo`l transporti bilan yuk tashilganda tashuvchi-temir yo`l korxonasi quyidagi majburiyatlarni o`z zimmasiga oladi: - yuk tashish majburiyatini bajarish; - yuk tashish uchun yaroqli bo`lgan vagonlarni, stisterna, konteynerlarni belgilangan muddatda yuk jo`natuvchi ixtiyoriga berish; - vagonlar va yuklarning holatini ko`rib chiqish; - yukning qabul qilinganligi to`g’risida kvitanstiya yozib berish; - jo`natish uchun qabul qilingan yuklarni zararlantirmay va yo`qotmay saqlash; - yukni tayinlangan muddatida belgilangan manzilga yetkazib berish; - yukning tayinlangan joyga yetkazib keltirilganligi to`g’risida yuk tashuvchini darhol xabardor qilish; - yuk kimga berilishi tayinlangan bo`lsa, uni shu shaxsga topshirish. Yuk jo`natuvchi va oluvchilarning majburiyatlari, asosan, quyidagilar bilan chegaralanadi: - yuk tashish yuzasidan olingan majburiyatlarni bajarish; - yuklarni belgilangan muddatda jo`natish uchun transport tashkiloti tomonidan berilgan yuk tashish vositalarini, ya’ni vagon, konteyner, stisternalarni ko`zdan kechirib chiqish; - yuk oluvchi o`ziga kelgan yukni vaqtida qabul qilib olish; - tarif bo`yicha belgilangan kira haqini to`lash kabi. Temir yo`l transportida yuk tashish transport yukxati bilan rasmiylashtiriladi. Unda: yuk jo`natilgan bekat va yo`lning nomi, tayinlangan bekat va yuk oluvchining manzili, jo`natilayotgan yuk turi, miqdori, o`rovning xili, yuk tashish tezligi, kira haqi, yukni qabul qilish vaqti, tushirish, yuk topshirish vaqti va yukka doir boshqa ma’lumotlar ko`rsatiladi. Yuk tashishning keng tarqalgan turlaridan biri avtomobil transporti orqali yuk tashishdir. Avtomobil transporti bilan yuk tashish shartnomasi FKning ushbu 231 shartnomalar to`g’risidagi umumiy qoidalari, “Avtomobil transporti to`g’risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy shartnomalar bilan tartibga solinadi. Bunday shartnomada yuk tashuvchining asosiy majburiyati shartnoma bo`yicha yukni tayinlangan manzilga belgilangan muddatda kechiktirmasdan to`la-to`kis yetkazib berishdir. Yuk oluvchining majburiyatlariga: kira haqini to`lash (agar yuk jo`natuvchi to`lamagan bo`lsa), yukni qabul qilish va o`z vaqtida tashib olish kabilar kiradi. Yuk jo`natuvchining majburiyatlariga: yuk jo`natish rejasini bajarish, yukni o`z vaqtida tashuvchi (avtotransport tashkiloti)ga topshirish, kira haqini to`lash, yuk hujjatlarini to`g’ri rasmiylashtirish, shartnoma bilan belgilangan holda yukni o`z ishchi kuchi va texnik vositalari yordamida yuklash kabilar kiradi. Yuk tashishning uchinchi turiga havo transporti bilan yuk tashish shartnomasi kiradi. Bu shartnoma FK va Havo kodeksi hamda ushbu munosabatlarni tartibga solishga doir chiqarilgan boshqa qonunchilik hujjatlari normalari bilan tartibga solinadi. Havo kodeksining 98-moddasiga asosan: “Havo transportida tashish shartnomasiga ko`ra yuk tashuvchi o`ziga yuk jo`natuvchi ishonib topshirgan yuk yoki pochtani belgilangan manzilga yetkazib, ularni yukni yoki pochtani qabul qilib olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi, yuk jo`natuvchi esa yuk yoki pochta tashilgani uchun belgilangan tarif bo`yicha haq to`lash majburiyatini oladi”. Yuk tashish shartnomasi ikki xil shaklda tuzilishi mumkin: 1) shartnomaga ko`ra yuklarni muayyan muddatda tashish; bunda yuk miqdori, yo`nalishi, yuk tashish muddati, taraflarning majburiyatlari, hisob-kitob tartibi to`g’risidagi shartlar va shartnomani bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik uchun javobgarlik ko`rsatiladi; 2) bir yoki bir necha samolyotni yuk jo`natuvchiga berish sharti bilan tuzilishi mumkin. Bu shartnoma charter (fraxtlash) shartnomasi deb ataladi. Bu shartnoma shartlari FKning 712-moddasida hamda Havo kodeksining 99- moddasida normalangan. Havo kodeksiga asosan charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomasi bo`yicha bir tomon (kiraga beruvchi) ikkinchi tomon (kiraga oluvchi)ga haq evaziga bir yoki bir necha havo kemasini yo`lovchilar, qo`l yuki, yuk va pochta tashish yoxud boshqa maqsadlarda foydalanishga bir yoki bir necha parvoz uchun to`liq berib turish majburiyatini oladi. Bu shartnoma bo`yicha havo transporti tashkilotining asosiy majburiyatlariga: yukni qabul qilish, tayinlangan manzilga yetkazib berish va yukni egasiga topshirish, qabul qilingan yukni zararsizlantirmasdan saqlashni ta’minlash, o`z vaqtida egasiga yetkazib berish, oluvchiga yukning kelganligini xabar qilish, yuk yo`qolganda esa uni qidirish choralarini ko`rish, kam chiqqanda, shikastlanganida va sifati pasaygan hollarda zararni qoplash kabilar kiradi. Yuk jo`natuvchining asosiy majburiyatlari yukni aeroportga yetkazib berish va kira haqini to`lashdan iborat. Oluvchining majburiyatlari yukni o`z vaqtida qabul qilib, tushirib olishdir. Yuk tashish shartnomasining navbatdagi turi O`zbekiston sharoitida nihoyatda kam uchraydigan ichki suv transporti bilan yuk tashish shartnomasidir. Bu shartnoma yuk tashuvchi tomonidan yukxat shaklida tuziladi va unda 232 shartnoma mazmuni ifodalanadi. Taraflarning huquq va majburiyatlari shartnomada aniq belgilab qo`yiladi. Chunonchi, yuk tashuvchi yukni o`z vaqtida yetkazib berishga va yuk oluvchiga topshirishga, jo`natuvchi esa yuk tashuvchining xizmati uchun kira haqini to`lashga majbur bo`ladi. Yuk tashish shartnomasining so`nggi turi dengiz transporti bilan yuk tashish shartnomasidir. Bu shartnoma O`zbekiston Respublikasi hududida yirik dengizlar bo`lmagani sababli ichki muomalada butunlay qo`llanilmaydi. Dengiz transporti bilan yuk tashish shartnomasiga nisbatan qonunchiligimizning tatbiq qilinishi faqat xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan bo`lsagina amalga oshiriladi. Shunday bo`lsa-da, dengiz transporti bilan yuk tashish kabotaj va chet el mamlakatlariga qatnash yo`li bilan yuk tashishga bo`linadi. Kabotaj deganda, bir davlat chegarasidagi portlar orasida yuk tashish tushuniladi. Dengiz transporti bilan yuk tashish konosament va charter shartnomalari bilan rasmiylashtiriladi. Agar shartnomada yuk tashuvchining majburiyati belgilansayu, ammo kemadan qanchalik joy berilishi sharti bo`lmasa, bunday majburiyat konosament shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Konosament tilxat vazifasini bajaradi va yuk topshirilgani to`g’risida yuridik dalil bo`lib sanaladi. Bundan tashqari, konosament, birinchidan, shartnoma tuzilganligi to`g’risidagi dalil; ikkinchidan, yukni qabul qilganlik to`g’risida kema kapitanining tilxati; uchinchidan, yukni tasarruf qilish huquqini beradigan hujjat va to`rtinchidan, yuk tashuvchi bilan yuk jo`natuvchi o`rtasidagi munosabatlarni belgilaydigan hujjat hisoblanadi. Konosamentda yuk tashuvchi va yuk jo`natuvchi, yuk jo`natilgan va tayinlangan manzillar hamda yuk to`g’risidagi boshqa ma’lumotlar ko`rsatiladi. Dengiz yo`llarida yuk tashish charter (fraxt) shartnomasi bilan ham rasmiylashtirilishi mumkin. Yuk tashishning charter (fraxtlash) shartnomasi asosan dengiz kemasining bir yoki bir necha reysga qatnashi uchun tuzilsa, bunday shartnomaga reys charteri; agar kema ma’lum bir vaqt davomida kira qilishga berilsa – bunday shartnoma taym-charter deb ataladi. Dengiz transporti bilan yuk tashish shartnomasiga asosan yuk tashuvchining asosiy majburiyatlariga: - yuk tashish vositalarini o`z vaqtida berish; - yukni qabul qilib olgan kundan boshlab, toki tayinlangan manzilga olib borguncha saqlash; - yukni oluvchiga topshirish kiradi. Yuk jo`natuvchining asosiy majburiyatlari: - yukni tashuvchiga topshirish; - yukni qabul qilish; - kira haqi (fraxt)ni to`lashdan iboratdir. Charter shartnomasi tuzish tartibi, uning shakli va turlari transport ustavlari va kodekslarida belgilab qo`yiladi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling