Toshkent davlat yuridik universiteti


Masalaga huquqiy baxo bering. Ushbu kazus mohiyatidan kelib chiqib


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

Masalaga huquqiy baxo bering. Ushbu kazus mohiyatidan kelib chiqib 
auditorlik xizmati ko`rsatish shartnomasini tuzing va yuristning xulosasini 
tayyorlang. . 
 
 
Qo`shimcha adabiyotlar 
 
1. 
O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (213-233-mm.). –T.: 
Adolat, 2013.
2. 
Fuqarolik huquqi ikkinchi qism. H.Raxmonkulov va boshqalar. Adolat 
nashriyoti, 1999 yil B. 304-310. 
3. 
Mualliflar jamoasi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga 
sharh. 2-jild. –T.: Vektor-press, 2010. –B. 616-322. 
4. 
Xizmat ko`rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga 
solish muammolari. // Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. H.R. Raxmonkulov. – 
Toshkent.: O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi 
instituti, 2011. – 200 b. 
5. 
Normatov N.S. Xizmat ko`rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini 
fuqaroviy-huquqiy tartibga solish muammolari. // Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. 
X.R. Raxmonkulov. – T.: O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlari 
monitoringi instituti nashriyoti, - T.: 2009. – 262 b.
39-BOB. YO`LOVChI, BAGAJ VA YuK TAShISh ShARTNOMASI 
1. Tashish shartnomasining tushunchasi, predmeti va turlari 
 
Transport jamiyat iqtisodiy organizmining muhim qon tomirlaridan biridir. 
Zero, transport uzoqni yaqin, og’irni engil qiluvchi vositadir. Transport bu mol-
mulkdir. 
Bu 
g’oya, ayniqsa, bozor munosabatlari sharoitida yanada 
teranlashmoqda. Aynan transport yo`lovchi, bagaj va yuk tashishni amalga 
oshirishning zarur vositasi bo`lib qolmoqda. 
Bozor munosabatlari transportdan foydalanishni huquqiy tartibga solishga 
keskin ta’sir ko`rsatdi. Masalan, avtomobil transporti sohasida ko`plab xususiy 
korxonalar vujudga keldi. Amaldagi FKning 709-moddasiga ko`ra, yo`lovchi, 
bagaj va yuk tashish tashish shartnomalari asosida amalga oshiriladi. 
Yo`lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasining quyidagi asosiy ikki turi 


223 
mavjud: 

yo`lovchi tashish shartnomasi; 

yuk tashish shartnomasi. 
Yo`lovchi tashish shartnomasi bo`yicha tashuvchi yo`lovchini, yo`lovchi 
bagaj topshirgan bo`lsa – bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda 
bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Bunda 
yo`lovchi belgilangan yo`l haqini, bagaj topshirgan bo`lsa, bagaj tashish haqini 
ham to`lash majburiyatini oladi (FK, 710-modda). Yo`lovchi tashish 
shartnomasida taraflardan biri tadbirkorlik faoliyati yuritgani uchun bu shartnoma 
xo`jalik shartnomalari turkumiga kiradi. Binobarin, unga nisbatan “Xo`jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g’risida”gi 
qonun normalari ham tatbiq etiladi. 
Yuqoridagi normadan ko`rinib turibdiki, yo`lovchi deganda, tashuvchi 
xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxs tushuniladi, bagaj deganda esa 
transportda jo`natish uchun hozirlangan narsalar, yo`lovchining o`zi bilan birga 
bo`lgan (shaxsiy) yukini tushunamiz. 
Tashuvchi – ma’lum haq evaziga yo`lovchi va bagajni belgilangan manzilga 
eltuvchi shaxs. Qabul qilinayotgan yangi qonunlarda tashuvchiga legal ta’rif 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling