Toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi II-qism
Nazorat uchun savollar:
1. Transport ekspedistiyasi shartnomasi tushunchasi va uning huquqiy belgilari, bozor munosabatlari sharoitida mazkur shartnomaning tutgan o`rnini tavsiflang? 2. Transport ekspedistiyasi shartnomasi yuzasidan taraflarning javobgarligi qanday? 3. Fuqaro S.Alimov tomonidan Turkiya davlatidan olib keladigan matolari uchun “Sifat” transport ekspedistiya xizmati ko`rsatuvchi firmasi bilan shartnoma tuzdi. Firma mijozlarini jalb qilish uchun ko`rsatiladigan xizmatlar doirasiga bojxona rasmiylashtiruvini ham o`z zimmasiga olishi ko`rsatilganligi S.Alimovning e’tiborini tortganligi asosiy omillardan biri bo`lgan. Ammo firma o`z majburiyatlarini to`liq aalga oshira olmaganligi bir qator muammolarni keltirib chiqardi. Bu holatda transport ekspedistiyasi shartnomasida xizmat ko`rsatuvchi korxonaning mijozga ko`rsatadigan xizmatlar doirasi nimalardan iborat bo`ladi. Qanday xizmatlarni ekspeditor o`z zimasasiga olishi mumkin emas? 4. “Sifat” transport ekspedistiya xizmati ko`rsatuvchi firmasi sho`’ba korxona sifatida uning asosiy korxonasi hisoblangan «Uztransxizmat” uyushmasining buyrug’i va undan olgan ruxsatnomasi asosida faoliyat yuritishi to`g’risida internet orqali e’lon berib, o`z mijozlariga o`z xizmatini taklif etgan. Ammo mijozlarga xizmat ko`rsatish bilan bog’liq nizo kelib chiqqan vaqtda sud tomonidan “Sifat” transport ekspedistiya xizmati ko`rsatuvchi firmasi transport ekspedistiyasi shartnomasining tarafi bo`lishi mumkinligi borasida firma advokatiga savol bilan murojaat qildi. Sizningcha, mazkur holatda advokatning javobi qanday bo`lishi kerak. Haqiqatdan ham ruxsatnoma mazkur xizmatni amalga oshirishda vakolat beruvchi hujjat sanaladimi? 5. Chexiyaning «ZoCo» kompaniyasi O`zbekistonda o`z distribyuterlik korxonasini tashkil etadi. Kompaniya Osiyo davlatlariga transport ekspedistiyasi xizmati ko`rsatishga ixtisoslashgan bo`lib, distribyuter O`zbekistonda uning asosiy ishlarini tashkil etishi va uning vakolatlarini amalga oshirishi lozim bo`lgan. Aynan distribyuterlik korxonasi va “Neru” firmasi o`rtasida Xindistondan O`zbekistonga dori vositalari olib kelish bo`yicha transport ekspedistiyasi shartnomasi tuziladi. Shartnomaga ko`ra muzlatgich bilan jixozlangan yuk avto transportda olib kelinishi belgilangan. Lekin Eron orqali kelayotgan transport buzilib qolganligi sababli shartnoma muddatiga amal qilish maqsadida ekspeditor muzlatgich bilan jixozlanmagan yuk avto transportda 8 soatlik yo`lni bosib o`tib, 243 Trukmaniston davlati xududida yana muzlatgich bilan jixozlangan yuk avto transportga yuklarni ortadi va shartnoma belgilangan muddatda mijozga topshiriladi. Ammo dori vositalarini iste’mol qilgan xaridorlarning noroziligi sabab “Neru” firmasi sud oldida o`z majburiyatlarini to`liq bajarganligini, sudga subsidiar javobgar sifatida «ZoCo» kompaniyasi O`zbekistonda o`z distribyuterlik korxonasini jalb etish lozimligini talab qiladi. Mazkur holatda «ZoCo» kompaniyasi O`zbekistonda o`z distribyuterlik korxonasi subsidiar javobgar bo`lishi mumkinmi? Transprot ekspedistiyasi shartnomasi doirasidagi javobgarlik aynan qaysi shartlar asosida belgilanadi. Download 5.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling