Toshkent davlat yuridik universiteti


 Transport ekspedistiyasi shartnomasi shartlarini buzganlik


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
3. Transport ekspedistiyasi shartnomasi shartlarini buzganlik 
uchun javobgarlik va shartnomani bekor bo`lish asoslari 
 
FKning 728-moddasida transport ekspedistiyasi shartnomasining shartlarini 
buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik masalasi o`z ifodasini topgan. 
Unga asosan taraflar shartnoma bo`yicha o`zlariga yuklangan majburiyatlarni 
bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda javobgar bo`lishlari nazarda 
tutilgan.
Ekspeditor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi 
tufayli mijozga etkazilgan zararni to`lashi shart. Agar qonun hujjatlarida yoki 
shartnomada o`zgacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, zararni aniqlashda 
majburiyat bajarilishi kerak bo`lgan joyda, ekspeditor mijozning talablarini 
ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan 
bo`lmasa, - da’vo qo`zg’atilgan kunda mavjud bo`lgan narxlar e’tiborga olinadi. 
Sud vaziyatga qarab, zararni to`lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda 
mavjud bo`lgan narxlarni e’tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin. 
Boy berilgan foydani aniqlashda mijoz tomonidan uni olish uchun ko`rilgan 
choralar va shu maqsadda ko`rilgan tayyorgarliklar hisobga olinadi. 
Masalan, 
da’vogar «KN IBRAKOM FZ Co» kompaniyasining 
O`zbekistondagi vakolatxonasi xo`jalik sudiga javobgar «JMP International» 
MChJ QKga nisbatan da’vo arizasi bilan murojaat qilib, 4317565,50 so`m asosiy 
qarzni, 800000 so`m zararni undirishni so`ragan. Ish hujjatlaridan ko`rinishicha, 
«JMP International» MChJ QK va «KN IBRAKOM FZCo» kompaniyasi o`rtasida 
2010 yil 8 iyunda transport ekspedistiyasi to`g’risida 07/10-sonli shartnoma 
tuzilgan. Shartnomaga ko`ra, «JMP International» MChJ QK - mijoz topshirig’iga 


241 
asosan «KN IBRAKOM FZCo» kompaniyasi - ekspeditor haq evaziga yuk tashish 
bilan bog’liq xizmatlarni bajarishi lozim bo`lgan. «JMP International» MChJ QK 
2010 yil 8 iyundagi 1-sonli buyurtma bilan murojaat qilib, 37,7 m
3
hajmdagi, 
15932,90 AQSh dollarilik nektar ichimliklari va sharbatlarini Sirdaryo shahridan 
Afg’oniston Respublikasining Hayraton shahrigacha olib borish uchun «KN 
IBRAKOM FZCo» kompaniyasidan avtotransport vositasi so`ragan. 
Buyurtmaga asosan «KN IBRAKOM FZCo» kompaniyasi 2010 yil 9 iyulda 
19AYu69/19V757 raqamli avtotransport vositasini yuk tashish bilan bog’liq 
xizmatlarni bajarish uchun Sirdaryo shahriga yuborgan. «JMP International» MChJ 
QKning 2010 yil 20 iyuldagi xatiga asosan «KN IBRAKOM FZCo» kompaniyasi 
tomonidan avtotransport vositasi yuksiz chaqirib olingan. Natijada avtotransport 
vositasi yuksiz 10 kun davomida turib qolgan. «KN IBRAKOM FZCo» 
kompaniyasi tomonidan 10 kun davomida avtotransport vositasining yuksiz turib 
qolishi va chaqirib olinishi natijasida ko`rilgan zarar hisob-kitobini «JMP 
International» MChJ QKga taqlim etib, jami 2650 AQSh dollari miqdorida zarar 
to`lashni so`ragan. Biroq, «JMP International» MChJ QK zararni to`lamagan. Shu 
sababli da’vogar sudga murojaat qilib, 2650 AQSh dollarining so`mdagi qiymati - 
4317565,50 so`m va yuridik xizmat uchun to`langan 800.000 so`m zararni 
undirishni so`ragan. Sud mazkur holat bo`yicha etkazilgan zararni undirish 
to`g’risida qaror qabul qilgan
34

Transport ekspedistiyasi shartnomasida ekspeditorlar ikki yoki undan ortiq 
bo`lgan hollarda subsidiar javobgarlik vujudga keladi. Subsidiar javobgarlik 
asoslari va shartlari shartnoma va qonun hujjatlarida nazarda tutiladi.
Agar ekspeditor majburiyatning buzilishi tashish shartnomalari tegishli 
ravishda bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqanini isbotlasa, ekspeditorning mijoz 
oldidagi javobgarligi tegishli tashuvchi ekspeditor oldida javobgar bo`ladigan 
qoidalarga muvofiq belgilanadi. 
Ekspeditor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o`ziga bog’liq 
bo`lgan hamma choralarni ko`rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. Aybning 
yo`qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi. 
Basharti, qonunda yoki transport ekspedistiyasi shartnomasida boshqacha 
tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda 
majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni 
lozim darajada bajarishga engib bo`lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan 
sharoitlarda oldini olib bo`lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon 
bo`lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo`ladi. Majburiyatni qasddan buzganlik 
uchun javobgarlikni bartaraf qilish yoki cheklash to`g’risidagi avvaldan kelishilgan 
bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas deb topiladi. 
FKning 730-moddasiga asosan agar transport ekspedistiyasi shartnomasidan 
ekspeditorning o`z majburiyatlarini shaxsan bajarishi shartligi kelib chiqmasa, 
ekspeditor o`z majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli. 
Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash ekspeditorni transport 
ekspedistiyasi shartnomasining bajarilishi uchun mijoz oldidagi javobgarlikdan 
34
//Олий хўжалик суди ахборотномаси. 2012 йил 5-сон. 


242 
ozod qilmaydi. 
Mijoz yoki ekspeditor o`n kun oldin boshqa tarafni ogohlantirib, transport 
ekspedistiyasi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. 
Transport ekspedistiyasi shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh 
tortilganida, bu haqda ma’lum qilgan taraf shartnomaning bekor qilinishi tufayli 
ko`rilgan zararni ikkinchi tarafga to`laydi (FKning 731-moddasi). 
Shartnoma shartlarini o`zgartirish va bekor qilish FKning umumiy 
qoidalaridan kelib chiqqan holda taraflarning kelishuvi bilan amalga oshiriladi.

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling