Toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/284
Sana16.11.2023
Hajmi5.5 Mb.
#1777668
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   284
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II-qism

 
Nazorat uchun savollar: 
 
1. Yo`lovchi tashish shartnomasi turlari: yuk tashish shartnomasi, charter 
(fraxtlash) shartnomasini tavsiflang? 
2. Kichik guruhlarda mustaqil ravishda yuk tashish shartnomasini tuzing va 
o`zaro muhokama qiling? 
3. Toshkentdagi “Elektroapparat” zavodi Surxondaryo viloyatidagi qurilish 
trestiga yuk kranlarining elektromotorlarini jo`natdi. Yuk belgilangan manzilga 5 
kun kechikib keldi. Elektromotorlarni o`z vaqtida yetkazib bermaganligi uchun 
zavod qurilish trestiga shartnomani muddatida ijro etilmaganligi uchun neustoyka 
to`ladi. Shu munosabat bilan zavod O`zbekiston Temir yo`llari AJga yukni o`z 
vaqtida yetkazib bermaganligi uchun jarimani va temir yo`lchilar tomonidan 
etkazilgan zararni, ya’ni u sotib oluvchiga to`lagan neustoyka miqdorini to`lashni 
talab qildi. 
Zavodning talabini kondirish kerakmi? 
4. 2014 yilning 10 mart kuni YaTT Tursunov keyingi o`rinlarda – sotib 
oluvchi bilan “Jasmin” MChJ keyingi o`rinlarda sotuvchi o`rtasida jami qiymati 
850 mln so`m miqdordagi “parfyumeriya mahsulotlarini” sotib olish to`g’risida 45-
son oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Shartnomaning 4.1.-bandiga ko`ra, mahsulotni 
yetkazib berish sotuvchi zimmasiga yuklatilgan. 
Sotuvchi shartnomaning 4.1.-bandiga ko`ra, kuni jami qiymati 850 mln so`m 
miqdordagi “parfyumeriya mahsulotlarini” sotib oluvchiga yetkazib berilishini 
ta’minlash maqsadida 2014 yilning 11 mart kuni “Trans servis” MChJ keyingi 
o`rinlarda – yuk tashuvchi bilan yuk tashish shartnomasini tuzgan. Yuk jo`natuvchi 
yukni belgilangan tartibda yuk tashuvchiga topshirgan.
Yuk tashuvchi yukni sotib oluvchining manziliga olib borayotgan vaqtida 
yo`l-transport hodisasi ro`y bergan va barcha yuk yaroqsiz holatga kelgan.


236 
Yuqoridagi holat yuzasidan sotib oluvchi xo`jalik sudiga da’vo ariza bilan 
murojaat etib, javobgarlar “Jasmin” MChJ bilan “Trans servis” MChJlardan 
etkazilgan zarar va boy berilgan foydani undirib berishni so`ragan. 
Mazkur holatda, fuqarolik huquqining umumiy qoidalariga asosan 
fuqarolik-huquqiy javobgarlikning huquqiy jihatlarini yoriting. 
Sotib oluvchining da’vo talablari asosli yoki asosli emasligini nazariy-
huquqiy jihatdan asoslantiring. 
Sotuvchining yuk tashish shartnomasi bo`yicha huquqiy holatini aniqlang. 

Download 5.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling