Toshkent davlat yuridik universiteti


 Transport ekspedistiyasi shartnomasining mazmuni


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
2. Transport ekspedistiyasi shartnomasining mazmuni 
Shartnomaning mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil 
etadi.
Ekspeditor mijozlarning yuk tashish va transport-ekspeditorlik xizmatlariga 
bo`lgan talablarini qondirish, eng maqbul transport yo`nalishlarini ishlab chiqish 
va tanlash, transportda tashishlar turlarini va yuklarni yetkazib berish usullarini, 
shuningdek, yuklarni yetkazib berishning va ularni saqlashning kelishilgan 


239 
muddatlarini belgilash, transport xarajatlarini kamaytirish, kira qilish va kira haqini 
to`lash, yuklarni to`plash, saqlash, ishlov berish, o`rash-joylash va taqsimlash, 
tovarlarga ilova qilinadigan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, -yordamchi 
va qo`shimcha xizmatlar ko`rsatish, shu jumladan, yukni deklarastiyalash, bojxona 
xizmatlari ko`rsatish, yuk hujjatlarini rasmiylashtirish, yuklarni sug’urtalash kabi 
vazifalarni bajarish jarayonida amaldagi qonunchilikka asosan bir qator talablarga 
javob berishi talab etiladi. Ularga kasb vakolati to`g’risidagi sertifikatning 
mavjudligi, transport-ekspeditorlik korxonasining bank hisob raqami va uning 
to`lov qobiliyati to`g’risida bank tasdiqnomasining mavjudligi, transport-
ekspeditorlik xizmatlari ko`rsatish bilan bog’liq o`ziga xos operastiyalarning 
bajarilishi, transport ekspedistiyasi shartnomasi shartlarining sifatli bajarilishi
xizmat binosining mavjudligi, o`z funkstiyalarini amalda bajarilganligini 
tasdiqlovchi hujjatli dalillar (guvohnoma, kontraktlar, hisob raqamlari va ularga 
tenglashtirilgan hujjatlar)ga ega bo`lishi kabilar kiradi. 
Ekspeditor shartnoma doirasida quyidagi huquqlarga egadir: yuk 
tashuvchilar, transport korxonalari, mijozlar bilan shartnomalar tuzish; transport 
vositalarini, yo`nalishlarni va yuk yetkazib berish usullarini erkin tanlash, agar 
shartnomada yetkazib berishning shartlari va usullari kelishib olinmagan bo`lsa; bir 
tomonlama tartibda yoki mijozning topshirig’iga ko`ra qar qanday ruxsat etilgan 
joyda yukni tushirish, joylashtirish uchun qaror qabul qilish, zaruriyat bo`lganda 
esa yukning buzilib qolish, yo`qolish yoki uning atrof-muhitga, aholiga yoxud 
boshqa yukka xavfi bo`lgan hollarda qulay usullar bilan sotib yuborish; yo`qolgan 
yukni qidirish va mijoz tomonidan ko`rilgan zararni qoplash to`g’risidagi 
topshiriqlarni bajarish uchun jalb qilingan uchinchi shaxsga talab qo`yish, agar yuk 
uchinchi shaxsning xatti-harakati yoki harakatsizligi oqibatida yo`qolgan yoki 
buzilgan bo`lsa, va ko`rilayotgan chora-tadbirlar to`g’risida, bu haqda shartnomada 
kelishib olinmagan bo`lsa, mijozni xabardor qilib qo`yish; mijozning manfaatlari 
yo`lida va uning nomidan sarf qilingan, hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar 
bo`yicha vositachilik haqini mijozdan undirib olish; mijoz tomonidan zarur bo`lgan 
axborot taqdim etilmagan hollarda, agar bu haqda shartnomada kelishib olinmagan 
bo`lsa, tegishli majburiyatlarni bajarishga kirishmaslik; o`z majburiyatlarini 
bajarish uchun ishonchnoma zarur bo`lsa, uni talab qilish; yukning hujjatlari va 
uning xossalari, yukni tashish shartlari to`g’risidagi axborotlarni va uni tashish 
bilan bog’liq boshqa axborotlarni talab qilish, mazkur axborotlar to`liq 
bo`lmaganida mijozdan zarur qo`shimcha ma’lumotlarni talab qilib olish; mijoz 
zarur axborotni taqdim etmagan taqdirda ,bunday axborot taqdim etilgunga qadar 
tegishli majburiyatlarni ijro etishga kirishmaslik; o`n kun oldin ikkinchi tarafni 
ogohlantirib, shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. 
Ekspeditor majburiyatlariga o`zi yoki mijoz tanlagan transportda va 
yo`nalishda yuk tashishni tashkil etishi; mijoz yoki o`zining nomidan yuk tashish 
shartnomasini tuzishi; yuk jo`natilishini va olinishini ta’minlashi; shartnomada 
eksport-import 
uchun 
talab 
qilinadigan 
hujjatlarni 
olishi; 
bojxona 
rasmiyatchiliklari va o`zga rasmiyatchiliklarni bajarishi; yukning miqdori va 
holatini tekshirishi, uni ortishi va tushirishi; mijoz zimmasiga yuklatiladigan 
bojlar, yig’imlar va boshqa xarajatlarni to`lashi; yukni omonat saqlashi; yuk 


240 
(jo`natma)ni belgilangan manzilda olish bilan bog’liq, uni yetkazib berish uchun 
zarur bo`lgan xarajatlarni amalga oshirishi kabilar; transport-ekspeditorlik 
faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo`lish; qonunchilik 
hujjatlari bilan belgilangan tartibda hisobot taqdim etish; yukni transport 
(transportning har xil turlari) bilan ekspeditor yoki mijoz tomonidan tanlangan 
yo`nalish bo`yicha tashishni tashkil etish kiradi. 
Agar 
transport 
ekspedistiyasi 
shartnomasidan 
ekspeditorning 
o`z 
majburiyatlarini shaxsan bajarishi shartligi kelib chiqmasa, ekspeditor o`z 
majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli. Lekin u mijoz 
oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi. 
Shartnoma bo`yicha mijozning huquqlarga ish (xizmat)ni shartnomada 
ko`rsatilganidek, lozim darajada bajarilishini talab qilishi; o`n kun oldin 
ekspeditorni ogohlantirib, shartnomani bajarishdan bosh tortishi va boshqalar kirsa, 
majburiyatlariga yukni ekspeditorga topshirishi va qabul qilib olishi; ko`rsatilgan 
xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun belgilangan haqni to`lashi; agar ekspeditorga 
o`z majburiyatlarini bajarishi uchun ishonchnoma zarur bo`lsa, uni berishi; 
ekspeditorga yuk bilan bog’liq, uning ayrim tabiiy xossalari, tashish shartlari 
haqidagi axborotlarni berishi; mavjud axborotlar to`liq bo`lmaganida, qo`shimcha 
ma’lumotlarni berishi kabilar kiradi. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling